O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida barpo etilgan beshta 5 qavatli uy foydalanishga topshirildi.

Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Asakadagi «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati asoschisi Islom Karimovning yodgorlik majmuasi ochildi.

2018 yil 1 yanvardan UzCard banklararo to‘lov tizimi tomonidan «DUET» kartalar orqali pul o‘tkazmalari to‘xtatiladi.

1 dekabr. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori e`lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Ro’yolarga aldanma, do’stim!

  • 1542
  • 1542
Jamiyat
Noyabr19/ 2016

 

«Eshitdingizmi, dugonajon, to’y boshlab qo’ydik. Qiz uzatyapmiz. Kuyovmi? Xorijda ishlaydi. Internet orqali tanishishgan. Avval bu yerda to’y qilamiz, keyin kuyovning yoniga borganda. Voy, o’libdimi? Nega aldaydi? Axir rasmlarini yuborgan, ota-onasi uyimizga keldi. Ha, mayli. Qolganini ko’rishganda gaplashamiz».

 

 

Beixtiyor qulog’imga chalingan bu suhbat e`tiborimni tort­di. Anglashimcha, baxt qasrini qurishni niyat qilgan qizning umr yo’ldoshi Internet tarmog’idan topilgan «mo’`jiza».

 

Virtual

munosabatlar

Qiymati

 

Bugunga kelib, kun sayin emas, soat, hatto, soniya sayin ommalashib borayotgan ijtimoiy tarmoqlardagi muloqotlar odob-axloq, madaniyat chegarasini buzib o’tyapti. Eng yomoni ko’pchilik virtual muloqot tufayli haqiqiy voqelikdan, chinakam hayotdan ajralib qolmoqda. Yana bir tomoni, bu ularni mehnat faoliyatidan chalg’itishi, hatto, oilaviy munosabatlariga putur yetkazishidir. Savol tug’iladi: virtual olamda o’ziga ohangrabodek tortuvchi do’stlik, ish­qiy munosabatlar aslida ham mavjudmi?

Ahamiyat bersangiz, xayoliy olamdagi do’stlar asosan ommaviylik, guruhbozlik, hayot nashidasini surishni istovchilar bo’ladi. Faqat buguni bilan yashab, tarallabedod qilib yuruvchi virtual tanishingiz haqiqiy hayotda chinakam do’st bo’lishga qanchalik yaraydi? Tad­qiqotlarga qaraganda, bunday odamlar boshingizga ish tushganda sizga qo’lqanot bo’lish o’rniga sizdan ko’ra qiziqarliroq, quvnoqroq yangi do’stlar topishga intilishi haqiqatga yaqinroq.

Internet orqali o’z juftini topish ba`zilar nazdida qulayroq bo’lishi bilan birga foydalanuvchi uchun ko’plab imkoniyatlar yaratadi. Masalan, tanishining biror tomoni yoqmay qolsa, uni darhol boshqasiga almashtirishi yoki bir paytning o’zida bir nechtasi bilan virtual munosabatda bo’lishi mumkin. Ammo bunday vaqtinchalik munosabatlar insoniy tuyg’ularning borgan sari mo’rtlashib, qadrsizlanib borishiga sabab bo’lishi mumkin. Oqibatki, odamlar o’z-o’zidan mehr-oqibat, jonkuyarlik, samimiylikdan yiroqlashyapti, fidoyilik jo’mardlik chetga chiqib qolyapti.

Axir Internetdagi sun`iy munosabatlar haqiqiy munosabatlarga ana shunday putur yetkazyapti yoki ularni qadrsizlantiryapti. Ammo internetdagi tanishingiz yoki yoqtirgan kishingiz bugun bor bo’lsa, ertaga yo’q bo’lishi uchun har qanday kichik sabab kifoya. Shuning uchun ham uning qiymati shu qadar arzimas. Ammo haqiqiy hayotda o’rnatilgan do’stlik, muhabbat hamisha joningizning ozig’i, dardingizning darmoni bo’ladi. Chin sevgi va do’stlikning qiymatini hech narsa bilan taqqoslab bo’lmaydi.

