(Кириллча) Ўзбекистон мева ва сабзавот экспортининг асосий улуши Қозоғистон ҳиссасига тўғри келди.

(Кириллча) Ўзбекистондан шу кунгача 778 миллион долларлик мева-сабзавот четга экспорт қилинди.

(Кириллча) Тошкент метрополитенининг устки қисмида хизмат олиб бораётган Ички ишлар ходимларининг назорат пости олиб ташланди. Бу ҳақда Ички ишлар вазирлиги матбуот хизмати хабар бермоқда.

(Кириллча) Ўзбекистонда ишлаб чиқариладиган пахта ёғи учун акциз солиғи ундирилмайди.

(Кириллча) Жорий йилнинг 24 ноябрь куни мамлакатимизда илк бор «DevFest» – Google Developers Group (GDG) дастурчилар халқаро фестивали бўлиб ўтади.

Poytaxtdan delegatlar saylandi

Jamiyat
Dekabr06/ 2016

Yoshlar ijod saroyida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent shahar kengashining VII konferensiyasi bo’lib o’tdi.

 

Unda Harakatning shahar kengashi tomonidan o’tgan ikki yarim yil davomida amalga oshirilgan ishlar tahlil etildi.

Ta`kidlandiki, Oliy Majlis va sud organlari faoliyati bilan tanishuvlar, “Hokim va yoshlar” uchrashuvlari, “Siz qonunni bilasizmi?”, “Eng namunali boshlang’ich tashkilot”, “Huquq bilimdonlari”, “Tafakkur sinovlari” ko’rik-tanlovlari, “Vatan kelajagi sening qo’lingda!”, “O’zbekiston – yagona Vatanim” shiori ostidagi “Vatan himoyasi – muqaddas burch!” targ’ibot loyihalari   yoshlarni davlat boshqaruvi organlari faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, ularning huquqiy bilim hamda madaniyatini oshirishga xizmat qilmoqda.

Shuningdek, “Mening biznes-g’oyam”, “Yosh tadbirkor – yurtga madadkor” loyihalari, “Ta`lim va mutaxassislik”, “Vatanim taraqqiyotiga mening hissam” ko’rgazmalari yoshlarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash, ular o’rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish va bandlikni ta`minlashga ko’maklashmoqda.

Bundan tashqari, “Yurt kelajagi”, “Quvnoqlar va zukkolar” tanlovlari, “Faol yoshlar maktabi” tajriba-sinov loyihasi yoshlarning ijodiy va intellektual salohiyatini ro’yobga chiqarish, yetakchilik mahoratini shakllantirish, madaniyat va san`atga qiziqishini qo’llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Shu bilan birga, “Biz – sog’lom turmush tarzi tarafdorimiz” aksiyasi, “Kamolot” kubogi”, “Kamolot” shaxmat taxtasi” turnirlari yosh avlodni jismoniy kamol toptirish, ular o’rtasida sog’lom turmush tarzini shakllantirishga hissa qo’shayotir. “Yurtimni obod etaman” loyihasi, “Har bir yoshga bir nihol”, “Sen bilan birga – kamolot sari” aksiyalari, “Yosh qutqaruvchi”, “Shunqorlar” musobaqalari, “Biz – buyuk yurt farzandlarimiz!” shiori ostidagi festivallar ertamiz egalari qalbida Vatanga sadoqat, milliy urf-odat va qadriyatlarga hurmat tuyg’ularini tarbiyalashga, ularni ma`naviy va jismoniy kamol toptirishga hissa qo’shmoqda.

Bu kabi tadbir va loyihalar bilan bir qatorda Toshkent shahrining Bektemir, Sergeli, Uchtepa, Mirobod, Chilonzor tumanlarida “Kamolot”ning ko’p qavatli uylari barpo etilib, hozirgi kungacha 288 xonadon o’z egalariga topshirildi.

“Sog’lom ona va bola yili” Davlat dasturining 53-bandiga kiritilgan Sergeli tumanida joylashgan “Kamolot” yoshlar istirohat bog’i”ni rekonstruksiya qilish ishlariga 4 milliard so’m mablag’ ajratilib, mustaqilligimizning 25 yilligi arafasida poytaxt yoshlariga tantanali topshirish rejalashtirilgan.

Konferensiyada “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent shahar kengashi, Nazorat-taftish komissiyasi a`zolari va Harakatning IV Qurultoyiga Toshkent shahridan delegatlar saylandi. Akmalbek Jumaboyev “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent shahar kengashi raisi etib saylandi.

Fazliddin QODIROV

Foydali havolalar