O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida barpo etilgan beshta 5 qavatli uy foydalanishga topshirildi.

Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Asakadagi «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati asoschisi Islom Karimovning yodgorlik majmuasi ochildi.

2018 yil 1 yanvardan UzCard banklararo to‘lov tizimi tomonidan «DUET» kartalar orqali pul o‘tkazmalari to‘xtatiladi.

1 dekabr. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori e`lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Qonunlar bizni o’ylaydi

  • 1559
  • 1559
Jamiyat
Noyabr22/ 2016

Bugun qayoqqadir yo’l olgan kishi bundan 25-30 yil ilgarigidek piyoda qolmaydi, soatlab avtobus kutib, oltindan qimmat vaqtini issiqda terlab yo sovuqda titrab zoye ketkazmaydi.

 

Bugun haydovchilarimiz orasida kirakashlik qilib, daromad qilayotganlar anchagina. Ular o’zi va yo’lovchilar hayotiga javobgar ekani bois yo’l qoidalarini mukammal bilishi hamda unga qat`iy amal qilishi shart. Ammo oramizda qonunni bilib turib, unga amal qilmaydiganlar yo’q deysizmi?

Yaqinda olis bir joyga borish maqsadida taksiga chiqdim. Mashinada men va haydovchidan tashqari yana ikki kishi bor edi. Mashina yurib, anchagina joyga borgach, haydovchi qo’l telefonidan boshqa haydovchiga qo’ng’iroq qildi va kimnidir qayerda turibdi, deb so’radi. So’ng telefonini qo’yib xavfsizlik kamarini taqdi-da, oldindagi yo’lovchiga «GAI» bor ekan, rementingizni taqing», dedi. Aytilganidek, oldinda yo’l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari turgan ekan. Ulardan o’tgach haydovchi kamarini yechdi, yonidagiga ham shuni maslahat berdi-da, yana kimgadir telefon qilib «Tozami?» deya so’radi. Shundan so’ng u telefonda kimlargadir qo’ng’iroq qildi, har xil uyat gaplar bilan hazil qilib ketdi. To’g’ri, mashinada ayollar yo’q edi, lekin bu taksi haydovchisiga yo’lda mashina boshqarish jarayonida uyat so’zlarni gapirishga, qo’l telefonida suhbatlashishga, yana boshqa yo’l qoidalarini bir necha bor buzishga huquq beradimi? Axir u o’zidan boshqa insonlar hayotiga ham javobgarku.

O’ylab qolasan kishi, qonun-qoidalar bekorga o’ylab topilganmi yoki u faqat nazorat qiluvchi idoralar xodimlari uchun kerak, haydovchilar ularning ko’z oldidagina bu qoidalarga amal qilishlari darkormi? Qonun-qoidalar jamiyat tafakkurining mahsulidir va ular bejizga joriy qilinmaydi.

Axir ana shu qoidalarga amal qilmaslik oqibatida sodir etilgan avtohalokatlar tufayli farzandi, aka-ukasi, ota-onasidan ayrilgan insonlar kammi? Nahotki shularni bila turib haydovchilarimiz yana qonunlarni buzishga harakat qilaveradi?

Ba`zan shoshilib, mashina tezlik ko’rsatkichini 100 dan oshiramiz. Boradigan manzilimizga besh daqiqa keyin borsak, hech narsa o’zgarmaydi. Atigi besh daqiqa uchun o’zining ham, yo’lovchilarning ham hayotini xavf ostiga qo’yib bo’ladimi?

Hammamiz ham yo’lga chiqar ekanmiz, uyimizda farishtadek ayol, jajji farzandlarimiz, ota-onamiz intizor bo’lib kutadi. Kunda bo’lmasa ham kunora uchrab turadigan avtohalokatlar qaysidir norasidaning peshonasiga yetimlik tamg’asini bosayotganini, qaysi bir farzandidan ayrilgan ota-onaning qaddini dol qilayotganini unutmaylik. Biz hali oilamiz, yurtimiz, xalqimizga kerakmiz.

Shu o’rinda yana bir mulohaza. Haydovchining xatti-harakati yo’lovchi hayoti xavfsizligi bilan bevosita bog’liq ekan, demak, u qonunga, xavfsizlik qoidalariga rioya etishi ustidan, avvalo, yo’lovchilarning o’zlari nazorat o’rnatishi zarur, nazarimizda.

Ulug’bek KARIMOV,

Navoiy viloyati,

Qiziltepa tumani

Teglar:

Foydali havolalar