(Кириллча) Ўзбекистон мева ва сабзавот экспортининг асосий улуши Қозоғистон ҳиссасига тўғри келди.

(Кириллча) Ўзбекистондан шу кунгача 778 миллион долларлик мева-сабзавот четга экспорт қилинди.

(Кириллча) Тошкент метрополитенининг устки қисмида хизмат олиб бораётган Ички ишлар ходимларининг назорат пости олиб ташланди. Бу ҳақда Ички ишлар вазирлиги матбуот хизмати хабар бермоқда.

(Кириллча) Ўзбекистонда ишлаб чиқариладиган пахта ёғи учун акциз солиғи ундирилмайди.

(Кириллча) Жорий йилнинг 24 ноябрь куни мамлакатимизда илк бор «DevFest» – Google Developers Group (GDG) дастурчилар халқаро фестивали бўлиб ўтади.

Ekoturizm istiqboli

  • 1783
  • 1783
Jamiyat
Dekabr03/ 2016

Ekoturizm sog’lom turmush tarzini targ’ib etish, yoshlarni ma`naviy va jismoniy kamol toptirishda muhim ahamiyatga ega.

 

Mutaxassislarning aytishicha, O’zbekistonning boshqa hududlari singari Farg’ona viloyatida ham turizm va ekoturizm sohasini rivojlantirish imkoniyatlari juda katta. Uch ming yillik tamaddunga guvoh bo’lgan shaharlar, yangidan-yangi kashf etilayotgan qadimiy qadamjolar, Qo’qon va Marg’ilon shaharlaridagi obidalar, ulug’ allomalar joylari, madaniy meros ob`ektlari, arxeologiya, me`morchilik yodgorliklari, tabiat yodgorliklari va ziyoratgohlarga xorijiy sayyohlarning qiziqishi ortib bormoqda. Shuningdek, viloyatning Markaziy Farg’ona cho’llari hududida joylashgan «Tabiat yodgorligi» tabiiy hududidagi muhofazaga olingan o’simlik va hayvonot dunyosi ob`ektlari ham ilmiy izlanish, kuzatish va boshqa tadbirlarni o’tkazishga qulay tabiiy sharoit yaratadi.

Aytish joizki, Farg’ona viloyatida aholining turli qatlamlari, jumladan, yoshlar uchun tashkil qilinishi mumkin bo’lgan 320 dan ortiq ekoturistik marshrut mavjud. Farg’ona viloyat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi shu maqsadda dastlabki harakatlarini boshladi. 2 ming gektarga yaqin «Yozyovon cho’llari» va «Markaziy Farg’ona cho’llari» tabiat yodgorliklariga, Far­g’ona tuman Vodil qishlog’i, Chinor istirohat bog’idagi alohida muhofazaga olingan   ming yillik chinor daraxtiga maktab va kasb-hunar kollejlari o’quvchilari uchun marshrutlar belgilanib, dastlabki sayohatlar tashkil etildi. O’quvchilar mazkur hududlardagi tabiat yodgorliklarini, jumladan, u yerdagi noyob daraxtlar, O’zbekiston «Qizil kitobi»ga kiritilgan o’simlik va hayvonot dunyosi vakillarini yil fasllariga qarab ko’rish imkoniyatiga ega bo’lmoqda.

Bundan tashqari, O’zbekiston ekologik harakati Markaziy kengashi tomonidan viloyatdagi ommaviy axborot vositalari, «Kamolot» YoIH Farg’ona viloyat kengashi bilan hamkorlikda xal­qaro turizm kuni munosabati bilan Farg’ona shahridagi maktab o’quvchilarini   «Yozyovon cho’llari» muhofaza etiladigan tabiiy hududga ekskursiyasi uyushtirildi.

