(Кириллча) Ўзбекистон мева ва сабзавот экспортининг асосий улуши Қозоғистон ҳиссасига тўғри келди.

(Кириллча) Ўзбекистондан шу кунгача 778 миллион долларлик мева-сабзавот четга экспорт қилинди.

(Кириллча) Тошкент метрополитенининг устки қисмида хизмат олиб бораётган Ички ишлар ходимларининг назорат пости олиб ташланди. Бу ҳақда Ички ишлар вазирлиги матбуот хизмати хабар бермоқда.

(Кириллча) Ўзбекистонда ишлаб чиқариладиган пахта ёғи учун акциз солиғи ундирилмайди.

(Кириллча) Жорий йилнинг 24 ноябрь куни мамлакатимизда илк бор «DevFest» – Google Developers Group (GDG) дастурчилар халқаро фестивали бўлиб ўтади.

Bioxilma-xillikni saqlash dolzarb masala

  • 1732
  • 1732
Jamiyat
Dekabr19/ 2016

Bugun insonning tabiiy boyliklardan nooqilona foydalanishi noyob mahalliy o’simlik va hayvon turlarining qisqarib, sonining kamayishiga sabab bo’lmoqda. Tabiatga shu tariqa munosabat dunyo genofondi muvozanati buzilishiga, ekotizimning halokatiga sabab bo’lmoqda. Bunday holatlar tabiatning genetik va biologik xilma-xilligini ilmiy asosda o’rganib, ularni yaxshilash chora-tadbilarini ishlab chiqishni taqazo qiladi.

 

Afsuski, Farg’ona vodiysining tekislik va tog’ o’rmonlari maydoni yildan-yilga qisqarib bormoqda. Uning g’arbiy qismida shamolga qarshi barpo etilgan ixotazorlar kesib yuborildi. Cho’l o’rmonlari o’zlashtirilib, ekinzorlarga aylantirildi. Vodiy ekotizimiga putur yetkazildi. Oqibatda ko’plab tur hayvonlar boshpanasiz qoldi, yo’qolish arafasida. Xususan, vodiy hududiga Janubiy Amerikadan keltirilgan ondatra sharoitga moslashib, deyarli barcha suv havzalarini egalladi. Mahalliy suv kalamushlari – qunduzlar areali torayib, noyob turlar qatoriga kirdi.

Farg’ona vodiysi tog’larining 2,2 foiz maydonini tog’ o’rmonlari tashkil etadi. Tog’ o’rmonlari erroziya, surilmalar, toshqinlarning oldini oladi, daryo suvini bir maromda ushlab turadi. Hozirgi kunda ularning tur tarkibi xilma-xilligi ham qashshoqlashib bormoqda. Shuni hisobga olib tog’ yonbag’irlarida akatsiya, aylant, qayrag’och, pista, eldor qayini, evkomiya, turkis­ton archasi, kavkaz xurmosi va boshqa daraxt va butalarni ekish maqsadga muvofiq.

Chunki yashil hududlar suv havzalarini saqlash va tozalashda muhim o’rin tutadi. Vodiy daryolarining irmoqlarini muhofaza qilish muhim ahamiyatga ega. Ularning qirg’oqlari bo’ylab 4 kilometrlik zona qoldirish zarur. Talab darajasidagi bu katta maydon to’qayzorlarga aylanib, bioxilma-xillik jihatidan o’ziga xos o’rin tutadi. Unda pista, oq akatsiya, qayrag’och, aylant, oq tut, bodom, terak, jiyda, chakanda kabilarni ekish yanada samaraliroq bo’ladi. Vodiy hududidagi kanallarning har ikki qirg’og’ida 30-50 metr bo’lgan himoya zonasida suvni ko’p bug’latuvchi o’simliklar oq akatsiya, qayrag’och, mirza terak, aylant, tamariks, smorodina o’stirish xilma-xillikni yanada orttiradi. Avtomobil va temir yo’llarning himoya zonasida terak, kashtan, gledichiya, siren, kanakunjut, olma, o’rik, yong’oq, oqtol, qarag’ay, qora qarag’ay, turkis­ton archasi, virgin archasi va boshqalar ekish maqsadga muvofiq.

Sanoat korxonalari atrofida kanada teragi, balzam teragi, oq tol, siren, zarang, kashtan, lipa, qog’oz daraxti, gazonlarda esa qo’ng’irbosh, bug’doyiq, betaga, bo’ymadoron o’stirish bioxilma-xillikni saqlabgina qolmay, noyob turlar miqdorining ortishiga sabab bo’ladi. Shunday chora-tadbirlarni amalga oshirishda jamoatchilik e`tiborni jalb etish ijobiy natija beradi. Yuqoridagi ishlar bajarilsa butun vodiy yanada go’zallashadi, tabiiy muhit sog’lomlashadi, bioxilma-xillik asrab qolinadi.

 

Gulnoza TO’XTASINOVA,

Farg’ona viloyat

tabiatni muhofaza

qilish qo’mitasi inspektori

Teglar:

Foydali havolalar