O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida barpo etilgan beshta 5 qavatli uy foydalanishga topshirildi.

Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Asakadagi «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati asoschisi Islom Karimovning yodgorlik majmuasi ochildi.

2018 yil 1 yanvardan UzCard banklararo to‘lov tizimi tomonidan «DUET» kartalar orqali pul o‘tkazmalari to‘xtatiladi.

1 dekabr. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori e`lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Internetdagi muloQotlar kuzatiladimi?

  • 1685
  • 1685
Jamiyat
Noyabr12/ 2016

Istalgan odamning mobil yoki statsionar telefoni, internetdagi harakatlari maxsus xizmatlar orqali kuzatilmoqda, qabilidagi gap-so’zlar jahon ommaviy axborot vositalarida tez-tez tilga olinmoqda. Bundan maqsad odamlarning shaxsiy daxlsizligini ta`minlashdan iborat ekani aytilyapti. Ekspertlar insonning shaxsiy huquqlari birlamchi ekanini, biroq masalaning boshqa tomoniga ham e`tibor berish lozimligini ta`kidlamoqda.

 

Xususan, ayni paytda jinoyatchilar o’z yozishmalarini internetning maxsus imkoniyatlaridan foydalangan holda amalga oshirmoqda. Terrorchi to’dalar esa o’z tarafdorlarini internet orqali izlamoqda hamda bunga muvaffaq bo’lmoqda. Masalan, bugungi kunda terrorchilar safiga borib qo’shilayotganlarning aksariyati internet orqali yollangan. Shu bois bunday jinoyatchilarni fosh etish, ularning g’arazli niyatlari amalga oshishiga yo’l qo’ymaslik uchun maxsus xizmatlar tomonidan ish olib borilmoqda. Lekin jinoyatchilar bunday kuzatuvdan qochish uchun yangi-yangi vositalardan foydalanmoqda.

O’tgan asrda ko’pchilik o’zaro muloqot vositasi sifatida telefon, telegraf va pochtadan foydalangan. Ayrim mutaxassislarning fikricha, o’sha davrda ham huquq-tartibot idoralari tomonidan shubhali xatlar o’qilgan, telefon qo’ng’iroqlari tinglangan. Aksariyat kishilar bunga fuqarolar xavf­sizligi ta`minlanishi sifatida qaragan. Ayrim holatlarda huquq-tartibot idoralari kuzatuvlarni ruxsatsiz amalga oshirgan. Xakkerlarning ma`lum qilishicha, oddiy fuqarolarning muloqotlari ochiq kanaldan o’tadi, bu kanallar maxsus xizmatlar uchun ham ochiq hisoblanadi. Shuning uchun bu yerdagi kuzatuvlar oddiy insonlar uchun xavf tug’dirmaydi. Bu faqat terrorchilar, jinoyatchilar, ekstremist va qonunga zid axborot tarqatuvchilar uchun yo’naltirilgan.

Mutaxassislarning qayd etishicha, terrorchilarning masofadan turib muloqot qilishi natijasida sirlari fosh bo’lish ehtimoli katta. Ularning kanallariga yo’l topgan huquq posbonlari terrorchilarning mahalliy tarmog’ini aniqlashi, shu bilan birga, ularning rejalari, amalga oshiriladigan teraktlarni oldindan bilish imkonini beradi. Bu esa fuqarolar xavfsizligini ta`minlashda muhim ahamiyatga egadir. Ammo ayni paytda terrorchilar ishini oson qiladigan internet tarmoqlari ham yaratilmoqda.

Qolaversa, internet orqali ishlaydigan aksar messenjerlar huquq-tartibot idoralariga abonenti xususidagi ma`lumotlarni berishdan bosh tortmoqda. Buning natijasida ba`zi messenjerlar – Telegram, WhatsApp va Viber terrorchilarning yaqin hamkoriga aylanib bormoqda.

Germaniyaning Die Welt nash­ri yozishicha, terrorchilar o’z targ’ibotini hamda o’zaro yozishmalarini aynan Telegram kanali orqali amalga oshirgan. Faqatgina Parij teraktlaridan so’ng Telegram asoschisi terrorchilarning 660 kanaliga to’siq qo’yganini ma`lum qilgan edi. Ammo oradan ko’p o’tmay targ’ibot yana davom etavergan.

Bundan tashqari, AQSh Federal qidiruvlar byurosi San-bernardinolik terrorchi Said Farukning ayfonini ochish uchun xakerlarga 1,3 million dollardan ko’proq haq to’lagani hisoblab chiqildi. Londonda xavfsizlik bo’yicha anjumanda FQB direktori Jeyms Komi smartfonni ochish uchun anchagina mablag’ talab qilinganini aytgan edi. Eslatish joizki, FQB Apple kompaniyasi smartfonni ochib berishdan bosh tortgandan keyin, yordam so’rab xakkerlarga murojaat qilgandi.

Qayd etish o’rinliki, aksariyat kishilar virtual olamda anonim shaklda ro’yxatdan o’tgan. Bunday insonlar kim, ularning maqsad-muddaosi nima ekanini anglash qiyinlashib borayotir. Boz ustiga, ana shunday anonim foydalanuvchilar turli insonlarga xayriya mablag’larini yig’ayotganini ma`lum qilib, to’plangan mablag’larni o’zlashtirish holatlari ham kuzatilgan. Aslida esa bunday yordamga muhtoj inson real hayotda mavjud bo’lmagan. Shuning uchun mutaxassislar huquq-tartibot idoralarining internetdagi faolligini ijobiy baholamoqda.

Bundan tashqari, internetda birovlarning sha`nini oyoqosti qilish, u haqda noto’g’ri ma`lumot, shaxsiy xarakterga ega video, foto materiallarini tarqatish ham avj olib bormoqda. Ba`zi holatlarda bunday materiallarni tarqatayotganlar kimligi mavhumligicha qolmoqda. Shuningdek, anonim nom ostidagi foydalanuvchilar tomonidan haqoratli izohlar qoldirish xalqaro amaliyotda tez-tez kuzatiladigan holatdir. Shu kabi vaziyatlarda virtual huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarni topish va jazolash zarurligi aytilmoqda. Ana shunda virtual hayotda ham insonlarning o’zaro munosabatlarida o’zgarish bo’lar edi.

Albatta, internet imkoniyatidan to’g’ri foydalanish dolzarb vazifa bo’lib bormoqda. Shuning uchun ham dunyoning yirik kompaniyalari o’z xodimlari internetdan qanday foydalanayotgani monitoringini yo’lga qo’ygan. Boshqalari esa ayrim saytlarga maxsus dasturlar orqali taqiq qo’ygan. American Management Association ma`lumotlariga ko’ra, bunday nazorat tufayli ish unumdorligi oshgan. Demak, internet imkoniyatlaridan to’g’ri foydalanish insonni faqat taraqqiyotga yetaklaydi.

Rufat NE`MATOV

Teglar:

Foydali havolalar