(Кириллча) Ўзбекистон мева ва сабзавот экспортининг асосий улуши Қозоғистон ҳиссасига тўғри келди.

(Кириллча) Ўзбекистондан шу кунгача 778 миллион долларлик мева-сабзавот четга экспорт қилинди.

(Кириллча) Тошкент метрополитенининг устки қисмида хизмат олиб бораётган Ички ишлар ходимларининг назорат пости олиб ташланди. Бу ҳақда Ички ишлар вазирлиги матбуот хизмати хабар бермоқда.

(Кириллча) Ўзбекистонда ишлаб чиқариладиган пахта ёғи учун акциз солиғи ундирилмайди.

(Кириллча) Жорий йилнинг 24 ноябрь куни мамлакатимизда илк бор «DevFest» – Google Developers Group (GDG) дастурчилар халқаро фестивали бўлиб ўтади.

«Farg‘ona deganda, avvalambor, ­«Oltin vodiy» deb nom olgan go‘zal diyor ko‘z o‘ngimizda namoyon bo‘ladi»

  • 1772
  • 1772
Jamiyat
Dekabr27/ 2016

Bundan besh yil avval xorijga o’qishga ketgan Navruza ona shahriga qaytadigan bo’ldi. Samolyot illyuminatoridan vatanimiz manzaralarini kuzatar ekan, yuragi birdan hapqirib ketdi. Bepoyon dalalar, yam-yashil qir-adirlar, bog’-rog’lar, soy va daryolarni sog’inganini his etdi. Aeroportga tushdiyu, ko’zlariga ishonmay, atrofga olazarak qaradi: nahotki, adashib boshqa reysga chiqqan bo’lsa? Yo’q, bunday bo’lishi mumkin emas, ana Marg’ilon do’ppisini boshiga qo’ndirgan ochiq chehra otaxon o’g’lini kutib olyapti. Nariroqda o’zbekona lutf bilan bolasini alqayotgan onaxon… Qanday quloqqa yaqin, xush yoqmasa bu so’zlar…

 

O’qib yurgan kezlari akalari kun sayin o’zgarib borayotgan shahar manzaralari suratlaridan jo’natib turardi. Taksiga o’tirib uyi tomon borar ekan, ko’z o’ngida tasavvuridagidan-da ortiq go’zallik namoyon bo’lganini ko’rib hayrati yanada oshdi.

Haqiqatdan ham, xalqimizning bunyodkorlik salohiyati, g’oyat yuksak did va mahorat bilan barpo etilgan inshootlar, maydon hamda istirohat bog’lariga nazar sol­gan har bir kishi ularning qisqa muddatda inson qo’li bilan yaratilganiga ishonmaydi. Bu «Oltin vodiy» deb nom olgan, O’zbekistonimizning gavhari bo’lgan go’zal Farg’ona diyori odamlarining mehnati, ulkan salohiyati mahsuli desak, aslo mubolag’a bo’lmaydi.

Beqiyos va betakror tabiatga, insonning havasini tortadigan mo’`tadil iqlimga, so’lim bog’-rog’lar, faqat shu zaminda uchraydigan, dunyoga dovrug’i ketgan turli noz-ne`matlarga, ko’hna tarixga ega bo’lgan Farg’ona viloyati haqida, uning ko’pni ko’rgan, hayotning, odamning qadriga yetadigan, mehnatkash, mehmondo’st, sodda va samimiy insonlari, o’z qo’li bilan o’zining ertangi kunini, yorug’ kelajagini qurayotgan, bag’rikeng, vallomat xalqi haqida, bu elga xos bo’lgan ezgu xususiyat va fazilatlar haqida soatlab gapirish mumkin.

Bu haqda fikr bildirganda mamlakatimizning Birinchi ­Prezidenti Islom Karimovning quyidagi so’zlari yodga tushadi: «Farg’ona xalqi har narsaga qodir, izlanuvchan, bunyodkorlik iqtidori yuksak xalqdir. U o’zining boy ma`naviy an`analarini, dehqonchilik madaniyatini, ishlab chiqarish salohiya­tini yuksak qadrlab, mamlakatimiz ravnaqini ta`minlashda munosib hissa qo’shadigan olijanob va mard xalq.»

