(Кириллча) Ўзбекистон мева ва сабзавот экспортининг асосий улуши Қозоғистон ҳиссасига тўғри келди.

(Кириллча) Ўзбекистондан шу кунгача 778 миллион долларлик мева-сабзавот четга экспорт қилинди.

(Кириллча) Тошкент метрополитенининг устки қисмида хизмат олиб бораётган Ички ишлар ходимларининг назорат пости олиб ташланди. Бу ҳақда Ички ишлар вазирлиги матбуот хизмати хабар бермоқда.

(Кириллча) Ўзбекистонда ишлаб чиқариладиган пахта ёғи учун акциз солиғи ундирилмайди.

(Кириллча) Жорий йилнинг 24 ноябрь куни мамлакатимизда илк бор «DevFest» – Google Developers Group (GDG) дастурчилар халқаро фестивали бўлиб ўтади.

«Navoiy viloyatida ozod O’zbekistonning ­kelajagi yo’lida butun kuch-g‘ayratini baxsh ­etishga tayyor insonlar yashaydi»

  • 1717
  • 1717
Jamiyat
Dekabr09/ 2016

25 yil. Tarix oldida qisqa fursat. Biroq biz uchun bu chorak asrning asrlarga teng, zalvori bor. Negaki, jonajon xalqimiz o’tgan yillar mobaynida ko’plab yutuqlarni qo’lga kiritdi. Mamlakatimiz jahon sahnida o’z nomi va o’z o’rniga ega bo’lib, iqtisodiyoti tez sur`atlarda o’sib borayotgan davlatga aylandi. Buni har birimizning hayotimizda kechayotgan o’zgarishlar misolida ko’rish mumkin.

O’zbekiston taraqqiyoti, gullab-yashnashi, sanoati rivoj topib borishida Navoiy viloyatining o’rni, navoiyliklarning mehnati, ulushi aslo kam emas. Mus­taqillik tufayli Navoiy viloyati ham tobora chiroy ochib, odamlari tinch va farovon hayot kechirayotgan, yoshlari ilmda ham, ishda ham o’zgalarning havasini tortayotgan yurtga aylanmoqda.

 

Istiqlol qanday

yashashni o’rgatdi

– Mustaqillik o’zbek xalqi uchun o’zlikni anglash, milliy davlatchiligimizni tiklash, urf-odat va an`analarimizni, insoniy haq-huquqlarimizni, buyuk ajdodlarimizning tabarruk nomlarini ulug’lash, sog’­lom va barkamol avlodni voya­ga yetkazish kabi cheksiz imkoniyatlar, shart-sharoitlarni tuhfa etdi, – deydi «Nuroniy» jam­g’armasi Navoiy viloyat kengashi raisi Jalil Norov. –   O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning shijoati mamlakatimiz qiyofasini butkul o’zgartirib, O’zbekistonimiz jahonga yuz tutishiga olib keldi. Ulkan qurilishlar tufayli shaharu qishloqlarimizning qiyofasi tubdan yangilandi.

Shu o’rinda Navoiy viloyatidagi tarixiy o’zgarishlar, obodligu ko’rkamlik haqida so’zlamay ilojimiz yo’q. Bugungi Navoiy 25 yil avvalgi viloyat emas. Istiqlol epkinidan to’yib nafas olgan navoiyliklarning dunyoqarashi butunlay o’zgardi.

Haqiqatdan ham, mustaqillik Navoiy viloyati tarixida ham yangi davrni ochib berdi. O’tgan har bir yil vohaning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida ulkan o’zgarishlar, rivojlanish va taraqqiyot sari qo’yilgan qadam bo’ldi. Barcha sohalarda yutuqlarning qo’lga kiritilgani aholining turmush farovonligiga zamin yaratdi.

