(Кириллча) Ўзбекистон мева ва сабзавот экспортининг асосий улуши Қозоғистон ҳиссасига тўғри келди.

(Кириллча) Ўзбекистондан шу кунгача 778 миллион долларлик мева-сабзавот четга экспорт қилинди.

(Кириллча) Тошкент метрополитенининг устки қисмида хизмат олиб бораётган Ички ишлар ходимларининг назорат пости олиб ташланди. Бу ҳақда Ички ишлар вазирлиги матбуот хизмати хабар бермоқда.

(Кириллча) Ўзбекистонда ишлаб чиқариладиган пахта ёғи учун акциз солиғи ундирилмайди.

(Кириллча) Жорий йилнинг 24 ноябрь куни мамлакатимизда илк бор «DevFest» – Google Developers Group (GDG) дастурчилар халқаро фестивали бўлиб ўтади.

YANGI BOSh KOTIB jahon hamjamiyatini birlashtirib, eng o’tkir ijtimoiy-siyosiy muammolarni hal etishi kerak

  • 1809
  • 1809
Jamiyat
Dekabr17/ 2016

O’tgan hafta Portugaliyaning sobiq bosh vaziri Antonio Guterrish (Antunio Guterres) BMT Bosh kotibligiga saylandi.

Bundan avval u BMTning qochqinlar ishlari bo’yicha oliy komissari bo’lgan. Uning davrida tabiiy ofatlardan jabrlangan hududlarga xalqaro jamoatchilik e`tiborini qaratish bo’yicha ijobiy natijalarga erishilgan.
BMTga kelgunga qadar 10 yil Portugaliya hukumatida ishlagan va endilikda nufuzli tashkilotning o’ninchi Bosh kotibi bo’lib saylandi. Antonio Guterrishning ta`kidlashicha, uning asosiy maqsadi dunyodagi mavjud muammolarni barcha davlatlar bilan hamkorlikda bartaraf etishdir.
Aksar mutaxassislarning ta`kidlashicha, yangi bosh kotib oldida bir qancha muammolarni hal etish vazifalari turibdi. Xususan, ayni paytda muhojirlar inqirozi juda chuqurlashib bormoqda. BMTning qochqinlar bo’yicha oliy komissarining ma`lumotlariga ko’ra, hozirda 65,3 million kishi o’z davlatida yoki boshqa davlatlarda qochqin bo’lib yashashga majbur bo’lmoqda. Mutaxassislar bu muammo Guterrish davrida o’z yechimini topadi, degan umidda. Zero, u 10 yil davomida qochqinlar bo’yicha oliy komissar sifatida katta tajriba to’plagan.
So’nggi yillardagi kuzatilgan harbiy to’qnashuvlar, Suriya, Liviya, Yaman va boshqa davlatlardagi ziddiyatlarning yanada chuqurlashayotgani katta muammoga aylanib bormoqda. Ayniqsa, Suriya masalasida yirik davlatlarning o’zaro kelisha olmayotgani ham vaziyatni yanada murakkablashayapti.
Bu esa yangi bosh kotib Suriya masalasini hal ham etishda faol bo’lishi lozimligini anglatadi. Binobarin, ayni masala yuzasidan Rossiya va AQSh o’rtasidagi kelishuv bekor qilinib, mavjud holat yanada taranglashmoqda. Manfaatlar to’qnashuvi tufayli Suriyadagi tinch aholi jabr ko’rmoqda.
– Suriyadagi vaziyat tobora chigallashib bormoqda, – deydi Xalqaro Qizil Xoch tashkilotining kommunikatsiya bo’yicha direktori Eysteyn Meryum. – Fikrimcha, Suriya va Yamandagi ziddiyatni bartaraf etishga qaratilgan mustahkam kelishuvga erishish maqsadga muvofiqdir. Tan olish kerak, bu oson bo’lmaydi.
Ma`lumotlarga ko’ra, BMTning 118 ming xodimi ziddiyatli hududlarda faoliyat olib bormoqda. Ular tinchlikni saqlash borasida muhim ishlarni amalga oshirmoqda. Yangi Bosh kotib ularning sa`y-harakatini yanada kuchaytirishi lozim. Masalan, Kongoda kuzatilgan to’qnashuvlar ko’p yillarga cho’zildi, uning yechimi ancha murakkablashdi. Janubiy Sudanda tarixiy kelishuvga erishilgan bo’lsada, vaqt o’tib ziddiyat yana alanga oldi.
Shu nuqtai nazardan xalqaro jamoatchilik yangi bosh kotib zimmasiga ziddiyatlarni tez va sifatli hal etishdek vazifalarni qo’ymoqda. Mutaxassislar yangi bosh kotib ziddiyatli hududlarda shifoxonalarga, gumanitar karvonlarga ham bo’layotgan hujumlarga yanada jiddiy e`tibor qaratishi lozimligini ta`kidlamoqda. Ularning qayd etishicha, urush qilayotganlar ko’pincha shifokorlarning xalqaro huquqlar bilan himoyalanganligiga e`tibor bermaydi. Shu bois yangi bosh kotib davlatlarni gumanitar yordam yetkazayotganlarga hurmat bilan qarashga chaqirishi ayni muddaodir. O’z navbatida, xalqaro qonun-qoidalarga rioya etilishini talab etishi, uni buzganlar javobgarlikka tortilishini ham nazorat qilishi kerak.
BMT Bosh kotibi xalqaro miqyosdagi yana bir muammoga doimiy e`tibor qaratishi kerak. Bu iqlim o’zgarishi bilan bog’liq masaladir. Ma`lumki, iqlim o’zgarishi qishloq xo’jaligiga jiddiy putur yetkazib, oziq-ovqat mahsulotlari tanqisligiga olib kelishi mumkin.
Umuman yangi Bosh kotibni ana shunday bir-biridan dolzarb masalalar kutib turibdi. Jahon hamjamiyati birlashtirib, dunyoni tashvishga solayotgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan faol ish olib borishi zarur. Birinchi navbatda, eng o’tkir ijtimoiy-siyosiy muammolar konstruktiv hal etilmasa insoniyat taqdiri xavf ostida qoladi.

Internet materiallari asosida Rufat NE`MATOV tayyorladi.

Teglar:

Foydali havolalar