(Кириллча) Ўзбекистон мева ва сабзавот экспортининг асосий улуши Қозоғистон ҳиссасига тўғри келди.

(Кириллча) Ўзбекистондан шу кунгача 778 миллион долларлик мева-сабзавот четга экспорт қилинди.

(Кириллча) Тошкент метрополитенининг устки қисмида хизмат олиб бораётган Ички ишлар ходимларининг назорат пости олиб ташланди. Бу ҳақда Ички ишлар вазирлиги матбуот хизмати хабар бермоқда.

(Кириллча) Ўзбекистонда ишлаб чиқариладиган пахта ёғи учун акциз солиғи ундирилмайди.

(Кириллча) Жорий йилнинг 24 ноябрь куни мамлакатимизда илк бор «DevFest» – Google Developers Group (GDG) дастурчилар халқаро фестивали бўлиб ўтади.

Ochko’z gadoy

  • 1736
  • 1736
Jamiyat
Dekabr19/ 2016

Alisher Navoiy hikoya qiladi:

Mirzo Abu Said zamonida juma kuni Hirot shahri ichidagi masjidi jome`da juma namozini ado qilgandan ke­yin xiyobonda sayr qilish uchun o’sha tomonga jo’nadim. «Mufarrih» ko’chasiga yaqinlashganimda boshyalang va oyoqyalang holda o’tirgan bir gadoyni ko’rdim.

U aytar edi:

– Ayolmand bir kishiman, bir necha och-yalong’och bolalarim bor, ertalabdan buyon o’tirib tilanaman, hozirgacha hech kim pul bergani yo’q.

O’sha vaqtda yonimda bir tanga bor edi, undan boshqa dunyo molidan hech narsam yo’q edi. O’z-o’zimga shunday dedim: tavakkal qilib, bu tangani shu darveshga bersang, toki xotin, bola-chaqalarining bugungi ovqatini to’g’irlasa, sening esa ertalik rizqingni Xudoning o’zi yetkazar.

Tangani unga berib, o’tib ketdim. Namozshomgacha xiyobonda sayr qilib yurib, qaytishda ko’rdimki, haligi darvesh o’sha joyda o’tirib, ilgarigi so’zlarni aytib tilanardi. Uning haddan tashqari yolg’onchiligi va gadoylikdagi o’ta harisligidan taajjublandim. Ammo bu ishdan xabardor bo’lganimni unga bildirmadim.

Foydali havolalar