O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida barpo etilgan beshta 5 qavatli uy foydalanishga topshirildi.

Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Asakadagi «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati asoschisi Islom Karimovning yodgorlik majmuasi ochildi.

2018 yil 1 yanvardan UzCard banklararo to‘lov tizimi tomonidan «DUET» kartalar orqali pul o‘tkazmalari to‘xtatiladi.

1 dekabr. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori e`lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

82 ta loyiha uchun 2 milliard 30 million so’m

  • 1604
  • 1604
Jamiyat
Noyabr29/ 2016

 

Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo’llab-quvvatlash jamoat fondi mablag’larini boshqarish bo’yicha Parlament komissiyasi yig’ilishida 3- va 4-grant tanlovlari g’oliblari nomi e`lon qilindi.

 

Ijtimoiy hayotimizning turli sohalari bo’yicha o’z ilg’or tashabbuslarini ilgari surayotgan 82 ta fuqarolik jamiyati instituti orasida mamlakat miqyosidagi NNT qatorida mahalla fuqarolar yig’ini, fuqarolik tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash markazlari, Xalqaro Amir Temur va Xoja Samandar Termiziy kabi xayriya jamg’armalari, O’zbekiston Paralimpiya assotsiatsiyasining hududiy bo’linmalari kabilarni ham uchratish mumkin. Har bir tashabbus o’ziga xos. Asosiy g’oya – ma`nan yetuk barkamol avlodni tarbiyalashda fuqarolik jamiyati institutlari rolini yanada kuchaytirishga qaratilgan.

– Fuqarolik jamiyati institutlarining ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalari davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanayotgani ular faoliyatini kengaytirish va moliyaviy barqarorligini ta`minlashda muhim omil bo’lmoqda, – deydi Parlament komissiyasi a`zosi Nuriya Aytjanova. – Parlament huzuridagi jamoat fondi tomonidan keyingi yetti yil mobaynida NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo’llab-quvvatlash, ularning turli ijtimoiy loyihalarini amalga oshirish maqsadlari uchun 47,7 milliard so’m ajratilgan. Yil boshidan buyon NNT, OAV va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari tomonidan ilgari surilgan 100 dan ortiq loyiha davlat byudjeti mablag’lari hisobidan moliyalashtirildi. 3- va 4-grant tanlovlariga 495 ta loyiha kelib tushdi. Ular orasidan saralangan loyihalarga davlat grantini ajratish yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

Yig’ilishda “Sog’lom ona va bola yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlarining faol ishtirok etishini ta`minlashga imkon yaratadigan loyihalar tanlab olingani ta`kidlandi. Aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, xalqimizning madaniy merosini ommalashtirish, jamiyatda millatlararo va konfessiyalararo do’stlik va hamjihatlikni mustahkamlashga qaratilgan loyihalarni qo’llab-quvvatlash bo’yicha eng yuqori ballarni qo’lga kiritgan loyihalar e`tirof etildi.

– Parlament komissiyasi NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari o’rtasida qo’shimcha ravishda davlat ijtimoiy buyurtmasini joylashtirish uchun tanlov tashkil etish va o’tkazish haqidagi taklifimizni qo’llab-quvvatladi, – deydi jamoat fondi direktori Abdujalil To’rayev. – Fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan davlatimiz mustaqilligining 25 yilligini munosib kutib olish, ularning davlat organlari bilan ijtimoiy sheriklikdagi loyihalarini qo’llab-quvvatlashni maqsad qilgan qo’shimcha tanlov joriy yilning 25 avgustidan 1 oktyabrigacha bo’lgan muddatda o’tkaziladi. Parlament komissiyasi a`zolari qo’shimcha tanlovlar mavzulari va yo’nalishlari bo’yicha takliflar berish yuzasidan tegishli qarorni qabul qildi. O’ylaymanki, bu tanlovlar ham yurtimizdagi eng faol va jonkuyar nodavlat sektor vakillari nomini aniqlash va istiqbolli loyihalarni qo’llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Yig’ilishda komissiya a`zolari loyihalarni taqdim etishda nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan yo’l qo’yilgan kamchiliklarni ham muhokama qildi. Jumladan, loyiha hujjatlarining to’liq emasligi, davlat ro’yxatidan emas, hisob ro’yxatidan o’tgan nodavlat tashkilotlarning ishtiroki, loyiha smetasini tuzayotganda hamkorlar ulushining ko’rsatilmaganligi, loyihada ijtimoiy sheriklikning ko’zda tutilmagani, faqat sanasi va nomini o’zgartirgan holda ilgari yuborilgan loyihalarni taqdim etish, aynan ko’chirilgan loyihalarning mavjudligi kabi kamchiliklar aytib o’tildi. Komissiya a`zolari bu kabi xatolarga yo’l qo’ymaslik uchun joylardagi uchrashuvlarda nodavlat notijorat tashkilotlari vakillariga to’laqonli ma`lumotlar taqdim etish lozimligi xususida kelishib oldi.

Yig’ilish so’nggida komissiya faoliyati bilan bog’liq boshqa masalalar ham ko’rib chiqilib, tegishli qaror qabul qilindi.

Maftuna AZIZOVA

Teglar:

Foydali havolalar