(Кириллча) Ўзбекистон мева ва сабзавот экспортининг асосий улуши Қозоғистон ҳиссасига тўғри келди.

(Кириллча) Ўзбекистондан шу кунгача 778 миллион долларлик мева-сабзавот четга экспорт қилинди.

(Кириллча) Тошкент метрополитенининг устки қисмида хизмат олиб бораётган Ички ишлар ходимларининг назорат пости олиб ташланди. Бу ҳақда Ички ишлар вазирлиги матбуот хизмати хабар бермоқда.

(Кириллча) Ўзбекистонда ишлаб чиқариладиган пахта ёғи учун акциз солиғи ундирилмайди.

(Кириллча) Жорий йилнинг 24 ноябрь куни мамлакатимизда илк бор «DevFest» – Google Developers Group (GDG) дастурчилар халқаро фестивали бўлиб ўтади.

Orzu-havasning ham o’lchovi bormi?

  • 1699
  • 1699
Jamiyat
Dekabr20/ 2016

Tasodifiy suhbatdan:

– Shu desangiz, quda, ortiqcha dabdaba qilib qimmatbaho mebel olishizga hojat yo’q. Shundog’am uyimizda hamma narsa yetarli, sizlar ham olib kelsangiz, joy bo’lmay qoladimi, deb qo’rqaman.

– Voy, nimalar deyapsiz. Yakkayu yagona qizimiz bo’lsa, mebelsiz uzatamizmi? Bizdayam orzu-havas bor. Hammaga o’xshab, uyingizni eng so’nggi zamonaviy garnitur va jihozlar bilan bezatmoqchimiz. Bo’lmasa, odamlar gap-so’z qiladi-ya…

Yana bir suhbatdan:

–            Nima, qudamning orzu-havasi yo’q ekanmi? Ikkita uyni bo’shatib qo’ydim. Marhamat, to’ldirsin. Axir, qizi uchun qiladi, qilsa…

 

Ha, bugun bunaqa suhbatlar tez-tez quloqqa chalinyapti. Aynan mana shunday “orzu-havas” ortidan hali qurilmagan oilalar buzilib, endi bunyod etilayotgan qo’rg’onga darz ketmoqda.

Aslida, inson dunyoga kelibdiki, katta-kichik orzu-havaslar og’ushida yashaydi. Orzu qilishdan to’xtagan odam rivojlanishdan ham to’xtaydi, ta`bir joiz bo’lsa, hayotida ma`no ham, mazmun ham qolmaydi. Hali bu dunyoda hech kim orzularimga to’la yetishdim, mening hayotdan hech qanday havasim qolmadi, demagan. Hammaning ko’nglida har kuni yangi-yangi niyatlar, olam-olam istaklar tug’ilaveradi. Yaxshi kiyingisi, mashina olgisi, eng zamonaviy uy qurgisi, boy-badavlat, obro’-e`tiborli bo’lgisi kelaveradi. Shularga erishish yo’lida tinimsiz harakat qilaveradi. Bu bir tomondan yaxshi: rivojlanish, taraqqiyotga eltadi, intilish va izlanishga undaydi. Shu bilan bira, hayot uchun, farovon yashash uchun kurashga chog’laydi. Ammo…

Bugun ko’pchilik orzu-havasga berilib, me`yorni unutib qo’yayotganini sezmay qolmoqda. Har qanday me`yor buzilishi esa oxir-oqibat inqirozga olib keladi. Shu kunlarda me`yorni buzib, kim o’zarga uy qurayotganlar, dang’illama to’y qilaman deb qarzga botib qolayotganlar, hali kollejni ham tamomlamagan farzandiga yangi mashina, eng so’nggi rusumdagi telefon olib berib, tarbiyasi haqida o’ylamayotganlar, oddiy ma`rakani ham katta bazmbozlikka aylantirib yuborayotganlar, allambalo kiyimlar kiyib, o’zini ko’z-ko’z qilayotganlarning ko’pchiligi oxir-oqibat afsus-nadomatda qolishi tayin. Binobarin, hadislarda ham hamma narsada me`yor va tejamkorlikni saqlash buyurilgani aytiladi. “Yenglar, ichinglar, sadaqa qilinglar, ammo isrofgarchilik va faxrga o’tmanglar”, “Kim hayotda tejamkor bo’lsa, zinhor qashshoqlikka tushmaydi”, deyiladi.

Mazkur mavzu yuzasidan sizda ham fikr-mulohazalar tug’ilgan bo’lsa, tahririyatimizga yo’llang. Shuningdek, gazetamizning navbatdagi sonlarida qanday mavzularni muhokama qilishni istaysiz? Bu haqida ham fikr-mulohazalaringizni kutamiz.

Bekzod IBRAGIMOV,

“Jamiyat” muxbiri

Teglar:

Foydali havolalar