(Кириллча) Ўзбекистон мева ва сабзавот экспортининг асосий улуши Қозоғистон ҳиссасига тўғри келди.

(Кириллча) Ўзбекистондан шу кунгача 778 миллион долларлик мева-сабзавот четга экспорт қилинди.

(Кириллча) Тошкент метрополитенининг устки қисмида хизмат олиб бораётган Ички ишлар ходимларининг назорат пости олиб ташланди. Бу ҳақда Ички ишлар вазирлиги матбуот хизмати хабар бермоқда.

(Кириллча) Ўзбекистонда ишлаб чиқариладиган пахта ёғи учун акциз солиғи ундирилмайди.

(Кириллча) Жорий йилнинг 24 ноябрь куни мамлакатимизда илк бор «DevFest» – Google Developers Group (GDG) дастурчилар халқаро фестивали бўлиб ўтади.

Shaxmatchilarimiz Osiyo chempioni

  • 1614
  • 1614
Jamiyat
Yanvar29/ 2016

 

Mamlakatimizning yosh shaxmatchilari Eronda maktab o’quvchilari o’rtasida o’tkazilgan Osiyo chempionatida 6 oltin, 3 kumush va 2 bronza medalni qo’lga kiritib, umumjamoa hisobida uchinchi o’rinni egalladi.

 

Yetti yoshgacha bo’lgan o’g’il bolalar o’rtasidagi bahslarda Alixon Avazxonov 7,5 ochko bilan oltin medalga sazovor bo’ldi.

Shu yoshdagi qizlar bahsida Afro’za Hamdamova to’qqiz imkoniyatdan 8 ochko jamg’arib, Osiyo chempioni bo’ldi. Rapid va blits turnirlarda ham tengdoshlariga hech qanday imkoniyat qoldirmay, shohsupaning eng yuqori pog’onasiga ko’tarildi.

Bundan tashqari, yana bir umidli yosh shaxmatchimiz Nozima Valiyeva mazkur yo’nalishda kumush hamda bronza medal bilan taqdirlandi.

Shuningdek, blits yo’nalishida o’n besh yoshgacha bo’lgan shaxmatchilar bahsida Daler Vohidov birinchi, rapid yo’nalishida to’qqiz yoshgacha bo’lgan o’g’il bolalar bahsida Rasulbek Abdullayev uchinchi o’rinni va ayni shu yo’nalishda Humoyun Sindorov birinchi o’rinni egalladi.

– Bu o’yinlarda menga ustozim o’rgatgan o’yin holatini oldindan ko’ra bilish mashg’uloti qo’l keldi, – deydi Humoyun Sindorov. – Endilikda yana yangi mashg’ulotlarni o’rganish niyatidaman. Sababi yildan-yilga ko’rik-tanlov ishtirokchilarining mahorati ortib, o’yinlar tobora qizg’inlashib bormoqda. Bunday paytda faqat o’zlashtirilgan yangi mashg’ulotlar shohsupaga chiqish imkoniyatini beradi.

Ramiz VALIYEV

Foydali havolalar