O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida barpo etilgan beshta 5 qavatli uy foydalanishga topshirildi.

Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Asakadagi «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati asoschisi Islom Karimovning yodgorlik majmuasi ochildi.

2018 yil 1 yanvardan UzCard banklararo to‘lov tizimi tomonidan «DUET» kartalar orqali pul o‘tkazmalari to‘xtatiladi.

1 dekabr. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori e`lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

“Binafsha”da yoz o’tmoqda soz

Jamiyat
Noyabr06/ 2016

“Oyijonim menga paypoq, qo’lqop, chiroyli bosh kiyimchalar to’qib, bergan. Endi men ham oyijonim uchun paypoq to’qib sovg’a qilmoqchiman. Juda xursand bo’ladi. Shuning uchun bu to’garakda ustozimdan chiroyli to’qishni yaxshilab o’rganayapman”.

Yetti yoshli Zilolaxon Qodirova kunduzgi oromgohlarga qatnayotganidan xursand. Biz uning so’zlarini tinglab, poytaxtimizdagi maktablardan birida tashkil etilgan oromgohga borishni va u yerda bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishishni niyat qildik.

Respublikamizda yagona sanalgan Xitoy-koreys tiliga ixtisoslashgan 59-maktabda “Binafsha” nomli 4 mavsumga mo’ljallangan oromgoh tashkil etildi. Unda 3 ta o’zbek va 1 ta rus guruhi bo’lib, har biri uchun alohida nom tanlangan. Oromgohda Zilola kabi hunar o’rganish ixlosmandlari to’quvchilikdan tashqari bisser tikish, qog’ozdan turli xil san`at namunalarini yasash sirlarini o’rganib qimmatli vaqtini unumli o’tkazmoqda. O’g’il bolalar uchun ham alohida to’garaklar mavjud.

– “Sog’lom ona va bola yili”da bolajonlar salomatligini mustahkamlashga yanada yuqori darajada e`tibor qaratilmoqda, – deydi oromgoh rahbari Gulruh Abdullayeva. – Bizning oromgohimiz ham barcha kerakli jihozlar bilan ta`minlangan, sport maydonchalari, tennis stollari va turli xil sport anjomlari shular jumlasidan. Tez-tez o’tkazilib turiladigan sport musobaqalari esa o’g’il-qizlarning jismoniy jihatdan chiniqib, sog’lom kamol topishiga zamin yaratmoqda.

Maktab chet tillarini o’rganishga ixtisoslashgani bois, bolalarning asosiy vaqti til o’rganish mashqlariga ham yo’naltirilmoqda.

– Men bu yerda 4 ta koreyscha qo’shiq o’rgandim, – deydi tarbiyalanuvchi Mubinaxon Zokirova. – Ustozim Iroda opa bizga koreyscha raqs ham o’rgatyapti. O’rgangan raqslarimni uyda oyijonim va dadajonimga ko’rsataman, qo’shiqlar aytib beraman.

Yana bir dam oluvchi, Ibrohimning pianino chalishga bo’lgan mehrini ko’rib havasingiz keladi “5 yoshimdan beri pianino chalaman. Bu yerda xitoycha kuylar chalishni o’rgandim, ular men uchun juda ham qiziq!” – deydi u. Bu yerda dam olayotgan bolalarning o’tkazayotgan vaqtlaridan mamnun ekanliklarini ularning zavq bilan porlab turgan ko’zlaridan anglab olish qiyin emas.

   Javhar TURSUNOVA,

O’zMU jurnalistika fakulteti talabasi

Foydali havolalar