O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida barpo etilgan beshta 5 qavatli uy foydalanishga topshirildi.

Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Asakadagi «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati asoschisi Islom Karimovning yodgorlik majmuasi ochildi.

2018 yil 1 yanvardan UzCard banklararo to‘lov tizimi tomonidan «DUET» kartalar orqali pul o‘tkazmalari to‘xtatiladi.

1 dekabr. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori e`lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Insoniylik siyosatining yorqin namoyishi

  • 1601
  • 1601
Jamiyat
Noyabr29/ 2016

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo’mitasi “Jazoni ijro etish muassasalaridan bo’shatilgan shaxslar ustidan ichki ishlar idoralarining ma`muriy nazorati to’g’risida”gi Qonun ijrosini Navoiy viloyati misolida muhokama qildi.

 

Avvalo, mazkur qonun ijrosi yuzasidan viloyatda o’tkazilgan nazorat-tahlil jarayonida qonun normalarining samaradorligi, ularni demokratik islohotlarning hozirgi bosqichiga muvofiqligiga alohida e`tibor qaratildi. Tadbir doirasida mazkur masalaga aloqador bir qator sub`ektlar, xususan, sud, huquqni muhofaza qiluvchi, mahalliy davlat hokimiyati idoralari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari vakillari, shuningdek, jazoni ijro etish muassasalaridan bo’shatilgan va ma`muriy nazoratda turgan shaxslar bilan uchrashuvlar o’tkazildi.

Tadbirda ilgari sudlangan shaxslar tomonidan takroriy huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish, ularda ijobiy ijtimoiy qarashni shakllantirish maqsadida mamlakatimizda tizimli tashkiliy huquqiy chora-tadbirlar ko’rilayotgani ta`kidlandi.

– Mamlakatimizda jazoni ijro etish muassasalaridan bo’shatilgan shaxslar tomonidan qayta jinoyatlar sodir etilishining oldini olish bo’yicha kompleks ijtimoiy, huquqiy va tashkiliy chora-tadbirlar amalga oshirilishini nazarda tutuvchi samarali tizim shakllantirilgan, – deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo’mitasi raisi o’rinbosari Akmal Rahmonov. – Bugungi kunda jazoni ijro etish muassasalaridan bo’shatilgan shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish, moddiy hamda ma`naviy qo’llab-quvvatlash, ishga joylashtirish, zarur tibbiy yordam ko’rsatish bo’yicha tizimli ishlar yo’lga qo’yilgan. Ammo qonunchiligimizda jazoni o’tab qaytgan shaxslar bilan ishlashda keng jamoatchilik ishtirokini nazarda tutuvchi moddalar yo’q. Shu sababli ishchi guruhi a`zolarida bu kabi fuqarolar bilan ishlashda fuqarolik jamiyati institutlari, ayniqsa, o’zini o’zi boshqarish organlari vakolatlarini yanada kengaytirishga oid takliflar shakllandi.

Shu bilan birga, yig’ilishda ma`muriy nazoratni amalga oshirish sohasida qonun ijrosini ta`minlashda Navoiy viloyatida aniqlangan ayrim kamchiliklar muhokama qilindi.

– Umuman olganda, ichki ishlar, prokuratura va sud organlari tomonidan mazkur sohada yetarli tajriba to’plangan va ular tomonidan olib borilayotgan ishlar inson huquq va erkinliklarini himoya qilish borasidagi asosiy prinsiplarga to’liq muvofiq, deb bemalol aytish mumkin, – deydi Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo’mitasi a`zosi Umid Sulaymonov. – Muhokama jarayonida amaldagi qonunni takomillashtirish, ayniqsa, unda ma`muriy nazoratni o’rnatish, uzaytirish, to’xtatib turish va tugatishning asoslarini aniq belgilab olish, ma`muriy nazoratni tugatish asoslari ro’yxatini kengaytirish, nazorat ostidagi shaxs hamda ichki ishlar xodimlarining ma`muriy nazorat sohasidagi huquq va majburiyatlarini aniq belgilab qo’yish lozimligi ta`kidlandi.

Yig’ilish yakunida Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo’mitasi tomonidan IIV va boshqa tashkilotlarga mazkur yo’nalishdagi faoliyatni takomillashtirish tavsiya etildi. Qonunchilikni yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish to’g’risida qaror qabul qilindi.

Munisaxon KARIMOVA,

«Jamiyat» muxbiri

Foydali havolalar