O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida barpo etilgan beshta 5 qavatli uy foydalanishga topshirildi.

Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Asakadagi «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati asoschisi Islom Karimovning yodgorlik majmuasi ochildi.

2018 yil 1 yanvardan UzCard banklararo to‘lov tizimi tomonidan «DUET» kartalar orqali pul o‘tkazmalari to‘xtatiladi.

1 dekabr. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori e`lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Er yigitni oriyat bezaydi

  • 1656
  • 1656
Jamiyat
Noyabr08/ 2016

Xaloyiq, Rustam polvonning origa kim chiqadi? Qumqo’rg’onning polvonlari borma? O’z tumanining sha`ni uchun kim ko’taradi toboqdi?

Bakovulning hayqirig’i hammaning e`tiborini tortdi. Bir muddat g’ala-g’ovur tindi. Hamma qumqo’rg’onliklar o’tirgan burchakka tikildi. Polvonlar bir-biriga qaradi. Rustam polvon yerga qaradi. Shu payt yig’ilganlar orasidan ixchamgina gavdali, yuzlaridan chayirligi sezilib turgan polvon otilib chiqdi. Belbog’ini mahkam bog’lab, yaktagining etagini orqaga surdi. Ko’zlarini mag’rur tikib: «Men chiqaman, akamning origa», dedi. Hamma hayratda. Birov «E, shu zumrashadan bosh­qa tirigi yo’qmikan», desa, birov «Amir polvon buni ezib qo’yadiku», dedi. Ammo Shuhrat polvon so’zidan qaytmadi. O’zidan deyarli ikki barobar keladigan Amir polvonga yaqinlashdi…

Ha, polvonlar or uchun kurashadi. O’z tug’ilgan yeri, qishlog’i, mahallasi, tumani, viloyati, o’z yurti ori uchun maydonga chiqadi. Ko’pincha to’yu sayillarda do’sti yoki aka, ukasi yengilgan polvonning orini saqlab qolish uchun ham polvonlar har qanday raqib oldiga mardona chiqadi. Mardlik va oriyatni erkakning eng go’zal xislati deb biladi.

Aslida, har qanday yigit ham ori, g’ururini saqlash uchun hech narsadan tap tortmaydi. Kerak bo’lsa, o’lishga ham tayyor bo’ladi. Xalqimizda «Er yigitning uyalgani – o’lgani», deb bejizga aytilmagan. Yana oriyat – qalb gavhari hisoblanib, kishining xatti-harakatida, yuzida, so’zida aks etib turadi.

Birgina «Alpomish» dostonida ham yigitlik ori, g’ururi, yurt, el sha`ni uchun kurash yuqori pardalarda ochib berilgan. E`tibor qiladigan bo’lsangiz, Alpomishga qalmoq elidan, yori Barchindan «Oltoychalik yo’lga keldim, to’qson alpda toy-taloshda qoldim, olti oyga muhlat oldim, mendan umidi bo’lsa, Alpomish kelsin, bo’lmasa javobimni bersin» degan mazmunda xat kelganida u dastlab e`tiborsizlarcha qabul qiladi. «Olti oychalik yo’lda bo’lsa, qalmoqning elida bo’lsa, zo’r yovning qo’lida bo’lsa, bir xotin olamiz deb, sandirab o’lamizmi», deb xatni tizzasining ostiga bosib o’tiraveradi. Buni ko’rib, opasi Qaldirg’ochoyim Alpomishning oriyatini qo’zg’aydi, ya`ni mard yigitning yori talash bo’larmi, deb «Aka aytar so’zim og’ir olmagin, Nar-moda ishini bunda qilmagin… Yoring ketsa qanday elda yurasan, Tirik yurmay, aka, sen ham o’lasan», deya ta`na-dashnom qiladi. Shundan keyin Alpning yigitlik ori kelib, erlik sha`ni, el-yurt obro’si uchun Qalmoqqa otlanadi. Bu bilan yigitlarimizga xos bo’lgan ulug’ xislati namoyon bo’ladi.

– Fururli, oriyatli erkak xalq ustuni sanaladi, – deydi Yunusobod tuman bosh imom xatibi, «Mirza Yusuf» jome masjidi imom xatibi Rahmatulloh Sayfuddinov. – Qadimdan xalqqa tirgak bo’lgan, millati sha`ni uchun kurashgan, ahli oilasiga qalqon bo’lgan mard, jasur erlar ko’ksida g’urur va oriyati aks etib turgan. Vaholanki, oriyatli erkak xonadonida uning o’rni baland maqomdadir. Bu xonadondagi qiz ham, o’g’il ham odob-axloq borasida otadan hayiqib, qo’rqib turadi. Shu bois ham xonadon farzandlari har tomonlama komil inson bo’lib voyaga yetadi. Ammo ba`zi oilalardagi muhit, farzandlar tarbiyasini ko’rib, xonadon sohibining oriyati, g’ururi xususida o’yga tolasan, kishi. Bugun ayrim yoshlarning kiyinishi, muomalasi o’zgarayotgani, jumladan, ko’cha-ko’yda yengil-elpi kiyingan, beo’xshov qiliqlarni o’ziga ep ko’rayotgan ba`zi yigit-qizlarning bu xatti-harakatlari ularning otasi yoki akalarining oriyati sustligidan, o’z qadr-qimmatini bilmasligidan dalolatdir.

Yoshligimizda ko’ngilchanlik yoki bo’shanglik qilib yig’lasak, nolisak, kattalardan «o’g’il bolamisan o’zi?» degan tanbeh eshitardik. Qo’limiz, oyog’imiz yoki tanamizning boshqa bir joyi shilinib, zirqirab og’riyotgan bo’lsa-da, bu gapdan so’ng tishimizni tishimizga qo’yib chidardik. Ba`zan tengdoshlar kurashda yiqilsa, oriyati qo’zib, yig’laganini ko’rganmiz. Shunda kattalar: «O’g’il bola bo’l, qaddingni tik tut!» – deya dakki berishardi. Demak, o’g’il bola oriyatli, chidamli, matonatli bo’lishi kerak, degan tushuncha murg’ak qalbimizda shakllanib, umr bo’yi qaddimizni tik qiladi.

…Amir polvon jikkakkina bo’lib o’ziga yaqinlashib kelayotgan Shuhrat polvonni ko’rib, qo’lini ko’tardi: «Shu bolaning oriyatiga, mardligiga tan berdim, – dedi mardona ovozda. – Akasining ori uchun tovoq ko’tardi, beringlar sovrinni, men yengildim».

Xalq gurr etib o’rnidan turdi. Har ikkala polvon ham olqishlarga ko’mildi…

 

Bekzod JOVLIYEV

Teglar:

Foydali havolalar