Istiqlol yillarida nafaqat viloyatning markazi, balki barcha shaharu qishloqlari, har bir mahalla, xonadon, hatto har bir ko’ngilda obodlik va bunyodkorlik, shukronalik tuyg’ulari avj oldi. Namunali loyihadagi uy-joylar, eng olis va chekka hududlardagi sport inshootlari, tibbiyot va madaniyat ob`ektlarini ko’rib, har kuni bir o’zgarish, har kunida bir obodlik bor o’zbekning, deysan.

Viloyat tarkibidagi 8 ta tuman hamda 2 ta shahar qiyofasi tubdan o’zgarib, har tomonlama rivojlanib, obod hududga aylanib bormoqda.

– Viloyatda so’nggi o’n yilda yuksak arxitektura namunalari asosida 350 ga yaqin ijtimoiy soha ob`ekti, xususan, 140 maktab rekonstruksiya qilindi, – deydi viloyat Arxitektura va qurilish bosh bosh­qarmasi boshlig’i Kamoliddin Eshdavlatov. – 16 maktab, 70 bolalar sporti ob`ekti, 12 musiqa va san`at maktabi yangidan barpo etildi, 40 dan ortiq ko’p qavatli aholi turarjoy binosi qad rost­ladi. 79 ta sog’­liqni saqlash muassasasida qurilish-ta`mirlash ishlari bajarilgan bo’lsa, 12 tibbiyot muassasasi yangidan barpo etildi. 148 qishloq vrachlik punkti aholi salomatligini mus­tahkamlashga xizmat qilmoqda.

Navoiy shahridagi bir paytlar toshloq yerdan iborat bo’lgan joyda bugun «Umid» qo’rg’oni qad rostladi. 10 ming o’rinli stadion, 10 dan ortiq sport va bosh­qa inshootlarning qurilishi viloyatda sportga bo’lgan e`tiborning oshishiga, yosh avlod har tomonlama sog’lom voyaga yetishida yetakchi omil bo’ldi.

Bun­dan tashqari, qariyb 60 mil­liard so’m mablag’ evaziga umumiy maydoni 19 gektarni tashkil etadi­gan Navoiy davlat konchilik ins­titutining 2 ming o’rinli yangi binosi qu­rilib, foydalanishga top­shirilgani davlatimiz tomo­nidan yosh avlod ta`lim-tarbiyasiga qa­ratilayotgan yuksak e`tiborning ama­liy ifodasi bo’ldi.

Guzarga bir hafta chiqmasang, qishloqni taniyolmay qolasan

Albatta, kundan-kunga bo’layotgan o’zgarishlar, yangilanishlar Navoiy viloyati aholisining ertangi kunga ishonchi, hayotidan mamnunlik hissi yanada ortishiga sabab bo’layotir. Bir oy avval yurilgan ko’chayu xiyobonlar bugun tamoman yangi qiyofa kasb etmoqda.

Ayniqsa, qisqa vaqt ichida qurilgan keng va ravon Tarobiy ko’chasi viloyatga sal oldin kelgan mehmonni hayratga solishi turgan gap. Bundan besh yil avval bu ko’chada viloyat teleradiokompaniyasi va birgina kollej binosi bo’lsa, bugunga kelib, ko’p qavatli uylar, bank va ser­vis xizmatlari ko’rsatish muassasalari, yosh­lar­ning dam olishi uchun so’lim maskan­lar barpo etildi. Na­voiy ko’chasi esa atrofi gulu gul­zorga, chamanzorga burkangan ravon yo’lga aylandi. Ko’chaga tutashib ketgan Alisher Na­voiy nomli bog’ kattayu kichikning sevimli maskanidir.

– Uchta davrni ko’rdim, – deydi nurotalik, 104 yoshli Xuroy momo Ergasheva, – Biroq bunaqasi bo’lmagan, bu kunlar yetti uxlab tushimizga kirmagan. Tevarak atrofni qarang, hamma yoqda o’zgarish, qurilish, tadbirkorlik, taraqqiyot. Viloyat, tuman, shahar markazini qo’yaturing, o’zimizning qishloq guzariga bir hafta chiqmasang, boshqa go’shaga borib qolganday esankirab qolasan. Buni qishloq deb bo’lmaydi, naq shaharning o’zginasiya! Bu ketishda qariya­larning hajga bormagani, yoshlarning olimu, chempion bo’lmagani qolmaydi. Mus­taqillik bayrami arafasida «Shuhrat» medali bilan taqdirlanganim, umrimga umr, tanimga quvvat, ruhimga tetiklik qo’shdi.

