(Кириллча) Ўзбекистон мева ва сабзавот экспортининг асосий улуши Қозоғистон ҳиссасига тўғри келди.

(Кириллча) Ўзбекистондан шу кунгача 778 миллион долларлик мева-сабзавот четга экспорт қилинди.

(Кириллча) Тошкент метрополитенининг устки қисмида хизмат олиб бораётган Ички ишлар ходимларининг назорат пости олиб ташланди. Бу ҳақда Ички ишлар вазирлиги матбуот хизмати хабар бермоқда.

(Кириллча) Ўзбекистонда ишлаб чиқариладиган пахта ёғи учун акциз солиғи ундирилмайди.

(Кириллча) Жорий йилнинг 24 ноябрь куни мамлакатимизда илк бор «DevFest» – Google Developers Group (GDG) дастурчилар халқаро фестивали бўлиб ўтади.

Senat mamlakat hayoti uchun muhim hujjatlarni ma‘qulladi

  • 1806
  • 1806
Jamiyat
Dekabr17/ 2016

Kuni kecha Oliy Majlis Senatining yettinchi yalpi majlisi bo’lib o’tdi. Unda demokratik islohotlarni bosqichma-bosqich chuqurlashtirishga va kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan 10 ta masala, shu jumladan, 4 ta qonun ko’rib chiqildi.
Senatorlar o’z ishini O’zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev tomonidan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 93-moddasining 23-bandiga muvofiq parlamentning yuqori palatasiga kiritilgan “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma to’rt yilligi munosabati bilan amnistiya to’g’risida”gi masalani ko’rib chiqishdan boshladi.
Majlis ishtirokchilari ta`kidlaganidek, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yigirma to’rt yilligi munosabati bilan amnistiya to’g’risidagi ushbu hujjatning qabul qilinishi davlatimiz insonparvarligining, inson, uning hayoti, erkinligi, sha`ni, qadr-qimmati va boshqa ajralmas huquqlari oliy qadriyat hisoblanishining yana bir yorqin ifodasidir. Amnistiya aktining ayrim toifadagi shaxslarga nisbatan qo’llanilishi katta ijtimoiy va tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi, sud-huquq tizimini erkinlashtirishga qaratilgan strategik yo’lning davomi sanaladi.
Oliy Majlis Senati “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yigirma to’rt yilligi munosabati bilan amnistiya to’g’risida”gi qarorni qabul qildi.
Shundan so’ng senatorlar O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan taklif etilgan “Keksalarni e`zozlash yili” Davlat dasturini ijro etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritilgan “Keksalar, nogironlar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to’g’risida”gi Qonunni ko’rib chiqdilar.
Senatorlarning fikricha, ushbu qonun normalarining ro’yobga chiqarilishi ijtimoiy himoya tizimi jamoatchilik nazorati uchun ochiq bo’lishini ta`minlaydi, nafaqat aholiga ijtimoiy xizmatlar ko’rsatish jarayonini tartibga solishga, balki fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini yanada yaxshilashga, ko’rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifati va samaradorligini oshirishga, mamlakatda amalga oshirilayotgan kuchli ijtimoiy siyosat davom ettirilishini ta`minlashga xizmat qiladi. Qonun senatorlar tomonidan ma`qullandi.
So’ngra Vazirlar Mahkamasi tomonidan ishlab chiqilgan va parlamentga kiritilgan “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga o’zgartishlar kiritish haqida”gi Qonun muhokama qilindi.
Oliy Majlis Senati a`zolarining fikricha, ushbu qonunning qabul qilinishi ijtimoiy-mehnat sohasida kasaba uyushmalari faoliyati erkinligining kafolatlanishini ta`minlashga xizmat qiladi. Huquqni qo’llash amaliyotini yaxshilash, ijtimoiy-mehnat sohasida qonuniylikni ta`minlash hamda jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga ko’maklashadi. Qonun senatorlar tomonidan ma`qullandi.
Shu kuni senatorlar tomonidan “O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi Qonun ham ma`qullandi. Ushbu qonunga muvofiq bir qator qonun hujjatlariga ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy va sud-huquq sohalariga oid qonun hujjatlarini yanada takomillashtirishga qaratilgan o’zgartish va qo’shimchalar kiritildi.
So’ngra senatorlar “Xalqaro mehnat tashkilotining birlashmalar erkinligi va kasaba uyushmalariga birlashish huquqini himoya qilish to’g’risidagi 87-sonli Konvensiyasini ratifikatsiya qilish haqida”gi Qonunni ko’rib chiqdilar.
Konvensiya Xalqaro mehnat tashkilotining 1948 yilgi Bosh Konferensiyasida qabul qilingan bo’lib, unda xodimlar va ish beruvchilarning tashkilotlar tuzish, shuningdek, bunday tashkilotlarga a`zo bo’lish huquqi nazarda tutilgan. Konvensiyada ushbu tashkilotlarning o’z ustavlari va ma`muriy reglamentlarini ishlab chiqish, o’z faoliyatini tashkil etish, harakat dasturini tasdiqlash hamda ro’yobga chiqarish huquqlari nazarda tutilmoqda. Birlashish huquqini cheklovchi yoki uning qonunchilik yo’li bilan amalga oshirilishiga to’sqinlik qiluvchi davlat organlari aralashuvidan holi bo’lish ko’zda tutilmoqda. Xodimlar va ish beruvchilarning birlashish bo’yicha o’z huquqini erkin amalga oshirishini kafolatlovchi chora-tadbirlar hamda boshqa huquqlar qayd etilmoqda. Mazkur qonun ham senatorlar tomonidan ma`qullandi.
Yalpi majlisda Oliy Majlis Senatining vakolatiga kiradigan boshqa masalalar ham ko’rib chiqilib, ular yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Munisxon KARIMOVA,
“Jamiyat” muxbiri

Teglar:

Foydali havolalar