«Farg’ona darvozasi» – mustaqilligimiz ramzi

 

Xalqimizda «Shahar bedarvoza emas» degan ibora bor. Mana shu uch so’z mujassamlashib xalqning urf-odatlarini, an`analarini, mehmonnavozligu insonparvarligini, boshqalarga hurmat va mehr-muhabbatini ifodalaydi. Farg’onaning ramziy darvozasi mus­taqilligimiz ramzi, jonajon O’zbekistonimiz istiqlolining bir yillik to’yi munosabati bilan qad rostlagan.

1992 yilning 1 sentyabrida birinchi poydevori qo’yilib, qisqa muddat ichida barpo etilgan go’zal obida farg’onaliklarning g’ururi, faxr va iftixori bo’lishi bilan birga xalqimiz bunyodkorlik salohiyatining namunasi bo’ldi.

Farg’ona ramziy darvozasining ochilish marosimida qatnashgan qo’shni mamlakatlarning vakillari – bu darvoza faqat farg’onaliklarning yoki O’zbekiston xalqining faxri bo’libgina qolmasdan, mintaqada yashayotgan barcha xalqlarning ham iftixor ramzi bo’lib qoladi, deb ta`kidlaganlar. Jumladan, Tojikistonning hozirgi Sug’d (eski Leninobod) viloyati hokimi tantanada so’zga chiqib, shunday degan edi: «Tojikistondagi xunrezliklardan so’ng oso­yishtalik atak-chechaklari paydo bo’layotgan bo’lsa, bunda nafaqat Sizning Prezidentingiz, balki bizning ham suyukli og’amiz bo’lgan Islom Karimovning buyuk xizmatlari bor».

1992 yil dekabr oyida yangragan bu so’zlar o’sha payt­da qanchalik dolzarb va katta ahamiyatga ega bo’lsa, bugun ham o’z salmog’ini yo’qotgani yo’q.

Mamlakatimizning ­Birinchi Prezidenti Islom Karimov mustaqillikning dast­labki yillaridan bunyodkorlik, obodonlashtirish, xalq hayotini yaxshilashga qaratilgan amaliy islohotlarni boshlash bilan birga, mintaqada tinchlik-osoyishtalikni asrash uchun umrining oxiriga qadar kurashib yashadi. Xal­qaro minbarlarda turib, dun­yoda tinchlik o’rnatish, qo’shni Afg’oniston hududida xavfsizlikni ta`minlash, butun insoniyat boshiga kulfat olib kelishi muqarrar bo’lgan eks­­­t­re­mizm, terrorizm kabi illatlarning oldini olish bo’yicha strategik takliflarini ilgari surgan va bu takliflarning O’zbekistonda amalga oshishida bevosita rahbarlik qildi.

Olovli yillar

Keksa otaxonlar bilan suhbatlashsangiz, 90-yillarda qo’shni davlatlarda boshlangan xunrezliklar mamlakatimizda alangalanishiga bir bahya qolganini chuqur iztirob bilan eslaydi. Ayniqsa, Farg’ona vodiysi o’shanda davlatimiz rahbarining matonati bo’lmasa, olov ichida qolishi turgan gap edi. O’zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov ana shu voqealarni esga olar ekan, 2012 yil 4 dekabrdagi xalq deputatlari Farg’ona viloyati Kengashining nav­batdan tashqari sessiyasida jumladan, shunday degan edi:

«…Obkom binosini avtomat taqqan desantchilar qurshab olgan, ko’chalarda ham qurolli soq­chilar. Tez orada Qo’qonga qarab yo’l oldim. Yo’l-yo’lakay uchragan odamlarning kayfiyati nihoyatda tushkun, ularning qiyofasida g’am-tashvish yaqqol sezilib turardi. Qo’qonda, ming afsuski, uchta yosh yigit desant­chilar bilan bo’lgan to’qnashuvda halok bo’lgan ekan. Albatta, bunday og’ir vaziyatda rasmiy shaxslar bilan uchrashuvlar bo’ldi-yu, lekin xalq vakillari bilan, Qo’qon ahli bilan ochiq va oshkora muloqot qilishning imkoni bo’lmadi. O’sha kunlarni men hali-beri unutmayman.»

