O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida barpo etilgan beshta 5 qavatli uy foydalanishga topshirildi.

Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Asakadagi «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati asoschisi Islom Karimovning yodgorlik majmuasi ochildi.

2018 yil 1 yanvardan UzCard banklararo to‘lov tizimi tomonidan «DUET» kartalar orqali pul o‘tkazmalari to‘xtatiladi.

1 dekabr. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori e`lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Komissiya raislari tajriba orttirmoqda

Jamiyat
Noyabr06/ 2016

O’zini ayamasdan mehnat qilayotgan minglab mahalla faollarining fidokorona ishlari oilalar, mahallalar, qolaversa, mamlakat osoyishtaligini mustahkamlashda o’z samarasini bermoqda. Ayni kunlarda hududlarda bo’lib o’tayotgan “Fuqarolar yig’inlari faoliyatining asosiy yo’nalishlari bo’yicha komissiyalarining ishini samarali tashkil etish va amalga oshirish tartib-tamoyillari” mavzusidagi o’quv-seminarlar faollarda bu fazilatlarni yanada rivojlantirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

 

Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Ma`naviyat targ’ibot markazi, O’zbekiston Xotin-qizlar qo’mitasi va boshqa tashkilotlar hamkorligida Surxondaryo viloyatida ana shunday tadbir tashkil etildi.

Mahallalarning tashkiliy-huquqiy asoslari takomillashib, u davlat boshqaruvi organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati olib boradigan mustahkam tuzilmaga, aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash, xususiy tadbirkorlik va oilaviy biznesni rivojlantirish markaziga aylandi. “Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari to’g’risida”gi Qonun bu boradagi ishlar samaradorligini oshirishda mustahkam huquqiy asos bo’lib xizmat qilmoqda.

– O’quv-seminarida mutaxassislarning ma`ruzalarini diqqat bilan tingladim, – deydi Termiz shahridagi “Ma`rifat” mahalla fuqarolar yig’ini raisi Ilhom Shometov. – Chunki mahalla hayotiga oid har bir masalaning huquqiy asosi bor. Shu bois qonun va qarorlarning mazmun-mohiyatini qanchalik chuqur anglasak, turli vaziyatlarni to’g’ri baholab, oqilona yechim topishga erishamiz. Mazkur tadbir davomida to’plagan bilimimiz faoliyatimizni samarali tashkil etishda asqotadi.

Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanida bo’lib o’tgan seminarda ishtirok etgan 14 mahalla fuqarolar yig’inining 66 nafar komissiyasi raislari ham sohaga oid bilim va tajribalarini boyitdi.

Interfaol usulda olib borilgan mashg’ulotlarda faqat ma`ruzalar bilan cheklanib qolmasdan, har bir mavzu hayotiy misollar bilan boyitilib, ochiq muloqot tarzida uyushtirilgani komissiya raislarining o’z yig’inlarida uchrab turuvchi holatlarni tushunish va to’g’ri yondashishlari uchun o’ziga xos maktab bo’ldi.

Seminarlar davomida tinglovchilarga “Mahalla ziyosi” respublika o’quv-uslubiy markazi tomonidan tayyorlangan komissiyalar faoliyatini tashkil etishda foydalaniladigan qo’llanmalar tarqatildi.

Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari qoshidagi asosiy yo’nalishlar bo’yicha komissiyalar raislari uchun tashkil etilayotgan o’quv-seminarlari respublikamiz bo’ylab davom etmoqda.

Nuriddin NORSAIDOV

Foydali havolalar