(Кириллча) Ўзбекистон мева ва сабзавот экспортининг асосий улуши Қозоғистон ҳиссасига тўғри келди.

(Кириллча) Ўзбекистондан шу кунгача 778 миллион долларлик мева-сабзавот четга экспорт қилинди.

(Кириллча) Тошкент метрополитенининг устки қисмида хизмат олиб бораётган Ички ишлар ходимларининг назорат пости олиб ташланди. Бу ҳақда Ички ишлар вазирлиги матбуот хизмати хабар бермоқда.

(Кириллча) Ўзбекистонда ишлаб чиқариладиган пахта ёғи учун акциз солиғи ундирилмайди.

(Кириллча) Жорий йилнинг 24 ноябрь куни мамлакатимизда илк бор «DevFest» – Google Developers Group (GDG) дастурчилар халқаро фестивали бўлиб ўтади.

71-sessiya dunyoni o’zgartiradimi?

  • 1729
  • 1729
Jamiyat
Dekabr19/ 2016

 

Navbatdagi sessiyaning ilk kunida sessiya raisligiga saylov o’tkazildi. Unda fijilik diplomat Piter Tomsonning nomzodi tanlandi.

Aytish joizki, 16 sentyabr kuni BMT Bosh Assambleyasi 71-sessiyasining birinchi   yalpi yig’ilishi bo’lib o’tadi. Kun tartibidagi punktlardan biri «O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga hurmat» bo’ladi.

Tadbir davomida, shuningdek, BMTning besh mintaqaviy guruhi (Osiyo, Afrika, Sharqiy Yevropa, Lotin Amerikasi va Karib havzasi, G’arbiy Yevropa) vakillari, mezbon taraf sifatida AQSh delegatsiyasi hamda O’zbekiston delegatsiyasi chiqish qilishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, 71-sessiya kun tartibidan 170 ta mavzu, jumladan, Afrika davlatlari rivojlanishi masalalari, gumanitar yordamlar yetkazishda hamkorlik, tinchlik va xavfsizlikni saqlash, qurolli mojarolarning oldini olish, terrorizm va irqiy kamsitishga qarshi kurash, atrof-muhitni asrash, yadro qurolini tarqatmaslik tartibiga rioya etish, inson huquqlarini himoya qilish va qonun ustuvorligini ta`minlash masalalari o’rin olgan.

– Albatta, 71-sessiya o’z oldiga qo’ygan maqsad va vazifalarni amalga oshirishga kirishsa, dunyo yaxshi tomonga o’zgarishni boshlaydi, – dedi BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun. – O’z navbatida, biz iqlim o’zgarishi bo’yicha Parij kelishuvi tezroq kuchga kirishi uchun harakat qilishimiz lozim. Zero, ayni paytda iqlim o’zgarishining salbiy oqibatlari yanada yaqqolroq namoyon bo’lib bormoqda. Bundan tashqari, qoch­qinlar va muhojirlar bilan bog’liq muammolarni bartaraf etish, ularga sharoit yaratishga e`tibor qaratish zarur. O’ylaymanki, 19 sentyabr kuni ayni shu masala yuzasidan o’tkaziladigan Sammitda bu bo’yicha muhim qarorga kelinadi, tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Tadbirda qayd etilishicha, sessiya doirasida joriy yilning oktyabr oyida Ekvador poytaxti Kitoda BMTning shaharlarni barqaror rivojlantirish hamda turarjoy masalalariga bag’ishlangan konferensiyasi o’tkaziladi. Unda ham shaharlarning ekologik holati, atmosfera havosining musaffoligini ta`minlash masalalari asosiy kun tartibida bo’ladi.

20 sentyabr kuni umumsiyosiy muzokaralar bo’lib o’tadi. An`anaga ko’ra, Braziliya va AQSh yetakchilari chiqish qiladi. Ma`lumot o’rnida aytish joiz, umumiy muzokaralar boshlanmasidan oldin BMT Bosh kotibining tashkilot yillik faoliyati xususida ma`ruzasi tinglanadi.

– 71-sessiya delegatlari 2017 yilning 1 yanvaridan BMTning yangi bosh kotibi bilan hamkorlikda ish olib borishiga to’g’ri keladi, – dedi Pan Gi Mun. – Shuning uchun mazkur sessiya raisi mening hamda yangi bosh kotib ma`muriyati o’rtasida o’ziga xos ko’prik bo’ladi, deb o’ylayman. Ana shunda BMT faoliyati bir maromda davom etadi.

Eslatib o’tamiz, 71-sessiya davomida Bosh Assambleya BMTning yangi bosh kotibini saylaydi. 2007 yil 1 yanvardan beri bu lavozimni egallab kelayotgan Pan Gi Munning vakolati 2016 yil 31 dekabrda tugaydi. U uchinchi besh yillik muddatga saylanish huquqiga ega emas.

Nomzodlar qatorida YuNYeSKO ijrochi direktori Irina Bokova, BMT Rivojlanish Dasturi rahbari Helen Klark, Chili yetakchisi Mishel Bachelet, Litva ­prezidenti Dalya Gribauskayte hamda Daniyaning sobiq bosh vaziri Xelle Torning-Shmidt bor.

Internet materiallari asosida Rufat NE`MATOV tayyorladi.

Teglar:

Foydali havolalar