O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida barpo etilgan beshta 5 qavatli uy foydalanishga topshirildi.

Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Asakadagi «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati asoschisi Islom Karimovning yodgorlik majmuasi ochildi.

2018 yil 1 yanvardan UzCard banklararo to‘lov tizimi tomonidan «DUET» kartalar orqali pul o‘tkazmalari to‘xtatiladi.

1 dekabr. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori e`lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yosh jurnalistlar mahorat oshirdi

  • 1556
  • 1556
Jamiyat
Noyabr22/ 2016

 

Toshkent viloyatining Bo’stonliq tumanida joylashgan «Kamolot» yoshlar oromgohida «Yosh jurnalistlar» media-treningi bo’lib o’tdi. Harakat markaziy kengashi va qator tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan mazkur seminarda respublikamizning   turli hududlaridan 150 nafardan ortiq yigit-qiz ishtirok etdi.

 

Ishtirokchilar matbuot, televideniye, foto va Internet jurnalistikasi kabi guruhlarda sohaning boshlan­g’ich saboqlarini oldi.

Ta`kidlash joizki, 3 kun mobaynida nafaqat jurnalis­tikaning sir-asrorlari, balki jurnalist psixologiyasi, auditoriya bilan muloqotda etika va estetika kabi mavzularda ham psixolog tavsiyalari berildi.

– «Yosh jurnalistlar» media-treningi yo’nalishlari orasida Internet jurnalistikasining borligi globallashuv jarayonida axborot xurujlariga qarshi tura oladigan mutaxassislar yetishib chiqishiga imkoniyat yaratib beryapti, – deydi buxorolik Feruz Sayfullayev. – Malakali trenerlar tomonidan biz Internet jurnalistikasida janrlar bilan ishlash, axborotlarni tahrir qilish, infografika kabi mavzularda ko’plab qiziqarli ma`lumotlarga ega bo’ldik.

Shuningdek, trening davomida «Munozara» bahslari, «Zakovat» intellektual o’yinlari va viloyatlarning urf-odatlarini namoyon etuvchi chiqishlar, sport musobaqalari ham o’tkazildi. Tanlov g’oliblari «Kamolot» YoIH Markaziy kengashi tomonidan rag’batlantirildi.

– «Zakovat» intellektual o’yinida «Qoraqalpoq» jamoamiz birinchi o’rinni qo’lga kiritdi, – deydi Nukus FM radiosi boshlovchisi Furqat Yusupov. – O’yin davomida biz jurnalistlar nafaqat zukkolik, balki tezkor fikr­lash qobiliyatimizni ham namoyon qildik. Bir so’z bilan aytganda, trening bizga yangi g’oyalar berdi.

Media treningning yopilish marosimida so’z olganlar mazkur loyiha sabab shu kunga qadar ko’plab yosh jurnalistlar yetishib chiqqani, natijada sohaga yangi yo’nalish – fuqarolik jurnalistikasining kirib kelayotgani haqida fikr-mulohazalarini bildirdi.

Yakunda ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.

Isfandiyor BURGUTBOYEV,

O’zMU talabasi

Teglar:

Foydali havolalar