O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida barpo etilgan beshta 5 qavatli uy foydalanishga topshirildi.

Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Asakadagi «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati asoschisi Islom Karimovning yodgorlik majmuasi ochildi.

2018 yil 1 yanvardan UzCard banklararo to‘lov tizimi tomonidan «DUET» kartalar orqali pul o‘tkazmalari to‘xtatiladi.

1 dekabr. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori e`lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Milliy bog’da har juma bayram

  • 1608
  • 1608
Jamiyat
Noyabr29/ 2016

Poytaxtimizdagi Alisher Navoiy nomli Milliy bog’ har galgidan gavjum bo’ldi. Boisi bu yerda yurtimiz bo’ylab Eng ulug’, eng aziz ayyom oldidan “Go’zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O’zbekistonim!” shiori ostida o’tkazilayotgan madaniy-ma`rifiy kechalardan biri bo’lib o’tdi.

 

– Bugun biz bu yerga oilamiz bilan keldik, – deydi V.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyining 2-bosqich o’quvchisi Aziza Botirova. – Kayfiyatimiz a`lo. Attraksionlarda maza qilib uchdik. Qo’l mehnati asosida yaratilgan badiiy hunarmandchilik namunalari, tasviriy san`at asarlari ko’rgazmasini tomosha qilib   zavqingiz oshadi. Ularning ba`zilariga mualliflik qilgan tumanimizdagi bolalar ijodiyoti markazi qizlari bilan tanishib oldim. Men ham ta`til vaqtida o’sha yerda hunar o’rganmoqchiman.

Kechada Istiqlol yillarida Bosh shahrimizda ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma`rifiy sohalarda erishilgan yutuqlar haqida bayon qiluvchi sahna ko’rinishlari namoyish etildi. Sport bo’yicha Osiyo va jahon chempionlari, davlat mukofotlari sovrindorlari, xalq hofizlari, taniqli estrada xonandalari, aktyorlar, askiyachilar, folklor jamoalarining chiqishlari yig’ilganlarga bayramona ruh ulashdi.

Ko’tarinki kayfiyatda o’tgan tadbirda, shuningdek, yil davomida faollik ko’rsatgan o’quv muassasalari, mahalla fuqarolar yig’inlari, ibratli oilalar hamda kasaba uyushmasi xodimlarini taqdirlash marosimi ham o’tkazildi.

Milliy bog’da joriy yilning 19 avgustiga qadar har juma kuni shu kabi shodiyonalar bo’lib o’tadi.

Arofat JALILOVA,

“Jamiyat”ning jamoatchi muxbiri

Teglar:

Foydali havolalar