O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida barpo etilgan beshta 5 qavatli uy foydalanishga topshirildi.

Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Asakadagi «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati asoschisi Islom Karimovning yodgorlik majmuasi ochildi.

2018 yil 1 yanvardan UzCard banklararo to‘lov tizimi tomonidan «DUET» kartalar orqali pul o‘tkazmalari to‘xtatiladi.

1 dekabr. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori e`lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Eng yaxshi ishchi kasb egalari kimlar?

Jamiyat
Noyabr09/ 2016

U qurilish ishlariga yangicha yondashuv bilan qarashni xohladi. Ayniqsa, qurilayotgan uylarning poydevorini yanada mustahkam qilish uchun qadimdan ota-bobolarimiz qanday usullarni qo’llab kelganini o’rganish maqsadida Shahrisabzdagi tarixiy obidalar, ularda qo’llangan materillar bilan yaqindan tanishdi, izlandi. Natija yomon bo’lmadi. Fuzor qurilish va kommunal xo’jaligi kasb-hunar kolleji o’quvchisi Muhammadamin Turdiyev taklif etgan qorishma tarkibi jihatidan eng pishiq deb topildi. Uning bu topilmasi Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan ishchi kasblarda mehnat qilayotgan yoshlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash maqsadida joriy yildan boshlab ilk marotaba o’tkazilgan “Eng yaxshi ishchi kasb egasi” tanlovida munosib taqdirlandi. “Qurilish-pardozlash ishlari ustasi” yo’nalishida Muhammadamin birinchi o’rinni qo’lga kiritdi.

 

Iqtidorli yosh mutaxassislarni aniqlash va qo’llab-quvvatlash, ularning kasb mahoratini oshirish maqsadida O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi tomonidan “Yosh ishchi kadrlarni tayyorlashga va ularning malakasini oshirishga ko’maklashish” loyihasi ilgari surilgan edi. Tashabbus Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo’llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan ijtimoiy buyurtma shaklida moliyalashtirildi. “Go’zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O’zbekistonim!” shiori ostida o’tkazilgan ko’rik-tanlovda korxona, tashkilot va muassasalarda mehnat qilayotgan 2,5 ming nafarga yaqin 25 yoshgacha bo’lgan yosh mutaxassis hamda kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari ishtirok etdi.

– Tanlov ishtirokchilarining bilim va mahorati 2 turda – nazariy, sohaga doir test savollari hamda kasbiy-amaliy topshiriqlar asosida sinovdan o’tkazildi, – deydi Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi raisi o’rinbosari To’lqin Teshaboyev. – Tanlovning yakuniy respublika bosqichi Toshkent shahri va Toshkent viloyatida o’tkazilib, unda hududiy bosqichlarda g’olib bo’lgan 84   nafar yoshlar ishtirok etdi. Har bir nominatsiya bo’yicha ishtirokchilar, avvalo, mehnat muhofazasi qoidalari bilan batafsil tanishtirildi. So’ngra sohaga oid test savollariga javob berdi va amaliyotda o’z mahoratini namoyish etdi.

“Payvandlash ishlari (mexanik) texnigi”, “Qishloq xo’jaligi mashina va jihozlariga xizmat ko’rsatish mexanigi”, “Qurilish-pardozlash ishlari ustasi”, “Umumqurilish ishlari ustasi”, “Tikuv va tikuv-buyumlari ishlab chiqarish texnik-texnologi”, “Oshpaz”, “Sartaroshlik va dekorativ kosmetika ustasi” nominatsiyalarida g’olib bo’lgan yoshlar uchun tanlov o’ziga xos mahorat maktabiga aylandi.

– Tanlov g’olibi bo’lganimdan benihoya xursandman, – deydi “Payvandlash ishlari (mexanik) texnigi” yo’nalishi bo’yicha 1-o’rin sohibi, “O’zbekiston Metallurgiya kombinati” AJ gaz-elektr payvandchisi Artyom Olxolikov. – Kelgusida bilim hamda ko’nikmalarimni yanada mustahkamlab, xalqaro darajada o’z kasbimni dunyoga tanitish niyatidaman.

Tashkilotchilarning aytishicha, shu kunlarda tanlov mamlakatimizda ommaviy tus olishi va uning xalqaro darajadagi musobaqalarda yurtimiz yoshlarining ishtirokini ta`minlash borasida ish olib borilmoqda.

Munisa ShODIEVA

Foydali havolalar