(Кириллча) Ўзбекистон мева ва сабзавот экспортининг асосий улуши Қозоғистон ҳиссасига тўғри келди.

(Кириллча) Ўзбекистондан шу кунгача 778 миллион долларлик мева-сабзавот четга экспорт қилинди.

(Кириллча) Тошкент метрополитенининг устки қисмида хизмат олиб бораётган Ички ишлар ходимларининг назорат пости олиб ташланди. Бу ҳақда Ички ишлар вазирлиги матбуот хизмати хабар бермоқда.

(Кириллча) Ўзбекистонда ишлаб чиқариладиган пахта ёғи учун акциз солиғи ундирилмайди.

(Кириллча) Жорий йилнинг 24 ноябрь куни мамлакатимизда илк бор «DevFest» – Google Developers Group (GDG) дастурчилар халқаро фестивали бўлиб ўтади.

«Yumshoq kuch» strategiyasi

  • 1713
  • 1713
Jamiyat
Dekabr09/ 2016

 

Zamonaviy dunyoda davlatlararo munosabatlarda kuch turli shakllarda namoyon bo’ladi. O’tgan davrda siyosatchilar kuchga ta`rif berganda asosan davlatlarning harbiy-iqtisodiy qudratiga e`tibor qaratgan. Biroq 1980 yillarga kelib xalqaro munosabatlarda yangi «kuch» ham paydo bo’la boshladi.

 

Garvard universiteti professori Jozef Nayning ta`kidlashicha, bu boshqa davlatlarda o’z madaniyatini targ’ib etish, o’zaro madaniy aloqalarni rivojlantirish, tadbirlar, konferensiyalar, ko’rgazmalar tashkil etish, xorij mamlakatlarida milliy tilini yoyishga e`tibor qaratish bilan bog’liq jarayondir. «Yumshoq kuch» majburlash, zo’ravonlik, tazyiq o’tkazishni inkor etadi. Shuning uchun ham uning ta`siri keng, talofati qanday bo’lishini esa hech kim aniq aytib berolmaydi. U turli ko’ngil­ochar dasturlar, multfilm va kinofilmlar orqali odamlar ongiga singdiriladi. Agar «yumshoq kuch»ning ta`siri kuchli bo’lsa, mamlakat o’z maqsadiga hech qanday qiyinchilik va qarshiliksiz erishadi.

Ekspertlar «yumshoq kuch» mohiyatini AQSh, Yevropa, Yaponiya, Rossiya, Xitoy kabi mamlakatlar, ular foydalanayotgan strategiyalar misolida o’rganmoqda. AQSh strategiyasi uning madaniyati, turmushi jozibador ekanini yanada bo’rttirib ko’rsatishga asoslangan. Tahlillar bu o’z samarasini berayotganini ko’rsatmoqda. Xususan, jamoatchilik fikrini o’rganish natijalariga ko’ra, 43 mamlakat ishtirokchilarining 80 foizi AQSh   ilm-fan, zamonaviy texnologiyalar borasida qo’lga kiritayotgan yutuqlarni e`tirof etgan. O’z madaniyatini keng tar­g’ib etishi, demokratik qadriyatlar chuqur ildiz otgani borasidagi tar­g’ibotlari natijasida AQShga borish, tahsil olish istagidagilar ko’pchilikni tashkil etmoqda.

Bundan tashqari, AQSh «yumshoq kuch»ining ta`sirchanligini oshirish uchun oshkora diplomatiyadan ham keng foydalanadi. Xorijliklarni turli grantlar, talabalar almashinuvi, turli stipendiyalar joriy etib, o’zida tahsil olishga ko’maklashishi «yumshoq kuch»da qo’llaniladigan asosiy vosita sanaladi. Natijada tashrif buyuruvchilar qo’shma shtatlar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo’lib, bu yerning madaniyati, siyosati, yutuqlaridan bahramand bo’lgach, beixtiyor mazkur davlatga nisbatan xayrixohligi ortadi.

Ma`lumotlarga ko’ra, xal­qaro ta`lim dasturlari orqali AQShda tahsil olgan 3700 nafarga yaqin kishining 200 nafari o’z mamlakatida rahbar bo’lishga erishgan. Yana 600 nafarga yaqini hukumatda, parlamentda va boshqa nufuzli idoralarda faoliyat ko’rsatgan. 2003 yilda o’zaro almashtirish dasturining 50 yilligiga bag’ishlab chop etilgan ma`lumotlarga ko’ra, dastur doirasida tahsil olgan xorijliklar orasidan 4 nafar hukumat rahbari, 110 nafar vazir, 43 nafar elchi, 37 nafar milliy kompaniya va banklar rahbarlari yetishib chiqqan. Mutaxassislar bu «yumshoq kuch» qo’lga kiritayotgan muhim yutuqlardan ekanini aytmoqda. Chunki bu kabi rahbarlar muayyan joyda manfaatlar to’qnash kelsa, AQSh tomonga yon bosishi kuzatilgan.

Yevropa Ittifoqining «yumshoq kuch»i yagona markazga o’xshaydi. Yevropaning AQSh­dan harbiy, iqtisodiy jihatdan ortda qolishiga qaramasdan, ular intellekt va insonlar qalbini zabt etish, o’ziga maftun etish bo’yicha raqobat qila oladi. Tadqiqodlarga ko’ra, Yevropa madaniyati, turli hordiq chiqarish, ko’ngilochar maskanlari, mustahkam bank tizimi xalqaro hamjamiyatni o’ziga tortadi.

Albatta, xalqaro masalalarda Yevropaning diplomatik munosabatlari uning obro’sini yanada oshirmoqda. O’z navbatida, aksar muammolarni hal etishda xalqaro tashkilotlarning ishtirokiga ham alohida urg’u berilmoqda. Qolaversa, Yevropada o’lim jazosining bekor qilinishi, iqlim o’zgarishining oldini olishga qaratilgan sa`y-harakatlari uning jozibadorligini oshirib, «yumshoq kuch»i­ni mustahkamlamoqda.

Shunga qaramay, ekspertlarning ta`kidlashicha, «yumshoq kuch»­dan foydalangan AQSh va Xitoygina tashqi siyosatda muayyan natijaga erishdi. Yevropa mamlakatlarida kuzatilgan iqtisodiy qiyinchilik, qochqinlar, ishsizlik bilan bog’liq muammolar tufayli «yumshoq kuch»­ning ta`siri kamaydi.

Tez sur`atlar bilan rivojlanayotgan globallashuv jarayonlari «yumshoq kuch»ning ta`sirini yanada oshirdi. Turli axborot xurujlari uning asosiy quroliga aylandi. Unga qarshi turish uchun faqat va faqat mustahkam e`tiqod, urf-odat, an`analariga sodiqlik, milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish kabi tushunchalar shakllangan bo’lishi kerak. Aks holda bu kuch zaif jamiyatlarni o’z izmiga bo’ysundirib, millatni tanazzulga boshlaydi.

Internet materiallari asosida Rufat NEMATOV tayyorladi.

Teglar:

Foydali havolalar