O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida barpo etilgan beshta 5 qavatli uy foydalanishga topshirildi.

Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Asakadagi «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati asoschisi Islom Karimovning yodgorlik majmuasi ochildi.

2018 yil 1 yanvardan UzCard banklararo to‘lov tizimi tomonidan «DUET» kartalar orqali pul o‘tkazmalari to‘xtatiladi.

1 dekabr. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori e`lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Ekologik ekspertiza

  • 1678
  • 1678
Jamiyat
Noyabr09/ 2016

 

tabiiy muhitga salbiy ta`sirlarning oldini olishga xizmat qiladi

Respublikamizda aholining barqaror o’sishi, qishloq xo’jaligi va sanoatning tez sur`atlarda rivojlanishi, avtotransport vositalari sonining ko’payishi atrof-muhitga o’z ta`sirini o’tkazmay qolmayapti. Mutaxassislarning xulosasiga ko’ra, inson salomatligiga ta`sir etuvchi omillarning 20-25 foizi bevosita atrof-muhitga bog’liq. Shu bois ekologik xavfsizlikni ta`minlovchi kompleks choralarni qabul qilish orqali atrof tabiiy muhitga ko’rsatilayotgan antropogen ta`sirni imkon qadar kamaytirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Xalqaro hamda mamlakatimiz tajribasi shuni ko’rsatdiki, turli loyihalarni amalga oshirishda har bir rejalashtirilayotgan faoliyatning   ekotizimlarga, texnosfera elementlari va inson salomatligiga salbiy ta`sirini oldindan ko’ra bilish muhim. Faoliyatni rejalashtirish jarayonida atrof-muhitga yetkazilishi mumkin bo’lgan zararning oldini olish, faoliyatni amalga oshirish jarayonida ularni aniqlab, bartaraf etishdan ancha osonroqdir. Shu bois ham ekologik ekspertiza atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanishni boshqarish sohasidagi davlat siyosatining muhim omilidir.

“Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida”, “Ekologik ekspertiza to’g’risida”gi qonunlarda davlat ekologik ekspertizasini o’tkazish majburiyligi, uning ob`ektlari belgilanib, ekologik ekspertizaning ijobiy xulosasisiz rejalashtirilayotgan loyihalarning amalga oshirilishi taqiqlangan.

Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi hamda tegishli vazirlik, idoralar hamkorligida joriy yilning 11 iyulidan respublika miqyosida salbiy ekologik oqibatlarning oldini olishda davlat ekologik ekspertizasining o’rni mavzusida davra suhbatlari tashkil etildi. Kuni kecha mazkur tadbirlarning eng so’nggisi Toshkent shahri va viloyatida o’tkazildi.

Mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, xo’jalik yurituvchi sub`ektlar, tadbirkorlar, Tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi mutaxassislari ishtirok etgan tadbirda tabiatni muhofaza qilish qonunchiligiga asosan mo’ljallanayotgan xo’jalik va boshqa turdagi faoliyatni amalga oshirishdan oldin bunday faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini aniqlash majburiyligi, davlat ekologik ekspertizasini o’tkazish tartib-qoidalari, uning ob`ektlari va turlari borasida so’z bordi.

Ta`kidlanganidek, xo’jalik sub`ektlari tomonidan ekologik zararning oldini olish yoki yumshatish, atrof-muhit va fuqarolar salomatligiga salbiy ta`sir yetkazmaslik, rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan faoliyatning ijtimoiy oqibati hamda ekologik tahlili har tomonlama ekologik baholashga bog’liq.

– Bunday yondashuvlar ham atrof-muhit va inson manfaatlari, ham korxona va boshqa xo’jalik yurituvchi sub`ektlar manfaatiga xizmat qiladi, – deydi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi “Boshdavekoekspertiza” boshqarmasining bo’lim boshlig’i Abduvohid Sharapov. – Har qanday ekologik asoslangan faoliyat sarf-xarajatlarning kamayishiga, masalan, ekologik oqibatlarni bartaraf etish yoki uni qoplashga sarflanadigan mablag’larga zarurat qolmasligiga erishishni ta`minlaydi. Shu o’rinda ta`kidlab o’tish kerakki, ekologik ekspertizaning asosiy tamoyillarini yanada takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu jihatdan ekspertiza natijalarining barcha fuqarolarga oshkoraligi, ekologik ekspertiza o’tkazishda keng jamoatchilik fikri inobatga olinishini ta`minlash lozimdir. Afsuski, ko’plab hollarda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasini olmagan ob`ektlar uchun ham yer maydoni tanlash va ajratish to’g’risida qarorlar qabul qilinmoqda. Davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasisiz yoki unga rioya qilmagan holda ob`ektlarni ro’yobga chiqarish hollariga chek qo’yish, atrof tabiiy muhit holatiga va aholi salomatligiga salbiy ta`sirlarni bartaraf qilish bugungi kun talabidir.

Tadbir davomida ishtirokchilarga ekologik ekspertizaning majburiyligi, tartib-qoidalari, uning ob`ekti va turlari borasida ma`lumotlar berildi.

Xayrullo ASTANAQULOV,

“Jamiyat” muxbiri

Foydali havolalar