Ha, bugun Xuroy momo singari piru badavlat onaxonu otaxonlarimiz bilan dildan suhbatlashsangiz, o’zligimiz, insoniy qadr-qimmatimizni anglash, urf-odat, an`analarimizni ulug’lash, sog’­lom va barkamol yangi avlodni tarbiyalash bo’yicha avvallari tasavvur ham etib bo’lmaydigan qanday ulkan imkoniyatlar eshigi ochilganini yana bir bor yurakdan chuqur his etasiz.

Imkoniyat

va imtiyozlar

chegara bilmaydi

Aytish lozimki, mustaqillik yillarida mamlakatimizda navqiron avlod vakillarini har tomonlama yetuk inson etib tarbiyalashga alohida e`tibor qaratib kelinayotir. Yurtimiz yoshlarining bilim olishi, kasb-hunar egallashi uchun barcha imkoniyat muhayyo. Bunga javoban yurtimiz yoshlari nufuzli xalqaro fan olimpiadalari va sport musobaqalarida muvaffaqiyatli ishtirok etyapti. Bu borada navoiylik yoshlar ham hech kimdan kam emasligini, iqtidori va salohiyatini namoyon etayotir.

So’nggi yillarda Navoiy shah­rida qad rost­la­gan 10 ming o’rinli «Yoshlar» sport maj­muasi, Navbahor tumanidagi yopiq su­zish havzasi, Qiziltepa, Nurota va Navbahor tumanlari markazlari­dagi muhtasham stadionlar, zamona­viy gimnastika zallari hamda ko’p­lab boshqa sport inshootlari yosh­larimiz qo’lga kiritayotgan muvaf­faqiyatlarga qanot bo’lmoqda. Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o’tkazilgan XXXI yozgi Olimpiada o’yinlarida vi­loyatning umidli sportchi­lari­dan biri Ixtiyor Navro’zov erkin kurash bo’yicha O’zbekis­ton hisobiga bronza medalni taqdim etdi.

Albatta, bugun yoshlar uchun yaratilgan imko­niyat va imtiyozlarning chegarasi yo’q. Ayniqsa, yosh oilalarni qo’llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar tahsinga loyiq. Viloyatda shu kunga qadar 280 oilaga mo’ljallangan 6 ta «Kamolot» uyi foydalanishga topshirildi.

— Keksayu yosh birday e`tibor va e`zozda bo’lgan shunday Vatan farzandi ekanimdan faxrlanaman, – deydi «Kamolot» uyi sohibi, «Navoiy yoshlari» gazetasi muharriri Sanjar Qurbonov. – Bugun biz oilamiz bilan orzuimizdagi zamonaviy uyda istiqomat qilyapmiz. Xonalar keng va yorug’, shinam, eng muhimi, sifatli qurilgan. Bu yerda yosh oila farzandlari bilan baxtiyor yashashi uchun nimaiki zarur bo’lsa, barchasi mavjud.

Sahro javohiri

— Navoiy viloyati o’zining ishlab chiqarish salohiyati bilan alohida ajralib turadi. Uni tom ma`noda sahro javohiri deb atash mumkin. Mustaqillikning dast­labki yillarida viloyatda 110 dan ortiq sanoat korxonasi faoliyat yuritgan bo’lsa, 2015 yilda ular soni 1479 taga yetdi. Viloyat sanoat korxonalari tomonidan 300 dan ortiq mahsulot ishlab chiqarilayotgan bo’lsa, ularning 130 dan ziyodini tayyor mahsulotlar tashkil etadi. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi mustaqillikning dastlabki yillarida 210,8 milliard so’mni tashkil etgan bo’lsa, 2016 yilning birinchi choragida 2 407,1 milliard so’mga yetib, kichik biznesning sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi ulushi 2,9 foizdan 14,8 foizga o’sdi.