Maqsad yoshlarning atrof-muhit muhofazasi bo’yicha bilimini boyitish, ekoturizmning ahamiyati hamda alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududning tarixi, o’simlik va hayvonot dunyosi bilan tanishtirishdan iboratdir. Ayniqsa, bu borada davra suhbati tashkil etilgani va unda o’quvchilarga yanada kengroq tushunchalar berilgani maqsadga muvofiq bo’ladi. Shuningdek, anjumanda o’rmon xo’jaligining muhim ahamiyati, uning o’simlik va hayvonot dunyosiga ta`siri xususida so’z yuritildi. Tadbir davomida o’quvchilar «Yozyovon cho’llari» tabiiy yodgorligi bilan yaqindan tanishdi.

Farg’ona o’rmon xo’jaligi tasarrufidagi «Yozyovon cho’llari» davlat tabiat yodgorligi viloyatning shimoli-sharqidagi Yozyovon cho’lining Tolquduqqum qumlarida tashkil etilgan. Uning asosiy vazifasi Markaziy Farg’onaning qumli cho’l geokomplekslarini hamda ularda yashovchi o’simlik va hayvonlarning irsiy fondini saqlab qolish, geokomplekslarda yuz beruvchi tabiiy jarayonlar va hodisalarning o’zgarishi ustidan monitoring o’tkazish bo’yicha ilmiy tadqiqotlar olib borishdan iborat. «Yozyovon cho’llari» davlat tabiat yodgorligida sayyohlar antropogen omil ta`sirida «jarohatlangan» komponentlarni tiklash, boyitish va muhofaza qilish jarayoni bilan tanishadilar.

Farg’ona viloyati hududi va landshaftlarining tuzilmasi xilma-xil va o’ziga xosdir. Turli gipsometrik yuzalarda iqlimiy sharoitning o’zgarishi bu hududda tekislik-cho’l, adir-chala cho’l, tog’-dasht va baland tog’-o’rmon kabi landshaftlarning shakllanishiga olib kelgan. Farg’ona vodiysida jozibali tabiat manzaralari, turli noyob o’simlik va hayvonot turlari, diqqatga sazovor madaniy, tarixiy obidalar ekoturizmni rivojlantirishga muhim asos bo’ladi.

Ekoturizmni tizimli tashkil etishda shu hududda shakllangan turli geokomplekslarning noyob xususiyatlarini aniqlash va tasniflash ham muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun cho’l, adir va tog’ mintaqalarining turli geokompleks­lari o’rganildi va ulardagi ekoturizm talabiga mos keluvchi 100 dan ortiq hudud va ob`ekt tanlab olindi.

«Yozyovon cho’llari» tabiat yodgorligi Markaziy Farg’ona uchun tipik bo’lgan qumli cho’l landshaftlarini saqlab qolish, boyitish va muhofaza qilishda bosh vazifani bajarmoqda. O’tgan 10 yil ichida muhofazaga olingan hududning o’simlik va hayvonot dunyosi tiklandi, yanada boyidi. Xususan, O’zbekiston Respublikasi «Qizil kitobi»ga kiritilgan sariq astragal, Far­g’ona vodiysi uchun noyob bo’lib qolgan oq va qora saksovullar, cho’l uzumi, turong’il, hayvonot vakillaridan echki­emar, to’ng’iz, qirg’ovul, Far­g’ona chipor kaltakesagi, shtraux qurbaqaboshi, agama, ko’rma­ilon, o’qilon va boshqalar son jihatidan qayta tiklanmoqda. «Yozyovon cho’llari» tabiat yodgorligining keng omma o’rtasida ekologik bilimlarni tar­g’ib qilishdagi ahamiyati yuqoridir. Shu nuqtai nazardan ham milliy ekoturizmni rivojlantirish o’ta dolzarb masalalardan biri sanaladi. U mamlakatning ekologik bar­qarorligini ta`minlab, ona tabiatning kelajak avlodga talofatsiz yetkazilishiga xizmat qiladi.

 

Akramxon AVLIYOXONOV,

O’zbekiston ekologik harakati

Farg’ona viloyat hududiy bo’linmasi boshlig’i

Teglar:

Foydali havolalar