Kechagidek esimda: 1989 yil. O’shanda Yurtboshimiz O’zbekistonga birinchi rahbar bo’lgan kunning ertasigayoq Farg’onaga keldi, – deb eslaydi Farg’ona shahrida yashovchi mehnat faxriysi Omonjon Hoshimov. – Atrofda uylar lovullab yonar, osmon tutundan burqsib, Farg’ona o’z yog’iga o’zi qovrilib yotardi. Atrofni sobiq ittifoq askarlari qurshab olgandi. Ulardan hech bir najot yo’q edi. Shunday bir vaziyatda Islom Karimov qahr-g’azabga to’lgan odamlarning orasini yorib o’tib,  qo’riqchisiz, bir o’zi kirib keldi. Sho’ro siyosatining nayranglari natijasida ishonchini yo’qotgan, jaholat otiga mingan boshqaruvsiz olomon bilan hech narsani yashirmasdan, ochiq gaplashdi. Ularning shu vaqtgacha hech kim eshitmagan dardlarini, arzlarini tinglab, mardona va haqqoniy so’zlari bilan tinchlantirdi. Qalbidagi jarohatlarga malham qo’yib, so’ngan umidlarini qaytadan uyg’otdi. O’zi bosh bo’lib, vaziyatni qo’lga oldi, tartib-intizom o’rnatildi, muqarrar qon to’kilishining oldi olindi. Jasorat bilan, qat`iyat bilan hamma ish joy-joyiga qo’yildi. ­Islom Karimovning bu mard­ligini, bu fidoyiligini biz farg’onaliklar hech qachon unutmaymiz!

Istiqlol nuridan ko’rk ochgan diyor

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 15 noyabrda qabul qilingan «Farg’ona shahrining bosh rejasini amalga oshirish, 2012-2015 yillarda ijtimoiy va transport-kommunal infratuzilmasi ob`ekt­larini qurish va rekonstruksiya qilish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Qarori asosidagi keng ko’lamli bun­yodkorlik ishlari mustaqilligimizning chorak asrlik to’yiga chin ma`noda bebaho tuhfa bo’ldi.

Bosh rejaga asosan, Far­g’ona shahridagi Mustaqillik ko’chasida «Kashtanzor xiyoboni» barpo etilib, Ahmad Far­g’oniy nomli madaniyat va istirohat bog’ida obodonlashtirish ishlari olib borildi. Bu ko’chada «Farg’ona kitob olami», «Yoshlar markazi» kabi ma`naviy-ma`rifiy binolar, yangidan bunyod etilgan favvoralar tarovati shaharning ajib bir xushmanzara maskaniga aylandi. Sobiq «Farg’ona yog’-moy» korxonasi joylashgan hududda barpo etilgan ming o’rinli Teatr-konsert saroyi va 500 o’rinli amfiteatr, zamonaviy suzish havzasi – basseyn, atrofdagi obodonlik, ko’rkam bog’ bugun bu yerga tashrif buyuruvchilarning havasini oshiryapti. Yaqingacha ham ushbu korxonadan chiqayotgan badbo’y hid butun shahar ekologiyasiga salbiy ta`sir ko’rsatardi. Endilikda bu yerda barcha yurtdoshlarimizning faxru g’ururiga sabab bo’ladigan muhtasham san`at koshonasi bunyod etildi.

–    Farg’ona shahrida xalqni o’ylamay qurilgan yog’-moy kombinatining dastidan 70 yil odamlar yengini dimog’iga tutib yashadi. To’g’risi, bunday kunlar kelishi tushimizgayam kirmagan, – deydi «Nuroniy» jamg’armasi viloyat kengashi raisi Topvoldi Xoldorov. – Birinchi Prezidentimiz rahnamoligida yangi markaz, yangi tarix yaratildi! Bugun bahavo, keng, ko’kalamzorga aylangan ko’chalarni nevaralarim bilan sayr qilib shunday kunlarga yetkazgani uchun yaratganga shukronalar aytaman.

Vodiylarni

–   yayov kezganda

Bir paytlar shoir «vodiylarni yayov kezganda…» deya, Farg’onaning tabiatini madh etgan edi. Bugun Farg’onada amalga oshirilgan shaharsozlik ishlarini ko’rgan odamning bahri dili o’n karra, yuz karra ochiladi. Marg’ilondan boshlab Qo’qongacha, Quvasoydan boshlab Beshariqqacha, hamma tuman va qishloqlarga istiqlol tufayli fayz kirdi, yashnadi. Tanib bo’lmas  darajada chiroy ochdi.

