(Кириллча) Ўзбекистон мева ва сабзавот экспортининг асосий улуши Қозоғистон ҳиссасига тўғри келди.

(Кириллча) Ўзбекистондан шу кунгача 778 миллион долларлик мева-сабзавот четга экспорт қилинди.

(Кириллча) Тошкент метрополитенининг устки қисмида хизмат олиб бораётган Ички ишлар ходимларининг назорат пости олиб ташланди. Бу ҳақда Ички ишлар вазирлиги матбуот хизмати хабар бермоқда.

(Кириллча) Ўзбекистонда ишлаб чиқариладиган пахта ёғи учун акциз солиғи ундирилмайди.

(Кириллча) Жорий йилнинг 24 ноябрь куни мамлакатимизда илк бор «DevFest» – Google Developers Group (GDG) дастурчилар халқаро фестивали бўлиб ўтади.

O’rmonlarni asraylik!

  • 1567
  • 1567
Jamiyat
Yanvar22/ 2016

Tabiatni muhofaza qilish, asrab-avaylash eng dolzarb global masalalardan biriga aylandi. Dunyoda ishlab chiqarishning kengayishi, tabiat zaxiralaridan nooqilona foydalanish, atrofga zaharli moddalarning chiqarilishi jiddiy muammolarga sabab bo’lmoqda.

Qayd etish kerakki, hayvon, o’simlik, mikroorganizm, ularning genlari va ekotizimlardan iborat barcha tirik organizmlar bioxilma-xillikni tashkil etadi. Ma`lumotlarga ko’ra, O’zbekistonning biologik xilma-xilligi 27 ming turdan ortiq. Bugungi kunda o’simlik va hayvonot olamini saqlab qolish yuzasidan qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. O’zbekiston 1995 yilda «Bioxilma-xillik to’g’risida»gi xalqaro Konvensiyaga ko’shildi. Qonunchiligimiz yangi qonunlar bilan boyidi.

O’simlik dunyosi tabiat ob`ektlari ichida alohida o’rin egallaydi. Respublikamizda o’simlik dunyosidan foydalanish va ularni muhofaza qilishni tartibga solish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, «Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida», «O’simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to’g’risida» hamda Jinoyat, Ma`muriy javobgarlik, Fuqarolik kodekslariga tabiatni muhofaza qilish borasida bir qator moddalar kiritilgan.

Ekologik barqarorlikni ta`minlashda, ayniqsa, o’rmonlarning o’rni beqiyos. O’rmonlar tabiatning eng bebaho xazinasi sifatida atrof-muhitni sog’lomlashtirish, inson yashash sharoitini yaxshilash, yer va suv boyliklarini muhofaza qilish, atmosfera havosini tozalashda muhim rol o’ynaydi. Shuning bilan birga mamlakatimizda o’rmonlar mahalliy ehtiyojlarni qondirishda o’ziga xos ahamiyat kasb etadi.

Xo’sh, o’rmon deganda biz yana nimalarni tushunishimiz kerak?

O’rmon fondiga ajratilgan, davlat ruyxatiga olingan, asosan, ekologik vazifalarni bajaradigan va cheklangan darajadagi foydalanish ahamiyatiga ega bo’lgan daraxt, buta va boshqa o’simliklardan tarkib topgan ob`ekt majmui o’rmon sanaladi. «O’rmon to’g’risida»gi Qonunda o’rmondan foydalanish pirovard maqsadi iqtisodiy talabni qondirish emas, balki asosan ekologik vazifa ekani va xo’jalik muomalasiga cheklangan miqdorda tortilishi belgilab qo’yilgan.

O’rmonlardan foydalanishning o’ziga yarasha huquq, qonun-qoidalari bor. Qonunga muvofiq, davlat o’rmon fondi uchast­kalarida pichan o’rish va mol boqish maxsus maydonchalardagina amalga oshirilishi shart.

Afsuski, so’nggi paytlarda daraxt va butazorlarni noqonuniy kesish, chorva mollarini duch kelgan joyda boqish, dorivor o’simliklarni o’zboshimchalik bilan terib olish hollari o’rmon resurslariga jiddiy zarar yetkazmoqda. Tabiat hayot manbai, odamzotning   bebaho boyligi ekani, uni asrab-avaylash, yashil olam musaffoligini saqlab qolish shu muqaddas zaminda yashayotgan har bir fuqaroning insoniy burchi ekanini unutmaslik lozim.

 

Barno ALIMQULOVA,

Ekoharakatning Jizzax viloyati

hududiy bo’linmasi koordinatori

Foydali havolalar