(Кириллча) Ўзбекистон мева ва сабзавот экспортининг асосий улуши Қозоғистон ҳиссасига тўғри келди.

(Кириллча) Ўзбекистондан шу кунгача 778 миллион долларлик мева-сабзавот четга экспорт қилинди.

(Кириллча) Тошкент метрополитенининг устки қисмида хизмат олиб бораётган Ички ишлар ходимларининг назорат пости олиб ташланди. Бу ҳақда Ички ишлар вазирлиги матбуот хизмати хабар бермоқда.

(Кириллча) Ўзбекистонда ишлаб чиқариладиган пахта ёғи учун акциз солиғи ундирилмайди.

(Кириллча) Жорий йилнинг 24 ноябрь куни мамлакатимизда илк бор «DevFest» – Google Developers Group (GDG) дастурчилар халқаро фестивали бўлиб ўтади.

Istiqlolning azim daraxtlari

  • 1692
  • 1692
Jamiyat
Dekabr20/ 2016

Ayni kunlarda dunyo ahlining diqqat e`tibori Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida davom etayotgan XXXI yozgi Olimpiya o’yinlariga qaratilgan. Mazkur nufuzli musobaqada O’zbekiston sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

 

Aytish lozimki, sportchilarimiz yirik musobaqalar, chempionatlar, birinchiliklarda qatnashib, o’zining qanday xalq vakili ekanini, jismoniy hamda intellektual mahoratini namoyish qilmoqda. Bularning hammasi Vatanimiz shuhratini jahonga yoymoqda, O’zbekistonda qanday avlod voyaga yetayotganini amalda ko’rsatmoqda.

Yuksak e`tibor samarasi

 

Bu natijalar o’z-o’zidan bo’layotgani yo’q, albatta. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan dastlabki yillardan boshlab, sportga, ayniqsa, bolalar sportiga yuksak e`tibor qaratib kelinmoqda. 2002 yil oktyabrda Prezidentimiz farmoni bilan tashkil qilingan Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi sohani, shubhasiz, yangi bosqichga ko’tardi.

Bu yilgi yozgi Olimpiya va Paralimpiya o’yinlariga yuzdan ziyod, 2012 yil Londonda o’tgan olimpiya o’yinlariga nisbatan deyarli ikki barobar ko’p sportchimiz yo’llanma olgan. Ular bu bosqichga yetib kelishda belgilangan reja asosida bir necha bosqichli tayyorgarlik jarayonidan o’tdi. Prezidentimizning 2013 yil 25 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasi sportchilarining 2016 yil Rio-de-Janeyro (Braziliya) shahrida o’tkaziladigan XXXI yozgi Olimpiya va XV Paralimpiya o’yinlariga tayyorgarlik ko’rishi to’g’risida”gi qarori ushbu nufuzli musobaqaga tayyorgarlik ishlarini tizimli asosda tashkil etishda dasturilamal vazifasini bajardi. Poytaxtimizda Milliy olimpiya qo’mitasining yangi binosi foydalanishga topshirildi. Sportchilarimizni tibbiy-biologik xizmat va sport psixologiyasi bilan ta`minlash bo’yicha ixtisoslashtirilgan markaz tashkil etildi.

Rio Olimpiyasi oldidan butun o’zbek xalqi katta qiziqish va hayajon bilan vakillarimizning natijalarini taxmin qila boshladi. Ayrimlar bokschilarga ishonch bildirsa, kimdir og’ir atletikachilarga, yana ba`zilar taekvondo bo’yicha sportchini tilga oldi. Dunyoning eng ko’zga ko’ringan vakillari ishtirokidagi musobaqada bu kabi bashoratlar har doim ham o’zini oqlamasa-da, biroq bunday fikrlarning oldingi yillarga qaraganda anchayin ortgani kishini quvontiradi. Negaki, olimpiya o’yinlariga yo’llanma olgan sportchilarimizning aksariyati yirik-yirik muvaffaqiyatlari bilan xalqimizni mamnun etmoqdaki, bu ularga ishonch yanada ortishiga sabab bo’lmoqda.

 

Medallar shodasi

 

Olimpiya o’yinlarida bokschilarimizning ko’rsatayotgan yorqin janglari, dzyudochilarimizning shiddatli bahslari, og’ir atletikachilarning rekordi bugun yetti yoshdan yetmish yoshgacha – barcha yurtdoshlarimizning tilidan tushmayapti. Dzyudo bo’yicha vazni 60 kilogramgacha bo’lgan polvonlar bellashuvida Diyorbek O’rozboyev O’zbekiston sport delegatsiyasi hisobiga dastlabki medalni keltirdi.

