(Кириллча) Ўзбекистон мева ва сабзавот экспортининг асосий улуши Қозоғистон ҳиссасига тўғри келди.

(Кириллча) Ўзбекистондан шу кунгача 778 миллион долларлик мева-сабзавот четга экспорт қилинди.

(Кириллча) Тошкент метрополитенининг устки қисмида хизмат олиб бораётган Ички ишлар ходимларининг назорат пости олиб ташланди. Бу ҳақда Ички ишлар вазирлиги матбуот хизмати хабар бермоқда.

(Кириллча) Ўзбекистонда ишлаб чиқариладиган пахта ёғи учун акциз солиғи ундирилмайди.

(Кириллча) Жорий йилнинг 24 ноябрь куни мамлакатимизда илк бор «DevFest» – Google Developers Group (GDG) дастурчилар халқаро фестивали бўлиб ўтади.

XAZONNI YOQMANG! UNDAN FOYDALANING

  • 1812
  • 1812
Jamiyat
Dekabr17/ 2016

Kuz sarhisob davri. Mana shunday sarhisob bugun obodonlashtirish va xazonrezgi davrida chiqindilarni yig’ish, to’plash va utilizatsiya qilish masalalari bilan shug’ullanuvchi har bir korxona, qolaversa, mahalla va tashkilot oldiga ham mas`uliyatli vazifalarni qo’ymoqda.

Sir emas, bugun rivojlangan davlatlar tajribasi daraxt xazonlari va ularning bir necha yil yer ostida saqlangan zaxirasi qishloq xo’jaligi uchun boy ozuqa manbai, shuningdek, bir qator sanoat korxonalari uchun xomashyo ekanini isbotladi. Mana shunday bir sharoitda bizda bu boradagi tajriba qay darajada ommalashtirilmoqda? Albatta, daraxt daraxtdan farq qilganidek, xazon ham turlicha bo’ladi. Shu bois ularni birinchi galda turlarga bo’lish, shundan kelib chiqqan holda o’z vaqtida yig’ib olish va zarur maqsadga yo’naltirish lozim.
O’lkamizga kuz keldi deguncha, barcha mahalla va massivlarda xazon muammosi aholini birdek tashvishga soladi. Ko’rilayotgan chora-tadbirlarga qaramay har yili ko’plab mahallalarda, ayrim korxona va tashkilot hududlarida xazonni yoqib yuborish holatlari kuzatilmoqda.
Ma`muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 88-moddasida “Dala va aholi punktlarida ang’iz, xazon va shox-shabbalarni yoki o’simliklarning boshqa qoldiqlarini yoqish atmosfera havosini zararli moddalar bilan ifloslantirishga olib kelsa, fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – besh baravaridan o’n baravarigacha jarima solinishi belgilab qo’yilgan. Shundan kelib chiqib, fuqarolar, mahalla faollari sog’lom ekologik vaziyatni saqlash ishlaridan chetda qolmasligi lozim. Ekologik qoidalarni buzgan shaxslarni aniqlashda mahalla faollarining roli juda ham muhim. O’zbekiston ekologik harakati qoshida faoliyat yuritayotgan “Ishonch telefoni”ga o’tgan davr mobaynida fuqarolardan 2 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan. Ular orasida xazon yoqilishi haqidagi murojaatlar bo’yicha reydlar uyushtirilib, muammolarning yechimini topish borasida tegishli tashkilotlar tomonidan qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Olib borilayotgan tadbirlar natijasi yildan-yilga xazon va shox-shabbalar hamda o’simliklarning boshqa qoldiqlarini yoqib yuborish holatlari birmuncha kamayayotganini ko’rsatsa-da, bu aslo xotirjamlikka asos bo’la olmaydi. Masalani Toshkent viloyati misolida tahlil qiladigan bo’lsak, mazkur muammo asosan viloyatning yirik sanoat shaharlari, tuman markazlarida ko’proq kuzatilmoqda. Boisi qishloq hududlarida xazondan foydalanishning bir qadar xalqchil usullarini qo’llash an`anaga aylangan. Ularni biogumusga aylantirib, keyinchalik o’g’it sifatida foydalanish keng ommalashgan.
Ekoharakatning viloyat hududiy bo’linmasi joriy yilgi xazonrezgi tadbirlarini Bekobod, Olmaliq, Angren, Chirchiq, Yangiyul, Ohangaron kabi sanoat shaharlarida o’tkazishni rejalashtirmoqda. Viloyat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, sanitariya va epidemiologiya nazorati markazi, kasb-hunar ta`lim boshqarmasi va boshqa manfaatdor idoralar bilan hamkorlikda reyd o’tkazilishi hamda mavjud muammolarni joyida bartaraf qilish ko’zda tutilgan. Jumladan, xazonni alohida ajratilgan holda yig’ib olish, ulardan o’g’it tayyorlash tajribasini yanada kengaytirish, har bir tumanning geografik joylashuvidan kelib chiqqan holda inson salomatligi uchun maqbul o’simlik va daraxt turlarini ekish, shuningdek, ekologik hasharlar o’tkazish, chiqindixonalarni ozoda saqlash, ayniqsa, aholining ekologik madaniyatini oshirish borasidagi targ’ibot tadbirlari ta`sirchanligini oshirish hududiy bo’linma faoliyatida asosiy ustuvorlik kasb etadi.
Olib borilayotgan amaliy ishlar samarasi ekologik barqarorlikni ta`minlash, jamiyatda sog’lom turmush tarzini qaror toptirish, aholi salomatligi va atrof-muhit muhofazasi, kelajak avlodlarning musaffo muhitda yashash huquqini kafolatlashga xizmat qiladi.

Fulom SAMADOV,
O’zbekiston Ekologik harakatining
Toshkent viloyati hududiy
bo’linmasi koordinatori

Teglar:

Foydali havolalar