Viloyatning yirik sanoat korxonasi – Navoiy kon-me­tallurgiya kombinati nafaqat mamlaka­ti­mizda, balki dunyoda oltin, uran, fos­­forit singari noyob mahsulot va xom­­ashyo­ ishlab chiqarishda yetakchi­lar­­dan biri hisoblanadi. Ayni paytda kombinatda qiymati 963,8 million dollarga teng 20 ta yirik loyiha amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, hududdagi yana bir yirik korxona – «Navoiyazot» aksiyadorlik jamiyati negizida qiymati 1,7 mil­­­liard dollarlik 3 ta in­ves­titsiya lo­yihasi ustida ish olib borilmoqda.

Ulkan energiya manbai – «Navoiy is­siq­­lik elektr stansiyasi» aksiyadorlik jamiyatining ham iq­tisodiyotdagi o’rni va aha­miyati beqiyos. Oldin umumiy quv­vati 1250 MVt bo’lgan korxonada mo­der­niza­siya ishlari amalga oshi­ri­lishi na­ti­jasida ayni paytda uning quvvati 1618 MVtni tashkil etdi. so’ng­gi 2 yilda 700 million kubo­metr­­­­dan ortiq tabiiy gaz iq­tisod qilindi. Bundan tash­qari, korxonada qiymati 547,2 million dollarlik quv­vati 450 MVt bo’lgan ikkinchi bug’-gaz qurilmasini qurish bo’yicha ish­lar jadallik bilan olib boril­moq­­da. Kelgusida yana bir 450 MVt quvvatga ega uchinchi bug’-gaz qurilmasini ishga tushirish bo­rasida ham ishlar boshlab yubo­rilgan. Mazkur quvvatlarning ish­ga tushirilishi O’zbekiston energiya salohiyatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Viloyat sanoati tarkibida qurilish ma­teriallari sohasi ishlab chi­qarish hajmi bo’yicha ikkinchi o’rin­ni egallaydi. Uning asosini «Qi­zil­­qumsement» aksiyadorlik jamiyati tashkil etib, korxona tomonidan yi­­liga 3,4 million tonnadan ortiq se­ment ishlab chiqarilmoqda. Mus­taqillik yillarida mazkur kor­­­xonada o’tga chidamli mate­rial­­­­lar, shifer, sement qadoqlash uchun maxsus polipropilen va po­li­etilen qoplar, ohak, turli beton pli­­­talari hamda devorbop bloklar ishlab chiqarish sama­ra­li yo’lga qo’yildi.

O’zbekiston respublikasi Prezidentining 2008 yil 2 dekabrdagi «Navoiy viloyatida er­kin industrial-iqtisodiy zona tash­kil etish to’g’risida»gi farmo­ni­ga asosan Karmana tumani hudu­di­da «Navoiy» er­kin in­dustrial-iqtisodiy zonasi tashkil etildi.

— Qulay investitsiyaviy muhit xorijiy investitsiya­lar jalb etilishiga xizmat qilmoqda. Bugungi kunda ushbu hududda 19 ta korxona faoliyat ko’rsatmoqda. Ular tomonidan 100 turdan ortiq mahsu­lot ishlab chiqarilmoqda. «Navoiy» erkin industrial-iqtisodiy zonasi tashkil etilganidan buyon jami 122 million dollar miqdorida investitsiya jalb etilgan bo’lsa, ularning 35 foizga yaqini to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiya­lar hisoblanadi. 2015 yil yakunlariga ko’ra, 184,4 milliard so’mlik mahsulot ishlab chiqarildi va 5,1 million dollarlik mahsulot eksport qilindi. Bu esa 2014 yilning mos davriga nisbatan eksport hajmi 3 barobar ortganini ko’rsatadi. 2015-2016 yil­lar­­da iqtisodiy zonada yana 5 ta lo­yi­ha­ni amalga tatbiq etish bo’yicha ti­zim­li ishlar olib borilyapti.

