(Кириллча) Ўзбекистон мева ва сабзавот экспортининг асосий улуши Қозоғистон ҳиссасига тўғри келди.

(Кириллча) Ўзбекистондан шу кунгача 778 миллион долларлик мева-сабзавот четга экспорт қилинди.

(Кириллча) Тошкент метрополитенининг устки қисмида хизмат олиб бораётган Ички ишлар ходимларининг назорат пости олиб ташланди. Бу ҳақда Ички ишлар вазирлиги матбуот хизмати хабар бермоқда.

(Кириллча) Ўзбекистонда ишлаб чиқариладиган пахта ёғи учун акциз солиғи ундирилмайди.

(Кириллча) Жорий йилнинг 24 ноябрь куни мамлакатимизда илк бор «DevFest» – Google Developers Group (GDG) дастурчилар халқаро фестивали бўлиб ўтади.

149 talaba ta`lim granti sohibi

  • 1611
  • 1611
Jamiyat
Yanvar29/ 2016

Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti talabasi Abbos Asomovning quvonchi cheksiz. Boisi u bu yili “Kamolot” ta`lim granti” sohibi bo’ldi.

 

Joriy yilning 25-27 iyul kunlari Toshkent viloyatining Bo’stonliq tumanidagi “Kamolot” yoshlar oromgohi”da o’tkazilgan o’quv-seminarida Abbos kabi “Kamolot” ta`lim granti” loyihasi g’olibi bo’lgan 149 nafar talaba taqdirlandi.

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Oliy va o’rta maxsus, Xalq ta`limi vazirliklari, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi va boshqa hamkor tashkilotlar tomonidan o’tkazilgan mazkur loyiha oliy ta`lim muassasalarida to’lov-shartnoma asosida tahsil olayotgan faol, tashabbuskor, intiluvchan va iqtidorli talaba yoshlarni qo’llab-quvvatlash, rag’batlantirishni nazarda tutadi.

Eslatib o’tamiz, 2015-2016 o’quv yilida mazkur loyiha yuzasidan 193 nafar talaba ariza bilan murojaat etgan. Taqdim etilgan hujjatlar respublika komissiyasi tomonidan o’rganib chiqilib, 89 nafar talabaning to’lov-shartnomasining 50 foizi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi tomonidan to’lab berildi.

Loyihaning Nizom qoidalariga munosib deb topilmagan 80 nafar talabaning to’lov-shartnoma mablag’ini to’lash uchun hamkor tashkilotlarga murojaat etildi. Tavsiya etilganlardan 60 nafarining to’lov-shartnoma mablag’ining 50 foizi “O’zdonmahsulot” aksionerlik kompaniyasi tomonidan to’lab berilgan edi.

Arofat Nodir qizi

Teglar:

Foydali havolalar