– Viloyat markazida aniq hisob-kitob, puxta va mukammal loyihalar, zamonaviy shaharsozlik me`morchiligi an`analari asosida bunyodkorlik ishlari boshlanganida ba`zi og’ziga kuchi yetmaganlar ham uchradi, – deydi Farg’ona shahrida yashovchi Shamsiddin Qoraboyev – «Hammayoqni buzib tashlashdi, shahar chang-to’zon ichida qoldi…», «O’h-ho’, bunday ulkan ishlarni amalga oshirish uchun qancha mablag’, kuch-quvvat kerak!..» qabilida gap-so’zlar ham bo’ldi. Bugun o’sha gap qilganlar mum tishlab qoldi.

Joriy yilda «Istiqlol» stadionida mamlakatimiz hayotidagi yana bir muhim voqea ro’y berdi. Farg’ona viloyati mezbonlik qilgan «Universia­da – 2016» musobaqalarining tantanali ochilish va yopilish marosimlari ayni shu majmuada o’tkazildi. Musobaqaning porloq mash`alasi stadion uzra yog’du sochib turdi. Ushbu musobaqaga qadar ham Farg’onada ulkan bunyodkorlik yumushlari bajarildi. Musobaqalarni yuksak saviyada o’tkazish uchun Farg’ona shahrining o’zida 37 milliard 215 million so’m mablag’ sarf etildi. Ushbu mablag’ evaziga bunyod etilgan va qayta ta`mirlangan, yuqori talablar asosida jihozlangan stadionlar, tennis kortlari, suzish havzalari, sport zallari va boshqa ob`ektlarda yoshlarimiz o’z imkoniyatlarini sinovdan o’tkazdilar.

Yurtimizda yosh oilalarni moddiy va ma`naviy rag’batlantirish, turmush sharoitlarini yaxshilashga ustuvor vazifalardan biri sifatida qaralmoqda. Buni Farg’ona, Marg’ilon, Qo’qon, Quvasoy shaharlari hamda Toshloq, Uchko’prik tumanlarida o’tgan yillar davomida qurilgan 273 xonadondan iborat «Kamolot» uylarida yashayotgan yosh oilalarning yuz-ko’zlarida ham ko’rish mumkin. Bunday xonadonlarga mehmon bo’lib kelsangiz, ular chin ma`noda baxt-saodat oshiyoniga aylanganini ko’rib, havasingiz ortadi.

Oltin vodiy Saxovati

Farg’onadagi «Mohigul» xususiy korxonasi tashkil topganiga 23 yil bo’ldi. Tadbirkorlarga yaratib berilgan imkoniyatlardan unumli foydalangan Mukarram Yusupova korxona qoshida yangi «Nuga best» zamonaviy sog’lomlashtirish markazini ishga tushirdi. Ayollar saloni, maishiy xizmat uyi bugun farg’onaliklar xizmatida.

Elita va jalyuzi pardalari, maxsus kiyim-boshlar, ayollar liboslari tayyorlanishidan tashqari, endi bu yerda qiz-juvonlar uchun bejirim sumkalar ham ishlab chiqarilmoqda.

– Bugun tadbirkorlarimiz uchun keng imkoniyatlar eshigi ochilgan, – deydi korxona brigada boshlig’i Masturaxon Saidmahamatova. – Shogirdlarim musiqa maktablari o’quvchilari, madaniyat xodimlari, qo’shiqchi va raqqosalar uchun sahna kiyimlari tikadilar. Ular elimizning bayramu to’ylarida qo’limizda sayqal topgan liboslarda chiqsa yayrab ketamiz.

Shaharu qishloqlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar, fermerlar tomonidan yaratilayotgan ish o’rinlari aholi bandligini ta`minlashda muhim omil bo’lmoqda. Tomorqadan unumli foydalanish, chorvachilik, parrandachilik, asal­arichilik sohalarini rivojlantirish hisobiga farovon turmush kechirayotgan ibratli oilalar safi ko’payib bormoqda. Qishloq tadbirkorlari tomonidan yetishtirilgan mahsulotlar o’zimizdan ortib, xorijga ham eksport qilinmoqda.

So’xlik tadbirkor Nazirjon Tohirov tomonidan Rossiya hamda Qozog’iston davlatlariga 477,4 ming dollarlik qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetkazib berildi.

Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki bozorni to’ldirish maqsadida So’x tumanida 50 ta katta hajmdagi, aholi xonadonlarida esa 3 ming 315 dan ziyod issiqxona, 2 ta quyonchilik, 8 ta parrandachilik xo’jaligi tashkil etildi. Issiqxonalarda tabiiy issiqlik manbalaridan tejamkorlik bilan foydalangan holda qishda ham aholiga yuqori sifatli sabzavot mahsulotlari yetkazib berilmoqda.

– Chindan ham, qishloqlarimizda bunyodkor xalqimizning kuch-g’ayrati tufayli katta ishlar qilinyapti, – deydi So’x tumani hokimi Tavakkaljon Rahimov. – Ayniqsa, dehqonlarimiz, xususan, g’allakorlarimizga alohida minnatdorlik bildirish lozim. Bilasiz, yerlarimiz pastu balandliklardan, suv chiqmas maydonlardan iborat. Ana shunday maydonlarda deh­qonchilik qilish, mo’l hosil olish uchun avlodu ajdodlarimizdan o’tib kelayotgan boy tajriba, eng muhimi, shu tuproqqa ixlos, muhabbat kerak bo’lar ekan.

Shunday. Yerni sevib, u bilan tillashmasangiz, u sizga bag’rini ochmaydi. Astoydil ter to’ksangiz, yer mehringiz taftini sezsa, o’shanda ko’zlagan hosilingizni olasiz.

 

Farg’onani dunyo tanimoqda, tan olmoqda

Mamlakatimiz sanoat salohiyatini yuksaltirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi amaliy ishlar Farg’onada ham o’z samaralarini bermoqda. Jumladan, joriy yilning birinchi yarmida viloyatda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 10,5 foizga oshdi.

2016 yil boshidan buyon viloyatdagi 61 korxonada tashqi bozor uchun raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi va eksporti amalga oshirildi. Qishloq hududlarida tashkil etilgan sanoat korxonalari aholi band­ligini ta`minlash va iqtisodiy samaradorlikni oshirishga xizmat qilayotir. Oltiariq tumanidagi «Hamza Expo Art Tekstil» xususiy korxonasida paxta tolasi qayta ishlanib, ip-kalava tayyorlanadi.

– Korxonamiz mahsulotlariga talab ortib bormoqda, – deydi xususiy korxona rahbari Fayratjon Qosimov. – 2015 yilda 617,5 tonna mahsulot tayyorlanib, 570 tonnasi eksportga yo’naltirilgan bo’lsa, 2016 yilning dastlabki 6 oyida ishlab chiqarilgan mahsulot 390,6 tonnani, xorijga eksport qilingani 291 tonnani tashkil etdi.

Keyingi yillarda korxonaning xorijlik hamkorlar bilan aloqasi mustahkamlanib bormoqda. Hozirga kelib bu yerda tayyorlanayotgan mahsulotlar Rossiya, Ukraina, Polsha, Chexiya kabi davlatlarga eksport qilinmoqda.

Farg’onaning har bir hududi istiqlol tufayli o’zining ajoyibotlari bilan dunyoga tanildi. Quva anori, Rishton kulolchilik buyumlari, Buvayda anjiri, Qo’qon holva qandi, Quvasoy billur oynasi, Oltiariq uzumlari va Mar­g’ilon atlasini bilmaydigan odam kamdan-kam topiladi.

Ho’qandi latifning dilni yashnatuvchi chiroyi, mar­g’ilonliklarning hunarda va odobdagi ibrati, toshloqliklarning dalalarda ko’rsatayotgan jasorati-yu, mehnatkash yozyovonliklarning barxanlar bag’rida gul undirayotgani barchaning havasini keltirmoqda. Mirishkor, ishbilarmon Bag’dod ahli, dun­yoga manaman deb bo’y ko’rsatayotgan dang’aralik yurtdoshlarimiz, dilfizo bog’laridan xazina topayotgan qo’shtepaliklar, bog’idan bol tomadigan Quva zamini, qandak o’rigi bilan mashhur Rishton, mashhur So’x chashmasi, Vodilning asriy chinorlarining dovrug’i bugun mustaqillik yillarida yayanada doston bo’lmoqda. Zotan, Vatanimizning shuhratini ko’tarayotganlar ham aslida shu – bunyodkor xalqimiz, go’zal tabiatimiz va Olloh nazari tushgan ­unumdor zaminimizdir.

 

Shohidbek ASLONOV,

Ahmad Farg’oniy nomidagi Farg’ona viloyati axborot-kutubxona markazi derektori.

Teglar:

Foydali havolalar