O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida barpo etilgan beshta 5 qavatli uy foydalanishga topshirildi.

Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Asakadagi «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati asoschisi Islom Karimovning yodgorlik majmuasi ochildi.

2018 yil 1 yanvardan UzCard banklararo to‘lov tizimi tomonidan «DUET» kartalar orqali pul o‘tkazmalari to‘xtatiladi.

1 dekabr. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori e`lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yosh kimyogarlarimizdan yana bir falaba

  • 1670
  • 1670
Jamiyat
Noyabr09/ 2016

 

Bugun yoshlarimiz xalqaro miqyosda o’tkazilayotgan turli nufuzli tanlovlar, festivallar, fan olimpiadalari, sport musobaqalarida munosib ishtirok etib, yuqori natijalarga erishayotgani biz aslida kimligimiz, qanday buyuk ajdodlarning vorislari ekanimizni dunyo ahliga yana bir bor isbotlamoqda.

 

Xususan, joriy yilda Tbilisi shahrida kimyo fani bo’yicha o’tkazilgan 48-Butunjahon olimpiadasida yoshlarimizning muvaffaqiyatli ishtiroki buning yorqin dalilidir.

Mazkur intellektual bellashuvda yetmishdan ortiq davlatdan uch yuzdan ortiq o’quvchi ishtirok etdi.

Olimpiadada yurtimiz nomidan qatnashgan Toshkent pediatriya tibbiyot instituti qoshidagi Yunusobod akademik litseyi o’quvchisi Sarvar Shoyunusov kumush, Samarqand davlat tibbiyot instituti qoshidagi 1-akademik litsey o’quvchisi Jahongir Faxriyev va Toshkent tibbiyot akademiyasi qoshidagi akademik litsey o’quvchisi Charos Omonova bronza medallarni qo’lga kiritdi. Eslatib o’tamiz, ular joriy yilning may oyida Rossiyada o’tkazilgan kimyo fani bo’yicha 50-xalqaro Mendeleev olimpiadasida ham sovrindorlar safidan joy olgan edi.

– Mustaqillik bergan imkoniyatlar sabab ana shunday muvaffaqiyatlarga erishyapmiz, – deydi Sarvar Shoyunusov. – Davlatimiz rahbarining biz kabi yosh avlod kamolotiga qaratayotgan yuksak e`tibori, ta`lim olish uchun yaratilgan qulay sharoit va imkoniyatlar ilm-fanga mehrimizni yanada oshirmoqda.

Darhaqiqat, Sarvar kabi iqtidorli o’quvchilar ta`lim olayotgan Toshkent pediatriya tibbiyot instituti qoshidagi Yunusobod akademik litseyi mustaqillik yillarida tubdan yangilandi. Akademik litseyda kamolga yetgan o’quvchilar kimyo fanidan turli musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, so’nggi yetti yilda beshta oltin, o’nta kumush va o’n oltita bronza medalga sazovor bo’ldi.

Arofat JALILOVA,

“Jamiyat”ning jamoatchi muxbiri

Teglar:

Foydali havolalar