O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida barpo etilgan beshta 5 qavatli uy foydalanishga topshirildi.

Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Asakadagi «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati asoschisi Islom Karimovning yodgorlik majmuasi ochildi.

2018 yil 1 yanvardan UzCard banklararo to‘lov tizimi tomonidan «DUET» kartalar orqali pul o‘tkazmalari to‘xtatiladi.

1 dekabr. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori e`lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Xalqaro sayyohlik xavf-xatardan qachon xoli bo’ladi?

  • 1553
  • 1553
Jamiyat
Noyabr22/ 2016

 

Jahon sayyohlik tashkilotining ma`lumotlariga ko’ra, turizm yildan-yilga rivojlanib, yangidan-yangi yo’nalishlar paydo bo’lmoqda.

 

2015 yilda xalqaro turizm safarlari 4,4 foizga oshib, 2014 yil bilan solishtirilganda 50 milliondan ko’proq sayyoh dunyo bo’ylab sayohatga chiqqan.

– O’tgan yili xalqaro turizmning qamrovi yanada kengaydi, sayyohlar e`tiborini kam jalb etgan hududlarda ham tashriflar soni ortdi, – deydi JST bosh kotibi Taleb Rifai. – Ayniqsa, sohaning sezilarli tarzda rivojlanishi dunyoning turli burchaklarida yangi ish o’rinlari paydo bo’lishiga sabab bo’lmoqda. Agar davlatlar sayyohlarni jalb etish, ular uchun qulay muhit yaratishga harakat qilsa, u holda sohadan ancha daromad ko’rishi mumkin. Shuning uchun mamlakatlar turizmni   rivojlantirish siyosatini ko’llab-quvvatlashi maqsadga muvofiq.

Ma`lumki, JST har yili sayyohlar ko’p tashrif buyuradigan mamlakatlar ro’yxatini tuzib, «Jahon turizmining barometri» deb nomlangan nashrda chop etib boradi. 2015 yil natijalariga nazar tashlansa, unda birinchi o’rinni Fransiya egallagan. O’tgan yili Fransiyaga 86,3 million sayyoh tashrif buyurgan. Aniqlanishicha, mazkur mamlakatda Luvr muzeyi, Eyfel minorasi, Bordo sharobi, Luar qasri va boshqa inshootlar odamlarni o’ziga jalb etmoqda. Shu bilan birga, Fransiya Yevropaning eng qulay hududida joylashgan bo’lib, ushbu mamlakatga borish unchalik ko’p vaqt talab etmaydi.

Ro’yxatning ikkinchi o’rnini AQSh egallagan. 2015 yilda AQShga 77,9 million sayyoh kelgan. Nyu-York, Los Anjelos, Vashington va San-Fransisko kabi shaharlarga tashrif buyuruvchilar ko’p bo’lgan.

Undan keyingi o’rinni Ispaniya band etgan. Ma`lumotlarga ko’ra, 2015 yil mobaynida ushbu davlatga 68,1 million sayyohning kelgani qayd etilgan. Hisob-kitoblarga qaraganda, o’tgan yilda sayyohlar Ispaniyada chamasi 60 milliard yevro sarf qilgan. Shu bilan birga, har bir tashrifchi kuniga 141 yevro miqdorida xarajat qilgan. Ispaniyada sayyohlar o’rtacha 6,9 kun istiqomat qiladi.

Bundan tashqari, ro’yxatdan Xitoy (56,9 mln.), Italiya (50,8 mln.), Turkiya (39,3 mln.), Germaniya (35 mln.), Buyuk Britaniya (33,9mln.) va Meksika (32,4 mln.) kabi davlatlar ketma-ketlikda o’rin olgan. Rossiya esa ro’yxatning o’ninchi o’rnida. 2015 yilda u yerga 31,6 mln. sayyoh tashrif buyurgan. Bu ko’rsatkich 2014 yilga qaraganda 6,2 foizga ko’p.

Albatta, nufuzli sport musobaqalari ham turizm rivojida muhim ahamiyatga ega. Xalqaro chempionatlar mezbon mamlakatga daromad keltiradi. Mehmonxona, restoran va boshqa bizneslarni yanada jonlantiradi. Xususan, «Yevro – 2016» musoboqasi ham Fransiyaga bir necha milliard dollar foyda keltirdi. 2012 yilga qaraganda ushbu musobaqaning foydasi 34 foizga ko’p ekani aytilmoqda.

Aytish joizki, turizmni rivojlantirish uchun sohaga turli innovatsion texnologiyalar joriy etilmoqda, telefon   dasturlari yaratilmoqda. Ular yordamida sayyoh tashrif buyurgan mamlakati xususidagi ma`lumotlarni bir necha tilda olish imkoniga ega. Masalan, joriy yilda Pulkovo aeroportida yo’lovchilarni Boris ismli robot kutib olishi yo’lga qo’yildi. Robot Sankt-Peterburgdagi ob-havo to’g’risida ma`lumot hamda sayyohlarga ko’zga ko’ringan joylar xususida maslahat beradi. Boris ingliz, nemis, fransuz, ispan, italyan, xitoy va yapon tillarida cheklangan miqdorda suhbat qurish imkoniga ega.

Shu o’rinda aytish joizki, so’nggi yillarda turizm rivojiga soya solayotgan voqealar tez-tez sodir bo’lmoqda. Masalan, Fransiya hamda sayyohlar ko’p boradigan boshqa mamlakatlarda 2015, 2016 yillarda bir necha bor terrorchilar tomonidan xunrezliklar sodir etildi. Qurbon bo’lganlarning bir nechtasi boshqa davlatlardan tashrif buyurgan sayyohlardir. Bunday holat esa, o’z-o’zidan, sayyohlar kelishini biroz kamaytirib yubormoqda. Shuning uchun ham turizm yildan-yilga xavfsiz sharoitni talab etmoqda.

– Har qanday halokat, xoh u tabiiy ofat yoki terrorchilik xuruji bo’lsin, turizmga qandaydir miqdorda zarar keltiradi, – deydi Taleb Rifai. – Lekin tahlillarimizga ko’ra, bu unchalik uzoq vaqt davom etmaydi, ya`ni voqealar jarayoni biroz sovigach, barchasi asta-sekin iziga qaytadi. Masalan, 2015 yilning noyabr oyida Parijda sodir etilgan terakt oqibatida Fransiya turizmida jiddiy pasayish kuzatildi. Ammo keyinchalik sayyohlar Parijga baribir qo’rqmasdan kelmoqda.

Mutaxassislar qayd etishicha, Yevropa mintaqasida kuzatilgan bir necha terakt sayyohlarni haddan ortiq cho’chitdi. Chunki bunday hol bir necha bor takrorlanmoqda. Ekspertlar 2016 yilda xalqaro sayyohlikda jiddiy o’zgarish bo’lmasligini, daromad past bo’lishi mumkinligini ta`kidlamoqda. Shuningdek, sayohatga otlanayotganlar turli xil epidemiyalardan qo’rqishi oqibatida, virus tarqalgan hududlarga bormaslikni ma`qul ko’radi. Zika bilan bog’liq holat shunga misoldir. Zika endi keng taraqala boshlagan paytda ko’pchilik Braziliya­ga safarini to’xtatib qo’ygan edi.

Teglar:

Foydali havolalar