(Кириллча) Ўзбекистон мева ва сабзавот экспортининг асосий улуши Қозоғистон ҳиссасига тўғри келди.

(Кириллча) Ўзбекистондан шу кунгача 778 миллион долларлик мева-сабзавот четга экспорт қилинди.

(Кириллча) Тошкент метрополитенининг устки қисмида хизмат олиб бораётган Ички ишлар ходимларининг назорат пости олиб ташланди. Бу ҳақда Ички ишлар вазирлиги матбуот хизмати хабар бермоқда.

(Кириллча) Ўзбекистонда ишлаб чиқариладиган пахта ёғи учун акциз солиғи ундирилмайди.

(Кириллча) Жорий йилнинг 24 ноябрь куни мамлакатимизда илк бор «DevFest» – Google Developers Group (GDG) дастурчилар халқаро фестивали бўлиб ўтади.

Tinchlikni qaytarish qimmatga tushmoqda

  • 1836
  • 1836
Jamiyat
Dekabr24/ 2016

O‘tgan haftada Iroq harbiy havo kuchlari Mosul shahriga hujum uyushtirilishi haqida ogohlantirilgan murojaat varaqalarini tar­qatadi.

 

«Biz Mosulni ozod qilish va mintaqaga xavfsizlik hamda barqarorlikni qaytarishga tayyorgarlik ko’ryapmiz», deyiladi murojaatnomada. Shuning­dek, Mosul aholisidan uylaridan chiqmaslik, eshik-derazalarni berkitish va jangarilar joylashgan manzillarga yaqinlashmaslik so’ralgan. Shu bilan birga, jangarilar harakati haqida xabar berish uchun telefon raqami keltirilgan.

Aytish joizki, Iroq harbiylari Mosul shahrini terrorchilardan tozalash maqsadida yirik harbiy operatsiya o’tkazishni boshladi. Harbiylar hozir buning uchun juda qulay payt ekanini ta`kidlamoqda. Chunki ommaviy axborot vositalari tarqatgan ma`lumotlarga ko’ra, shaharda IShID terrorchi guruhi rahbariga qarshi isyon ko’tarilgan. Tartibsizlik avjiga chiqqan, to’qnashuv davom etmoqda. Mutaxassislar bu kabi o’zaro kelishmovchiliklar Iroq armiyasi foydasiga xizmat qilishi mumkinligini aytmoqda.

Lekin Mosuldagi vaziyat yuzasidan xalqaro jamoatchilik o’z xavotirini bildirmoqda. Xususan, BMT Bosh kotibining gumanitar masalalar bo’yicha o’rinbosari Stiven O Brayenning ta`kidlashicha, o’tkazilayotgan harbiy harakatlar tufayli shaharning tinch aholisi xavf ostida qolmoqda. Jangarilar ulardan jonli qalqon sifatida foydalanishi ehtimoli katta.

– Ayni paytda BMT Mosulda istiqomat qilayotgan 1,5 million inson taqdiriga befarq qaray olmaydi, – deydi u. – Shaharni jangarilardan tozalash chog’ida aholining katta qismi zarar ko’radi. Ayniqsa, tinch fuqarolar qurbon bo’lishi hech gap emas. Boisi, harbiylar uchun jangari va tinch aholini ajratishda murakkabliklar bor. Terrorchilar oddiy aholidek kiyimda bo’ladi. Boz ustiga, o’n minglab iroqlik bolalar, qizlar va keksalar qamalda qoladi.

Mutaxassislarning qayd etishicha, Mosulni ozod etish chog’ida mahalliy aholi tinch joy qidirib qochqinga aylanishi mumkin. Agar qaqshatqich jang bir necha kun davom etadigan bo’lsa, u holda millionga yaqin odam o’z uyini tark etishga majbur bo’ladi. Ayniqsa, nogironlar va bolalarga juda qiyin bo’lishi mumkin.

BMT vakillarining ta`kidlashicha, ziddiyatli tomonlar tinch aholini himoya etishi, zarur yordam yetkazish chora-tadbirlarini ko’rishi zarur. Ana shunda qurbonlar soni ortib ketishining oldi olinadi.

– Albatta, biz imkonimiz boricha shaharning tinch aholisiga yordam berishga harakat qilamiz, – deydi Stiven O Brayen. – Shu bois hozirdan qochqinlarni joylashtirish, tibbiy ko’mak ko’rsatishga tayyorgarlikni boshlab yubordik. Jumladan, 60 ming kishini sig’dira oladigan lagerlar shay holatga keltirilgan. Shu bilan birga, 250 ming kishining yashirinishi va jon saqlashi uchun joylar qurilmoqda. 220 ming kishiga yetadigan oziq-ovqat zaxirasi, dori-darmon va boshqa mahsulotlarni g’amlab qo’yganmiz.

Bundan tashqari, BMTning qochqinlar bo’yicha oliy komissari Mosuldagi vaziyat tufayli hamkorlar bilan birgalikda guruh tashkil etdi. Mazkur guruhning asosiy vazifasi jang oqibatida o’z uyini tark etgan hamda hujjatsiz insonlarga, oila a`zolari bir-birini topishiga yordam berishdir.

BMT Mosuldagi bolalarning ahvolidan ham xavotirda. Zero, ommaviy axborot vositalari tarqatgan ma`lumotlarga ko’ra, IShID terrorchilik tashkiloti janglar uchun bolalarni ham yollagan. Qurolli to’qnashuvlar davomida bu bolalar o’z oilalaridan ajrab qolishi mumkin. Shuning uchun YuNISYeF jangarilar qo’lidan qochgan, qutulib qolgan bolalarga ruhiy yordam berish maqsadida tezkor guruh tashkil etdi.

Bu jarayonda Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti ham faol ish olib bormoqda. Ular qochqinlar lagerlarida tibbiy ko’lam hajmini kengaytirish, yuqumli kasalliklar tarqalib ketmasligi uchun tayyorgarlik ko’rmoqda.

– Bunday hamkorlikdagi sa`y-harakatlar qochqinlarga tezkor yordam ko’rsatish bo’yicha ishlarimizni osonlashtiradi, – deydi BMTning Iroqdagi gumanitar koordinatori Liz Grande. – Biz imkon darajasida ishlayapmiz. Ayni paytda Iroqda 10 millionga yaqin kishi ijtimoiy ko’makka muhtoj. Ular safi yana kengayishi mumkin.

Urush qurbonsiz bo’lmaydi. Bu gaplar o’tgan asrning turli ziddiyatlarida ko’p foydalanilgan. Lekin inson rivojlanish sari borayapti. Xatolardan xulosa chiqarish vaqti kelgan. Inson taqdiri yotgan har qanday masalaga jiddiy qarash lozim. Xalqaro jamoatchilik Suriya, Liviya, Yaman, Iroqda bo’layotgan xunrezliklarga ortiq befarq qaray olmasligini bot-bot takrorlamoqda. Dunyoni urushlar charchatmoqda.

Internet materiallari asosida Rufat NEMATOV tayyorladi.

Teglar:

Foydali havolalar