(Кириллча) Ўзбекистон мева ва сабзавот экспортининг асосий улуши Қозоғистон ҳиссасига тўғри келди.

(Кириллча) Ўзбекистондан шу кунгача 778 миллион долларлик мева-сабзавот четга экспорт қилинди.

(Кириллча) Тошкент метрополитенининг устки қисмида хизмат олиб бораётган Ички ишлар ходимларининг назорат пости олиб ташланди. Бу ҳақда Ички ишлар вазирлиги матбуот хизмати хабар бермоқда.

(Кириллча) Ўзбекистонда ишлаб чиқариладиган пахта ёғи учун акциз солиғи ундирилмайди.

(Кириллча) Жорий йилнинг 24 ноябрь куни мамлакатимизда илк бор «DevFest» – Google Developers Group (GDG) дастурчилар халқаро фестивали бўлиб ўтади.

Tomoshami yoki zamonaviylik?

  • 1793
  • 1793
Jamiyat
Dekabr03/ 2016

 

To’y mavsumi ayni avjiga chiqqan pallada meni ham ana shunday marosimlardan biriga taklif qilishdi. Uzoqdan musiqaning yoqimli ovozi eshitildi, ko’ngilga yaqin kuy tarala boshladi. Davra to’rida kelin va kuyov hammaning havasini keltirib o’tiribdi. Ular bugun juda baxtiyor. Kechada yoshlar, otaxonu-onaxonlar, kelinning yaqinlari – barchasi shodlikdan raqs­ga tushar, ikki yoshga baxt tilardi. To’y nihoyasiga yetay deb qoldi.

O’rtaboshi kelin-kuyovni oq fotiha tilab uylariga kuzatishdan oldin yana bir udum qolganini aytib, ikki yoshni o’rtaga taklif qildi. Kuyov hammaning ko’z oldida kelinni quchib valsga tusha boshladi. Behosdan kelin egilib ketdi. Yarim ochiq kelinlik libosidan uning bor bo’y-basti namoyon bo’ldi. Kelin endi havas qilsa arziydigan bamisli farishtadan ko’pchilikning yonida tomosha qovoqqa aylandi qoldi. Odamlar orasida shivir-shivir boshlandi. Ba`zilari ularning raqsini maroq bilan kuzatayotgan bo’lsa, ayrimlar kun sayin ommalashayotgan bu illatga yuz burib to’yxonani tark etdi.

Aslida, kelin deganda ibo-hayoni o’ziga zeb  qilgan, iffatli, farishta misol qizlar ko’z oldimizda gavdalanadi. O’zga bir xonadonga ezgu niyatlar ila kelin bo’lib tushayotgan har bir qiz o’sha uyning fayziga fayz qo’shib, ota-onasining yuzini yorug’ qilishni orzu qiladi. Bugun to’y oqshomida turmush o’rtog’i bilan el-yurt, qaynona-qaynotasi oldida uyalmasdan quchoqlashib raqs tushayotgan yoshlardan ertaga yana qanday qiliqlarni kutish mumkin.

Yaqinda dugonam Mehriniso turmushga chiqdi. Uning aytishicha, turmush o’rtog’i ota-onasi, qarindoshlari oldida o’rtaga chiqib, valsga tushishni o’ziga ep ko’rmasligini aytibdi. Dugonam libos topishda ham juda qiynaldi. Chunki hozir yopiqroq kelin libosini topish mushkul. Dugonamga esa bo’lajak turmush o’rtog’i tanlagan libosing yelkangni yopmasa uni kiyishing­ga yo’l qo’ymayman, debdi.

Ammo turli yot illatlarni zamonaviylik belgisi sanab, unga ko’r-ko’rona amal qiladigan kuyovlar ham bor, oramizda. Ular vals tushishni o’ziga xos «qahramonlik» deb biladi.

Chetdan kirib kelayotgan bunday zamonaviylik niqobi ostidagi unsurlar insonning yuzini qotirishi, axloqini, iymonini susaytirishi, milliy urf odatlarimizdan uzoqlashtirishi turgan gap. Bu kabi ishlar ma`naviy tanazzul bilan birga iqtisodiy muammolarni ham yetaklab keladi. Eshitishimcha, valsga tushishni bilmaydigan yigit va qizga bu ishni o’rgatadigan raqs ustalari bor ekan. Bu kurslarning o’rtacha narxi 300 ming so’mdan boshlanadi. Tasavvur qiling, bo’lajak turmush o’rtog’ingiz begona erkak yoki ayol bilan birga raqs tushishni o’rganayapti. Chetdan qaraganda bu qanchalik xunuk. Bu oxir-oqibatda turli axloqsizliklarga sabab bo’lmasligiga qanday kafolot bor?

Endi o’ylab  ko’ring. Bu kabi «zamonaviy urflar»dan sizu bizga qanday naf? Qizlarning yuzlaridagi hayo pardasi ko’tarilib, oilaviy masalalarda eri bilan bab-baravar talashishga o’rgatadimi? Ibo-hayo har bir qizning ziynatidir. Shunday ekan, zamonaviy urf­larga ergashib ziynatimizni yo’qotib qo’ymaylik?

Adolat Mo’minova,

«Jamiyat»ning jamoatchi muxbiri

Teglar:

Foydali havolalar