 

Ruh sog`lom bo’lsa…

 

– Keyingi paytlarda yonimga yordam so’rab kelayotgan mijozlarning ko’pchiligi jismoniy emas, ruhiy xasta ekani aqlimni shoshirib qo’ymoqda, – deydi oliy toifali shifokor-terapevt Manzura Niyozova. – Yaqinda bir qizni og’ir ahvolda shifoxonaga olib kelishdi. U o’z joniga qasd qilishga uringan ekan. Sababini surishtirsak, boyaqish Internet orqali bir yigit bilan tanishibdi. Ancha vaqtgacha do’st bo’lib yurgan yoshlar bir kuni ko’rishmoqchi bo’libdi. Qiz ne ko’z bilan ko’rsinki, uzoq vaqt virtual mehr berib yurgani yoshi o’zidan ancha katta oilali erkak ekan. Qiz esa uyga kelib, alamidan hayotidan voz kechishdek nomaqbul qarorga kelibdi.

Tibbiyot mutaxassislarining aytishicha, mobil qurilmalarga ortiqcha bog’lanib qolish odamlarda turli ruhiy xastaliklarni keltirib chiqarmoqda. Bu kasalliklar fan uchun yangilik bo’lib, ularni davolash biroz murakkab. Shuningdek, aksariyat vaqtini Internet tarmog’ida o’tkazuvchilar virtual olamda o’zini barcha ishga qodiru, haqiqiy hayotda ojiz sezadi. Xoyu-havaslar bilan yashagan kishi turmush tashvishlari, hayot qiyinchiliklariga duch kelganda boshi berk ko’chada qoladi. Hayotdagi qiyinchilikdan qochib xayoldagi lazzatlarga qaytgisi keladi. Oqibat esa yana ro’yolar bilan o’zini ovutib, haqiqiy baxtdan tobora uzoqlasha boradi.

Haqiqiy dunyoni o’ziga almashtirishga muvaffaq bo’lgan Internet olamida hamma ish osonlikcha va tez amalga oshadiki, bu sizdan ortiqcha harakat, kuch talab etmaydi. Kam harakat esa yurak-qon tomir, asab tizimida xastaliklar keltirib chiqaradi.

 

Ma`naviy tanazzul kurtaklari

 

Bugun axborot texnologiyalarining rivoji uzog’imizni yaqin, mushkulimizni oson qilmoqda. Biroq masofalarni yaqinlashtirgan qulayliklar qalblarimizni ham birdek yaqinlashtira olyaptimi? Yo’q albatta. Biz bandmiz, ishimiz ko’p. Do’stlarga, oilamizga, yaqinlarimizga ajratish kerak bo’lgan vaqtni «foydali» ishga sarf qilsak, deymiz.

Bugun biz virtual olam vakilimiz. Demak zamonasining oldi kishilarimiz, nazdimizda. Tabiiyki, zamonaviylik eskilik bilan hech qachon chiqisha olmaydi. Oqibat ota-onamiz, bobo-buvilarimiz yillab rioya etib kelgan o’zbekona qadriyatlarga eskilik deya qaraymiz. Kattaga hurmat, kichikka izzat, ibo, hayo, andisha kabi tushunchalar qadrini yo’qotyapti biz uchun. Shu sabab avvallari oila qurish, turmushga chiqish haqida gap ketganda qiz-yigitlarning yuzi qizargan bo’lsa, bugun farzandidan «qachon meni uzatasiz» yoki «uylanmoqchiman» degan so’zlarni eshitgan ota-ona uyatdan yerga qaramoqda. Bu ma`naviy tanazzulning kurtaklari emasmi? Shu o’rinda yozuvchi Chingiz Ayt­matovning «Asrga tatigulik kun» asari bosh qahramoni Jo’lomonning ayanch­li holati yodga tushadi. Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish ko’p qulayliklar yaratadi. Ammo ko’r-ko’rona tobe bo’lib qolganlar o’zligidan, asliyatdan ayrilib, ongi karaxt holga kelgan qahramonga taqdirdosh bo’lib qolmasaydi, degan havotirga tushadi kishi.

 

Zilola UBAYDULLAYeVA,

Jurnalist

Teglar:

Foydali havolalar