(Кириллча) Ўзбекистон мева ва сабзавот экспортининг асосий улуши Қозоғистон ҳиссасига тўғри келди.

(Кириллча) Ўзбекистондан шу кунгача 778 миллион долларлик мева-сабзавот четга экспорт қилинди.

(Кириллча) Тошкент метрополитенининг устки қисмида хизмат олиб бораётган Ички ишлар ходимларининг назорат пости олиб ташланди. Бу ҳақда Ички ишлар вазирлиги матбуот хизмати хабар бермоқда.

(Кириллча) Ўзбекистонда ишлаб чиқариладиган пахта ёғи учун акциз солиғи ундирилмайди.

(Кириллча) Жорий йилнинг 24 ноябрь куни мамлакатимизда илк бор «DevFest» – Google Developers Group (GDG) дастурчилар халқаро фестивали бўлиб ўтади.

Mirzo Ulug’bek tumanida 100 ta ko’cha obodonlashtiriladi

  • 1632
  • 1632
Jamiyat
Yanvar06/ 2016

 

Toshkent shahar hokimligida Mirzo Ulug’bek tumani hokimi Shomansur Ahmedov ishtirokida matbuot anjumani o’tkazildi. Unda ommaviy axborot vositalari xodimlariga yil boshidan buyon tumanda iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish dasturi ijrosini ta`minlash yuzasidan olib borilgan ishlar xususida batafsil ma`lumot berildi.

 

– Mustaqilligimizning 25 yilligi munosabati bilan tuman miqyosida uzunligi 88,6 kilometr bo’lgan 100 ta ko’chada kapital ta`mirlash va obodonlashtirish ishlari olib borilyapti, – dedi tuman hokimi. – Bundan tashqari, sobiq tramvay deposi va aylanma bekati o’rnida yangi dehqon bozori qurish ishlari boshlab yuborildi. “Toshbozorsavdo” hamkorligida 867 o’rinli, turli pavilonlardan iborat zamonaviy savdo majmuasi qurilishi uchun 7 millard so’mlik kredit mablag’lari ajratildi. “Sayohat” mehmonxonasining orqasidagi noqonuniy garajlar olib tashlanib, uning o’rnida ko’p qavatli avtoturargoh qurilishi yakuniga yetkazilmoqda. Mustaqilligimizning 25 yilligi arafasida tumanimizda 350 ta ish o’rniga ega bo’lgan sutni qayta ishlash korxonasi o’z faoliyatini boshlaydi.

Ommaviy axborot vositalari xodimlari tuman hududida joylashgan “Toshkent traktor zavodi” va “Lak-bo’yoq zavodi”ning bugungi kuni va istiqboli bilan bog’liq savollar berishdi. Tuman hokimining o’rinbosari Bahodir Boqiyevning aytishicha, ikkala zavodda ham yangi tarmoqlar ishga tushirilishi natijasida zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari qo’llanilmoqda. Jumladan, “Toshkent traktor zavodi” o’rnida “Toshkent texnika eksperimental” korxonasi, “UzKlass” qo’shma korxonasi ish boshladi. Ham iqtisodiy, ham ekologik jihatdan xalqaro andozalar asosida jihozlangan yangi quvvatlar atrof-muhit musaffoligini ta`minlash va shu bilan birga aholi salomatligini muhofaza qilishda texnik talablarga to’la javob beradi.

Matbuot anjumanida tumanning mas`ul mutasaddi tashkilotlari vakillari jurnalistlarning barcha savollariga atroflicha javob qaytardi.

Maftuna AZIZOVA

Teglar:

Foydali havolalar