O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida barpo etilgan beshta 5 qavatli uy foydalanishga topshirildi.

Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Asakadagi «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati asoschisi Islom Karimovning yodgorlik majmuasi ochildi.

2018 yil 1 yanvardan UzCard banklararo to‘lov tizimi tomonidan «DUET» kartalar orqali pul o‘tkazmalari to‘xtatiladi.

1 dekabr. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori e`lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Odam savdosining yakuni bormi?

  • 1659
  • 1659
Jamiyat
Noyabr08/ 2016

 

Har yili 30 iyul – Xalqaro odam savdosiga qarshi kurash kuni sifatida nishonlanadi. Mazkur illatga qarshi turli targ’ibot tadbirlari, tushuntirish ishlari olib boriladi. Biroq…

Dunyoda odam savdosi bilan bog’liq jinoyat hali hamon sodir etilmoqda va kengayib bormoqda. Bugun yer yuzida 4 milliondan ortiq katta yoshdagi kishi turli hududlarda ushlanib, sotib yuborilmoqda. 10 million bola va 2 millionga yaqin ayol qul sifatida sotiladi.

BMT vakillarining so’zlariga ko’ra, mazkur jinoyat qoch­qinlar, muhojirlar orasida keng tarqalmoqda. Qurolli nizolar bo’layotgan hududlardan qochayotgan kishilarga qo’yilayotgan turli to’siqlar tufayli ular chegaralarni noqonuniy kesib o’tmoqda. Mana shu omillar tufayli odam savdosi bilan shug’ullanuvchi to’dalarning o’ljasiga aylanmoqda.

– Odam «savdogar»lari, qochqinlarni bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga tashuvchilar o’zgalar tashvishidan foydalanib, pul ishlashga harakat qiladi, – deydi BMTning giyohvandlik va jinoyatchilik bo’yicha boshqarmasi rahbari Yuriy Fedotov. – Ayni paytda qochqinlar bo’yicha yuzaga kelgan xalqaro inqirozning qamrovi kengayib bormoqda. Qurolli mojarolar, ziddiyatlar, tartibsizliklar davom etar ekan, odam savdosi, insondan sotuvga qo’yiladigan «jonli tovar» sifatida foydalanish ham avj olaveradi.

So’nggi paytlarda qochqinlar bilan bog’liq boshqa ko’plab muammolar ham urchib borayapti. Xususan, qochqin xotin-qizlar jinsiy zo’ravonlikka uchramoqda, tahqirlanmoqda. Aksariyati Yevropaga homilador holda kirib kelish hollari kuzatilgan. Urushdan, nizolardan qochayotganlar bor mablag’ini kontrabandachilarga berib, oilasini asrash ilinjida hamda qolgan qarzini to’lash uchun qullikka mahkum bo’lmoqda. Bu jarayon qochqinlar bolalarini ham chetlab o’tayotgani yo’q. Aksar bolalar qarovsiz qolib, zamonaviy quldorlar qo’lida mehnat qilishga, boshqalari esa tilanchilikka majbur etilmoqda.

Oxirgi yillarda qochqinlar tana a`zolarini transplantatsiya uchun sotib yoki majburan olish holatlari ham qayd etilmoqda. Ayniqsa, ularning ko’pchiligi hech qanday hujjatsiz, qarovsiz, surishtiruvchilari yo’q   bo’lgani bois, «ovchi»lar ularning barcha organlarini pullash, o’zlarini esa o’ldirishgacha bormoqda.

– Bunday muammoning ildiz otishiga aslo yo’l qo’yib bo’lmaydi, – deydi BMTning inson huquqlari bo’yicha mutaxassisi Mariya Gratsiya Jammarinaro. – Lekin Yevropa mamlakatlarida odam savdosiga qarshi kurashish, qochqinlarni kontrabandachilardan himoya qilishga yetarli darajada e`tibor berilmayapti. Shuning uchun avvalo, davlatlar bu jinoyatni amalga oshiruvchilarni qo’lga olishi va jazolashi, odam savdosi qurboniga aylanish xavfi ostida bo’lganlarni himoya qilishi zarur.

