(Кириллча) Ўзбекистон мева ва сабзавот экспортининг асосий улуши Қозоғистон ҳиссасига тўғри келди.

(Кириллча) Ўзбекистондан шу кунгача 778 миллион долларлик мева-сабзавот четга экспорт қилинди.

(Кириллча) Тошкент метрополитенининг устки қисмида хизмат олиб бораётган Ички ишлар ходимларининг назорат пости олиб ташланди. Бу ҳақда Ички ишлар вазирлиги матбуот хизмати хабар бермоқда.

(Кириллча) Ўзбекистонда ишлаб чиқариладиган пахта ёғи учун акциз солиғи ундирилмайди.

(Кириллча) Жорий йилнинг 24 ноябрь куни мамлакатимизда илк бор «DevFest» – Google Developers Group (GDG) дастурчилар халқаро фестивали бўлиб ўтади.

25 Aksiyasi

  • 1663
  • 1663
Jamiyat
Yanvar09/ 2016

Mustaqilligimizning 25 yilligini yurtimizdagi har bir yosh yangidan-yangi g’oyalar bilan qarshi olishga intilmoqda. Xususan, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy kengashi AKT bo’limi yetakchi mutaxassisi Husanboy Ubaydullayev ham o’zining 25.kamolot.uz saytidagi “25” aksiyasi bilan respublika yoshlarini bir saytda birlashtirdi.

 

– Mazkur aksiyaning asosiy maqsadi istiqlol yillarida bosib o’tilgan tarixiy yo’l, erishilgan ulkan marralar, “Kim edigu, kim bo’ldik?” degan hayotiy haqiqatni   yoshlar orqali keng targ’ib qilishdir, – deydi Husanboy Ubaydullayev. – Ayni paytda saytimiz yoshlar orasida ommalashdi. Bunda “25” aksiyasini o’tkazayotganimiz ko’pchilikning qiziqishini oshirdi. Mazkur aksiya davomida respublikamizning barcha xududlarida maxsus ko’rgazmalar ham tashkil etayapmiz. Unda yoshlarning o’zlari sayt uchun maxsus suratlar, roliklar, audio va video tabriklar uyushtirishyapti. E`tiborlisi, saytimiz aksiyasida 5 yoshli ishtirokchilarimiz ham bor. Ularning jajji qo’llari bilan yaratilgan ijodiy ishlarni ko’rib, hayratlanasan kishi.

Ta`kidlab o’tish joizki, “25” aksiyasi doirasida “Mustaqillik mening taqdirimda”, “Eng ulug’, eng aziz”, “Vatanimga dil izhori”   kabi tanlovlar o’tkaziladi. Har bir yo’nalish bo’yicha saytga joylangan rasm, video, slayd-shou va audiotabriklar Respublika ishchi guruhi tomonidan ko’rib chiqib saralanadi. Saralangan ijodiy ishlar maxsus to’plamlardan o’rin egallaydi.

Arofat JALILOVA,

“Jamiyat”ning jamoatchi muxbiri

Teglar:

Foydali havolalar