Iqtidorli sportchimiz Avstraliya, Shveysariya, Braziliya va Gruziya terma jamoalari a`zolarini mag’lubiyatga uchratib, bronza medalga sazovor bo’ldi. Bu muvaffaqiyat qolgan sportchilarimizni yanada ruhlantirib, Vatan bayrog’ini baland ko’tarishga chog’ladi. Xususan, dzyudo bo’yicha 66 kilogramgacha polvonlar bellashuvida ikki karra jahon chempioni, Pekin va London Olimpiadalari sovrindori Rishod Sobirov O’zbekiston terma jamoasi hisobiga yana bir bronza medalni qo’shib qo’ydi. Shundan so’ng yunon-rum kurashi bo’yicha vazni 59 kilogramgacha bo’lgan polvonlar bellashuvida qatnashgan ikki karra jahon chempionati sovrindori, uch karra Osiyo chempioni Elmurod Tasmurodov saralash bahslarida serbiyalik Kristan Fris va KXDR vakili Von Chol Yunni, uchinchi o’rin uchun kechgan bellashuvda qirg’izistonlik Arsen Eraliyevni mag’lub etib, bronza medalga sazovor bo’ldi.

 

16 yilda qaytgan oltin

 

Ketma-ket keltirilgan medallar ayniqsa, bokschilarimizni yanada shiddatli janglarga chorladi. 14 avgust oqshomida millionlab yurtdoshlarimiz, sport ixlosmandlarining qalbi quvonchu shodlikka to’ldi. Shu kuni boks bo’yicha vazni 49 kilogrammgacha bo’lgan bokschilar bellashuvida o’zbek o’g’loni Hasanboy Do’stmatov oltin medalga sazovor bo’lib, tengsiz ekanini isbotladi. U butun dunyoga o’z salohiyatini, O’zbekiston yoshlari hech kimdan kam emasligi va hech qachon kam bo’lmasligini isbotladi. 2013 yil Qozon shahrida o’tgan Butunjahon Universiadasi g’olibi bo’lgan Hasanboy meksikalik Xoselito Velaskes, qozog’istonlik Birjan Jakipov, AQSh vakili Niko Migel Xernandesni mag’lubiyatga uchratib, finalda kolumbiyalik Yuberxen Martinesni yengdi. Folib sportchimiz sharafiga Vatanimiz bayrog’i ko’tarilib, davlatimiz madhiyasi yangradi. Bu g’alaba onlarini butun xalqimiz o’z g’alabasidek kutib oldi. Madhiyamiz sadolari yangraganda ko’ksi tog’dek ko’tarilib, ko’zidan yosh qalqdi. Bu mamlakatimiz istiqlolga erishganidan buyon Olimpiya o’yinlarida qo’lga kiritilgan yettinchi, boks bo’yicha 16 yil avval Sidney Olimpiadasida Muhammadqodir Abdullayev qo’lga kiritgan oltin medaldan keyin ikkinchisidir.

O’zbekiston sportining yangi sahifasi ochildi. Ayni vaqtda butun O’zbekiston ahliga cheksiz quvonchu hayajon tuhfa etgan Andijon farzandi to’rt yildan so’ng Tokio olimpiadasida ham Vatanimiz bayrog’ini baland ko’tarishga tayyor ekanini bildirdi.

– Jangda, avvalo, Vatanim, ota-onam va g’alabamga ko’z tikib turgan millionlab yurtdoshlarim ko’z oldimdan ketmadi, – deydi Hasanboy Do’stmatov. – Mazkur oltin medalni mustaqilligimizning 25 yillik to’yiga tuhfa qilaman.

 

Haqiqiy mo’`jiza,

haqiqiy jasorat

 

Hasanboy Do’stmatovning g’alabasidan keyin hali zafar quvonchi, hayajoni tark etmay, yana bir sportchimiz Ruslan Nuriddinov Olimpiada chempioniga aylanib, dillarni xushnud etdi. Nufuzli musobaqaning og’ir atletika bo’yicha vazni 105 kilogramgacha bo’lgan sportchilar o’rtasidagi bellashuvlarida ishtirok etgan og’ir atletika bo’yicha jahon va Osiyo chempioni, Butunjahon Universiadasi g’olibi Ruslan Nuriddinov O’zbekiston sport delegatsiyasi hisobiga yana bir oltin medalni keltirdi. Chempionlikka asosiy da`vogarlardan hisoblangan va o’z vazn toifasida dunyo atletlari o’rtasida yetakchilik qilayotgan Ruslan shtangani dast ko’tarishda 194, siltab ko’tarishda 237, ikkikurash natijasiga ko’ra 431 kilogramm natijani qayd etib, Olimpiya o’yinlari g’olibi bo’ldi. Uning siltab ko’tarish bo’yicha ko’rsatgan natijasi Olimpiadaning rekordini yangiladi.

Folib sportchimiz sharafiga Vatanimiz bayrog’i ko’tarilib, davlatimiz madhiyasi yangradi.   Shohsupada madhiya sadolari ostida Ruslanning quvonch ko’z yoshlariga butun o’zbek xalqining ham ko’zidan sizgan yosh hamohang bo’ldi. U barchani yig’latdi. Quvonchdan, zafardan, o’zbek sportchilari yuksak marralarga erishishga qodir ekanini amalda isbotlab yig’latdi. U o’z g’alabasini 32 millionlik o’zbek xalqiga bag’ishladi.