Mutaxassislarning ta`kidlashicha, odam savdosi qurbonlarini sog’lom hayotga integratsiyalash masalasi ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Chunki bunday jinoyat tuzog’iga tushganlarga shafqatsizlarcha muomalada bo’linadi. To’yib ov­qat yeyishdan mahrum etiladi, o’ta sovuq yoki issiq haroratda mehnat qilishga majbur qilinadi. Shuning uchun bunday uqubatlardan xalos bo’lganlarning ko’pchiligi nafaqat tibbiy, balki ruhiy reabili­tatsiya­ga muhtoj bo’ladi.

Tahlilchilarning qayd etishicha, qochqinlar muammosini hal etish uchun, avvalo, ularni noqonuniy tashish bilan shug’ullanayotgan jinoyatchilarni qo’lga olish lozim. Aytish joizki, BMT tomonidan odam savdosi bo’yicha chop etilgan nav­batdagi ma`ruzada ham aynan shu jinoyatdan ko’proq aziyat chekkan qochqinlarga alohida urg’u berilgan. Unda, shuningdek, migrantlar oqimi yo’nalishlari, kontrabandachilarning faoliyati batafsil bayon etilgan.

– Jamiyatlarda bunday jirkanch jinoyatga yo’l yo’q, – deydi BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun. – Shuning uchun barcha davlatlar mazkur transmilliy jinoyatni yo’q qilish uchun hamkorlikda kurash olib borishi ayni muddaodir.

Ma`lumot o’rnida aytish joizki, BMT tomonidan odam savdosi jabrdiydalarini qo’llab-quvvatlashga qaratilgan fond tashkil etilgan edi. Undan ko’zlangan maqsad inson savdosi qurbonlariga tibbiy, ijtimoiy jihatdan ko’mak ko’rsatishdir. Biroq fondga xayriya mablag’larining tushishi ko’ngildagidek emas. Shuning uchun hozir barchaning bir yoqadan bosh chiqarishi, hamkorlikda ish yuritishi muhim bo’lmoqda.

Albatta, mazkur transmilliy jinoyatning oldini olish va unga qarshi kurashish borasida yurtimizda ham qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Odam savdosi transmilliy, ya`ni hudud va chegara tanlamaydigan jinoyat ekanligi hisobga olinib, O’zbekiston 2003 yil 12 dekabrda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1950 yilda qabul qilingan «Odam savdosi va fohishalikning uchinchi shaxslar tomonidan ishlatilishiga qarshi kurash to’g’risida»gi Konvensiyaga qo’shildi. Shuningdek, mamlakatimiz BMT Bosh Assambleyasining 2000 yil 15 noyabrda qabul qilingan «Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash to’g’risida»gi Konvensiyasi hamda odam savdosi, ayniqsa, ayollar va bolalarni sotishning oldini olish, unga chek qo’yish va buning uchun jazolash to’g’risidagi qo’shimcha hujjatlarini   imzolagan. Shuningdek, odam savdosi jabrdiydalariga tibbiy ko’mak ko’rsatish maqsadida reabilitatsiya markazi tashkil etildi.

Keng qamrovli targ’ibot-tashviqot olib borilayotganiga qaramay, ba`zi kishilar o’zlarini bila turib ana shunday qullik botqog’iga otmoqda. Boshqalari esa oddiy aldovga, shirin va`dalarga uchib jabrdiydaga aylanayotir. Ekspertlar chet ellarda mehnat qilayotgan muhojirlarni soxta takliflarga uchmaslik, uning qonuniyligini o’rganishni, yaqinlarini ish joyi xususida ogohlantirib qo’yishni tavsiya etmoqda.

Rufat NEMATOV tayyorladi.

Teglar:

Foydali havolalar