(Кириллча) Ўзбекистон мева ва сабзавот экспортининг асосий улуши Қозоғистон ҳиссасига тўғри келди.

(Кириллча) Ўзбекистондан шу кунгача 778 миллион долларлик мева-сабзавот четга экспорт қилинди.

(Кириллча) Тошкент метрополитенининг устки қисмида хизмат олиб бораётган Ички ишлар ходимларининг назорат пости олиб ташланди. Бу ҳақда Ички ишлар вазирлиги матбуот хизмати хабар бермоқда.

(Кириллча) Ўзбекистонда ишлаб чиқариладиган пахта ёғи учун акциз солиғи ундирилмайди.

(Кириллча) Жорий йилнинг 24 ноябрь куни мамлакатимизда илк бор «DevFest» – Google Developers Group (GDG) дастурчилар халқаро фестивали бўлиб ўтади.

Barakali odamlar

Jamiyat
Dekabr24/ 2016

Kattagina oziq-ovqat do‘konining egasi bo‘lgan Shuhrat akadan ishlari haqida so‘radim. Bir necha yil ichida oddiy sotuvchilikdan katta do‘kondorga aylangani boisi bilan qiziqdim.

 

– Mening bu darajaga yetishimga avvalo, otam sababchi, – dedi u. – Juda barakali odam edi, rahmatli. Yoshligimizda bozorda faqat pista sotardi. Ana shu daromadi bilan butun oilamizni ta`minlab, bizni hech narsaga zor qilmay o’stirdi.

Ha, pistafurush Hasan otani butun mahalla tanirdi. Shuhrat aka ta`riflaganidek, barakali odam edi u. Har kuni erta tongdan turar, farzandlarini ham «erta tursang, kuning barakali bo’ladi, rizqing butun bo’ladi», deb saharmardondan uyg’otardi. Odamlar endi ishga jo’nar mahali ular ishini bitirib, daladan qaytib kelayotgan bo’lardi. «Quyosh chiqquncha vaqt oralig’ida rizqlar taqsimlanadi», deb ishonardi. Rizq taqsimotida ishtirok etmagan kishi undan mahrum bo’ladi. Chunki tong otgach ham uyqudan turmagan odam o’rnidan lanj va dili xira bo’lib uyg’onadi. Tirikchilik va kasb-korida ham shijoatu g’ayrati yo’qolib, ishga hafsalasiz yondashadi. Shu zayl rizqining, kunining barakasi ketadi.

Hasan ota har bir ishida Ollohdan baraka so’rardi. «Boriga baraka», «barakasini bersin», «umringdan baraka top», «oz bo’lsayam, barakali bo’lsin» deyishdan charchamasdi.

– Otam olamdan o’tganidan keyin xuddi uyimizdan baraka ketganday bo’lib qoldi, – deydi suhbatdoshim xayollarimni bo’lib. – Hozir qancha pul topsam ham o’ylagan rejalarimga yetmayotgandek tuyulaveradi. Rivojlanish ham oldingidek emas. U kishi tirik bo’lganda har bir kichik narsalarga ham katta e`tibor bilan qarardi. «Baraka topay desang, nafaqat xaridorning, balki hech kimning haqiga xiyonat qilma, bu bilan foyda ko’rish o’rniga barakangni uchirasan, – derdi doim. – Hayotda yolg’onchilik bilan ishini bitirib, «oshig’i olchi» bo’lib yurgan odamlarni uchratamiz. Ular boy-badavlat, farovon va mazmunli hayot kechirayotgandek ko’rinsa-da, aslida hayotlarida baraka yo’q, hech qachon biri ikki bo’lmaydi. Ularning holi havas qilarli darajada emas. Zero, yolg’onning umri qisqadir».

Otamning yana bir yaxshi odati bor edi. Soliqlarni vaqtida to’lashga, zakot berishga va vaqti-vaqti bilan sadaqa chiqarib turishga juda jiddiy qarardi. Bular ham birovning haqi, to’lamaslik barakani qirqadi, deb qattiq ishonardi. Shuningdek, topgan pulini tejab-tergab hamma narsada oqilona yo’l tutishga intilardi. «Kishi har qanday sharoit va holatda tejamkor bo’la olsa, hech qachon birovga muhtoj bo’lmaydi, kambag’allik nimaligini bilmaydi. Tejamkor, isrofdan saqlanadigan, ne`matlarni behuda sarflamaydigan odamning ro’zg’origa baraka kiradi», deb Imom Bayhaqiy Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhuning «Tejamkorlik tirikchilikning yarmidir», degan rivoyatini misol qilib keltirardi.

– Hasan ota bilan bir marta bozorga tushganman, – dedim xotiralarim jonlanib. – O’shanda kattaroq oilaviy tadbirga bozorlik qilish uchun mendan yordam so’ragandi. Otaning har bitta narsani erinmasdan savdolashishini ko’rib, to’g’risi, o’sha paytda biroz hijolat bo’lgandim. Mening uyalganimni sezdimi, o’zining bu ishiga shunday izoh bergandi o’shanda: «Bozorda savdolashmay xarid qilish barakani qochiradi. Savdolashgan paytda ikki tomon ham rozi-rizolik bilan, chin ko’ngildan muomala qiladi. To’g’ri, 100 so’m-200 so’m bilan hech kim boy yoki kambag’al bo’lib qolmaydi. Ammo baraka ikki tomonning ham astoydil roziligida qilgan savdosidan xursandligida bo’ladi. Savdolashib bo’lgandan keyin xushkayfiyat bilan «barakasini bersin», deb minnatdorlik bildirish kerak»…

Baraka haqida suhbatimiz ancha cho’zildi. Baraka topgur Shuhrat aka ham otasi singari bama`ni, barakali odamga aylanibdi. Bundaylar oramizda ko’plab topiladi. Shuning uchun ham xalqimizning rizqi butun, topgani barakali.

 

Bekzod JOVLIYEV

Foydali havolalar