O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida barpo etilgan beshta 5 qavatli uy foydalanishga topshirildi.

Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Asakadagi «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati asoschisi Islom Karimovning yodgorlik majmuasi ochildi.

2018 yil 1 yanvardan UzCard banklararo to‘lov tizimi tomonidan «DUET» kartalar orqali pul o‘tkazmalari to‘xtatiladi.

1 dekabr. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori e`lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Eng namunali mahallalar saralandi

  • 1621
  • 1621
Jamiyat
Noyabr06/ 2016

Bugun yurtimizda boshqaruvning noyob tizimi sanalmish mahalla davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining o’ttizdan ortiq vazifalarini bajarmoqda. Demak, bu tizimda faoliyat olib borayotgan xodimlarning malaka va bilimini doimiy oshirib borish, ularni qo’llab-quvvatlash hamda rag’batlantirish mazkur yo’nalishdagi ishlar samaradorligini yanada kuchaytiradi.  

 

Bu borada fuqarolar yig’inlarining ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar jarayonidagi ishtirokini yanada kengaytirish va tizim xodimlarining faolligini oshirish maqsadida har yili tashkil etib kelinayotgan “Eng namunali fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari” ko’rik-tanlovining ham munosib hissasi bor.

Mustaqilligimizning 25 yillik bayrami arafasida o’tkazilayotgan mazkur tanlovning joriy yilgi quyi bosqichlari “Go’zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O’zbekistonim!” shiori ostida yuqori saviyada tashkil etildi.

 

“Tong” keyingi bosqichda

 

Tanlovning Toshkent shahar bosqichi o’zgacha kayfiyat va qizg’in bahs-munozara ruhida o’tdi. Unda tuman bosqichida g’olib bo’lgan jami 11 ta fuqarolar yig’ini faollari ishtirok etdi. Yig’inlar tomonidan amalga oshirilgan keng ko’lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, xususan, “Sog’lom ona va bola yili” Davlat dasturi doirasida erishilgan yutuq va natijalar, ijobiy ish tajribalari qonuniylik, oshkoralik, adolat va tenglik tamoyillari asosida baholandi. Shu bilan birga, ularning asosiy faoliyat yo’nalishlari bo’yicha jamoatchilik komissiyalari hamda yig’inlarda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga ko’maklashish bo’yicha tashkil etilgan maslahat markazlari, “Ota-onalar universitetlari” faoliyatini samarali tashkil etish, “Oila – mahalla – ta`lim muassasasi” hamkorligi doirasida amalga oshirilgan ishlar atroflicha o’rganildi.

Ayniqsa, ishtirokchilarning fuqarolar yig’inlari xodimlarining ish faoliyatida uchraydigan savollarga bergan javoblari, dunyoqarashi va hozirjavobligi hakamlar hay`ati va yig’ilganlarga manzur bo’ldi. Shuningdek, mahallalarni kompleks rivojlantirish, sohaga oid ilg’or ish tajribalarini ommalashtirish, ayni chog’da yaratilgan keng imkoniyatlardan nechog’li to’g’ri foydalanilayotgani, faoliyatni tartibga soluvchi qonun hujjatlari ijrosi, ijtimoiy-ma`naviy muhit barqarorligi, tinchlik, osoyishtalik, ahillik va mehr-oqibat muhitini ta`minlashga oid ishlari sarhisob qilindi.

Tanlov yakunida Yashnobod tumanidagi “Tong” mahalla fuqarolar yig’ini birinchi o’ringa munosib deb topildi va tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish yo’llanmasini qo’lga kiritdi. Chilonzor tumanidagi “Novza” mahalla fuqarolar yig’iniga ikkinchi, Yunusobod tumanining “Tiklanish” mahalla fuqarolar yig’iniga uchinchi o’rin nasib etdi.

“Mustaqillik” g’olib

 

Samarqand shahridagi muhtasham konsert zalida tanlovning viloyat bosqichi bo’lib o’tdi.

Ma`lumki, Samarqand mahallalari o’zining tarixiy o’ziga xosligi bilan ajralib turadi. Bugungi kunda viloyatda 1092 ta mahalla, 240 ta qishloq fuqarolar yig’ini faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Tanlovning shahar, tuman bosqichlarida qatnashgan fuqarolar yig’inlari orasidan saralab olingan 16 tasi viloyat bosqichida ishtirok etdi.

Bahs-munozara asosida o’tgan tanlov natijalariga ko’ra, birinchi o’rin Payariq tumanidagi “Mustaqillik” mahalla fuqarolar yig’iniga, ikkinchi o’rin Urgut tumanidagi “To’rtko’l” mahallasiga, uchinchi o’rin esa Samarqand shahridagi “Yangiobod” mahalla fuqarolar yig’ini vakillariga nasib etdi.

– Faoliyatimiz e`tirof etilganidan xursandmiz, – deydi “Mustaqillik” mahalla fuqarolar yig’ini raisi Ibrohim Umirov. – Men mamlakatimizda mahalla tizimiga huquqiy maqom berilganidan buyon sohada faoliyat olib boraman. O’tgan davrdagi kuzatishlarimdan kelib chiqib aytishim mumkinki, bugungi kunda mahallaning har tomonlama mavqei ko’tarildi. Tanlovga qatnashish jarayonida biz mazkur noyob institutning imkoniyatlari, farovonligimizga qo’shayotgan hissasini amaliy misollarda ochib berdik. Bu o’z natijasini berdi, tanlovda g’olib bo’ldik.

Tanlov g’oliblari diplom va “Mahalla” xayriya jamoat fondining esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi. Shuningdek, bir qator nominatsiyalar bo’yicha ham g’oliblar aniqlanib, munosib rag’batlantirildi.

Tadbir tashkilotchilarining aytishicha, tanlovning respublika bosqichi Istiqlolimizning 25 yilligi arafasida o’tkazilishi rejalashtirilgan.

 

Nuriddin UBAYDULLAEV,

Shuhrat QARShIEV,

“Jamiyat” muxbirlari

Teglar:

Foydali havolalar