Andijon viloyatining Xonobod shahrida tug’ilgan polvonning irodasidan, matonatidan Xalqaro og’ir atletika federatsiyasi Prezidenti Tomash Ayan ham hayratga tushganini yashira olmadi. U Ruslan Nuriddinovning natijasini haqiqiy mo’`jizaga qiyosladi. E`tiborlisi, Ruslanning chiqishini nafaqat bizning delegatsiyamiz, balki sport koshonasiga yig’ilgan mezbonlar, dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan sportchilar, ularning muxlislari birdek olqishlab turdi. Bunday baxt hamma sportchiga ham nasib etavermaydi. Axir u London Olimpiadasidan keyin ikki bor jarrohlik amaliyotini o’tkazgan. Shunday vaziyatda yana sportga qaytgan, Olimpiada yo’llanmasini qo’lga kiritish, oltin medal naqd bo’lib turgan bir vaqtda yana bir urinishdan foydalanib, rekordni yangilash…

Bu haqiqiy mo’`jiza, bu haqiqiy jasorat…

 

Dunyo ahlini hayratga

solgan o’zbek o’g’loni

 

Rio Olimpiadasida ishtirok etayotgan bokschilarimiz bizni xursand qilishda davom etmoqda. 56 kilogramm vaznda jahon vitse-chempioni Murodjon Ahmadaliyev yarim finalga yo’l oldi. Bokschimizga argentinalik raqibini mag’lubiyatga uchratishi uchun 2 daqiqayu 32 soniya kifoya bo’ldi. Yarim final bahsida u kubalik sportchiga qarshi ringga ko’tarildi. Ushbu jangda bokschimiz mag’lubiyatga uchragan bo’lsa-da, beshinchi bronza medalini terma jamoamiz hisobiga yozib qo’ydi. Yana bir bokschimiz Shahobiddin Zoirov esa 52 kilogramm vazn toifasida musobaqaning chorak finalida ozarbayjonlik bokschi Alvin Mamishzodaga qarshi uchrashuvda 3:0 hisobidagi ishonchli g’alabaga erishib, bronza medalni naqd qilib qo’ydi. Zoirov yarim finalda venesuelalik bokschi Yol Fyonol bilan jang qiladi.

69 kilogrammgacha bo’lgan sportchilar bahsida qatnashgan tajribali bokschimiz Shahram Fiyosov terma jamoa hisobiga ilk kumush medalni taqdim etdi. U ispaniyalik Youba Ndyaye Sissoko, litvalik Eymantas Stanionis, chorak finalda London Olimpiadasi g’olibi, kubalik Roniyel Iglesias, yarim finalda amaldagi jahon chempioni marokashlik Muhammad Rabiini yengib, Olimpiya o’yinlarining kumush medaliga sazovor bo’ldi.

To’g’ri Shahram Fiyosovga oltin yarashar edi. Biz undan faqat oltin kutgan edik. Ammo Olimpiadada bu natijaga erishish ham oson emas. Buni sport ixlosmandlari yaxshi biladi.

Kecha esa boks musobaqalarining 75 kilogramm vazn toifasidagi yarim final jangida hamyurtimiz Bektemir Meliqo’ziyev meksikalik Uziyel Rodrigesga qarshi ringga ko’tarildi. Sportchimiz raqibini katta ustunlik bilan mag’lub etib, finalga yo’l oldi va kumush medalni naqd qilib qo’ydi. Endi u Olimpiada chempionligi uchun kubalik bokschiga qarshi jang qiladi. Ertaga bo’ladigan mazkur bahsda hamyurtimizga omad tilab, yurtimiz bayrog’ini baland ko’tarishiga umid qilib qolamiz.

Shu o’rinda eslatib, o’tish joizki, bugun taekvondochilarimiz ham o’z chiqishlarini boshlaydi. 80 kilogramm vaznda Nikita Rafalovich va Olimpiadaning eng yosh qiz sportchisi Nigora Tursunqulova bahsga kirishsa, ertaga o’z vazn toifasida dunyoning birinchi raqamli taekvondochisi hisoblangan Dmitriy Shokin imkoniyatini sinab ko’radi.

Ayni paytga kelib, O’zbekiston delegatsiyasi Olimpiya o’yinlarida ishtirok etayotgan 207 ta davlat orasida 26 o’ringa ko’tarilib oldi. Bokschilarimiz esa umumjamoa hisobida yetakchilik qilmoqda.

Terma jamoamiz delegatsiyasining zafarlari mustaqilligimizning 25 yillik shodiyonasiga munosib sovg’a bo’lmoqda. Ammo bu hali hammasi emas. Rioda hali o’zbekistonlik sportchilar yana ko’plab medallarni qo’lga kiritishiga barchamiz ishonamiz!

Zero, davlatimiz rahbari aytganidek, “Biz ekkan istiqlol nihollari bugun azim daraxtlarga aylandi. Ular ko’zni quvontirib mana shunday ajoyib hosil bera boshladi. Bularning tolei, baxti-iqboli hali oldinda. Ona O’zbekistonimiz kabi farzandlarimizning ham kelajagi buyukdir”.

Xayrullo ASTANAQULOV,

“Jamiyat” muxbiri

Teglar:

Foydali havolalar