Havo ko’prigi dunyo

davlatlarini

Chorlaydi

— Mamlakat qudratini xalqaro miqyosdagi tranzit qatnovlarni amalga oshirish imkoniga ega aeroportlari ham belgilaydi. Shu ma`noda, «Navoiy» xalqaro aeroportini yanada rivojlantirish hisobiga Yevropa va Osiyo davlatlari o’rtasidagi yo’nalishlarda katta hajmdagi yuk va yo’lovchi tranzit reyslari qabul qilish imkonini beradigan xalqaro logistika markazi tashkil etilgani «Navoiy» erkin industrial-iqtisodiy zonasining rivojida muhim o’rin tutmoqda.

«Navoiy» xalqaro aeroporti or­qali Germaniya, Ita­liya, Is­paniya, Fransiya, Shveysariya, Belgiya, Avstriya, Rossiya, Xitoy, Ja­nubiy Koreya, Bangladesh, Hindiston, BAA, Turkiya, Vyetnam, Qirg’iziston va bosh­qa davlatlarga yuk tashilayotgani nafaqat vi­loya­t­ning, balki respublikamiz­ning sanoat salohiyatini, ishlab chi­qarish, transport-tranzit va ijtimoiy ­in­fratuzilmasini rivojlantirish­da, qo’shimcha minglab ish o’rin­la­ri yaratish, xalq fa­ro­von­ligini yuksaltirishda mu­him omil bo’lmoqda.

– Bugun dunyoning ba`zi joy­larida qirg’in­-barot urushlar, qurolli to’qnashuvlar bo’lib, ming-ming­lab, hatto million­lab odamlar sarson-sargardon­lik­da kun kechirmoqda, – deydi «Mahalla» xayriya jamoat fondi viloyat bo’limi raisi Normurod Isoqov. – Shukr­ki, yurti­mizda tinchlik va osoyish­talik. Har bir kunimiz yangi-yangi yutuqlarni olib kelayapti. Mustaqillik – bu ulug’ ne`mat. U bizga o’z taqdirimizni o’zimiz belgilash huquqini berdi, respublikada adolatli, demokratik, insonparvar jamiyat qurish, milliy davlatchilikni rivojlantirishga sharoit yaratdi. O’zbekiston xalqaro miqyosda o’zini tanitish, barcha davlatlar bilan teng hamkorlik qilish imkoniyatini qo’lga kiritdi, bozor iqtisodiyotiga o’tish uchun qulay muhit shakllanib, mulk­ka munosabat o’zgardi, xalqning ma`naviy uyg’onishi uchun to’la imkoniyat yaratildi. Yurt tarixi, qadriyatlarimiz tiklandi.

Bugun to’qsondan ortiq millat va elat vakillari tinch-totuv, o’zaro hamjihatlikda istiqomat qilayotgan – Navoiy viloyati iqtisodiyoti barqaror rivojlanmoqda, ijtimoiy hayot yanada yaxshilanmoqda. O’tayotgan har bir yil, har bir kun viloyat aholisi uchun taraqqiyot hamda yangilanishlarga eltmoqda. Eng asosiysi, ularning ertangi kundan umidlari katta, ishonchi mustahkam. Bu ishonch esa yangidan-yangi bunyodkorliklar sari chorlashi shub­hasiz. Zero, O’zbekiston Respublikasining Birinchi ­Prezidenti Islom Karimov­ ta`kidlaganidek, «Navoiy viloyatida tili, dini, millatidan qat`i nazar – ozod O’zbekistonning kelajagi yo’lida butun kuch-g’ayratini baxsh etishga tayyor insonlar yashaydi».

 

Xayrullo ASTANAQULOV,

 «Jamiyat» muxbiri

Teglar:

Foydali havolalar