(Кириллча) Ўзбекистон мева ва сабзавот экспортининг асосий улуши Қозоғистон ҳиссасига тўғри келди.

(Кириллча) Ўзбекистондан шу кунгача 778 миллион долларлик мева-сабзавот четга экспорт қилинди.

(Кириллча) Тошкент метрополитенининг устки қисмида хизмат олиб бораётган Ички ишлар ходимларининг назорат пости олиб ташланди. Бу ҳақда Ички ишлар вазирлиги матбуот хизмати хабар бермоқда.

(Кириллча) Ўзбекистонда ишлаб чиқариладиган пахта ёғи учун акциз солиғи ундирилмайди.

(Кириллча) Жорий йилнинг 24 ноябрь куни мамлакатимизда илк бор «DevFest» – Google Developers Group (GDG) дастурчилар халқаро фестивали бўлиб ўтади.

Fifa ­irqchilikka qarshi

  • 1852
  • 1852
Jamiyat
Dekabr31/ 2016

Dunyoda irqchilik, millatchilik kabi illatlarni bartaraf etish hamon ­dolzarbligicha qolmoqda. Chunki bu ­illatlar hatto millionlar o’yini hisoblanmish futbolga ham chang sola boshladi.

 

Aytish joizki, futbolda irqchilik bir necha bor takrorlangandan so’ng Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) jazo choralarni qo’llashga majbur bo’ldi. Xususan, 2013 yili FIFA «Yevropada Futbol irq­chilikka qarshi» tashkiloti bilan hamkorlikda 2018 yilgi jahon chempionati saralash o’yinlarini kuzatib borishini e`lon qildi.

FIFA vakillarining aytishicha, bu monitoring tizimi irqchilikni tugatishga yo’naltirilgani bilan ahamiyatlidir. O’yin o’tkazilgandan so’ng kuzatuvchi 24 soat ichida ­FIFAning intizom qo’mitasiga tahlillarini taqdim etadi.

Bunday targ’ibot-tashviqot ishlari samara berib, so’nggi yillarda irqchilik nisbatan kamaydi. Shuning uchun yaqinda FIFA irqchilikka qarshi kurash komissiyasini tarqatib yubordi. Federatsiya vakillarining ta`kidlashicha, mazkur komissiya o’z oldiga qo’ygan vazifalarni to’la bajardi. Aytish o’rinliki, irqchilikka qarshi kurash komissiyasi 2013 yilda FIFAning oldingi prezidenti Yozef Blatter tomonidan tashkil etilgan edi.

Lekin FIFAning mazkur qaroriga hamma ham rozi bo’lgani yo’q. Ushbu komissiya a`zosi Osasu Obayiuvanning ta`kidlashicha, futbolda irqchilik muammosiga ham to’laqonli yechim topilmadi.

– Komissiyaning tarqatib yuborilgani meni hayron qoldirdi, – deydi u. – Bu muammo hamisha e`tibor talab etadi. Fikrimcha, hali komissiya bajarishi lozim bo’lgan ishlar juda ko’p edi.

Shuningdek, federatsiyaning bu qaroriga komissiya tarkibiga jalb etilgan futbolchilar ham e`tiroz bildirmoqda. Ularning fikricha, futbolda irqchilik bo’lgan va bo’laveradi. Uni faqat kurash orqali kamaytirish mumkin, xolos. Kelgusida bunday holatlar takrorlanmasligiga kafolat yo’q.

– Komissiya faoliyati tugatilgani xususida maktub olganimda qattiq ranjidim, – deydi komissiya a`zosi, futbolchi Yahyo Ture. – Maktubda aytilishicha, komissiyaning ishchi guruhi tomonidan samarali ish olib borilib, irqchilik alomatlarini kamaytirishga erishilgan ekan. Irqchilikni kamaytirish juda qiyin jarayon ekani yillar davomida ta`kidlab kelindi. U juda katta muddatni o’z ichiga olishi aytildi. Shuning uchun komissiya tashkil etildi. Mazkur ishchi guruh illatni kamaytirishga muvaffaq bo’lganda komissiya faoliyatini to’xtatish noo’rindir.

Eslatib o’tamiz, 2013 yili Yahyo Ture irqchilik bo’yicha janjal markazida bo’ldi. «Manches­ter Siti» va SSKA klublari o’rtasidagi bahsda unga muxlislar tomonidan turli haqoratlar yog’dirilgan. O’shanda UYeFA intizomiy qo’mitasi ish ochib, SSKAni bir o’yinni ishqibozlarsiz o’tkazish bo’yicha qaror qabul qilgan edi.

Chindan ham odam sha`ni, uning qadr-qimmatini tahqirlash, kelib chiqishiga qarab ajratish odamiylikdan yiroq bo’lgan fazilatdir. Shu boisdan ayni yo’nalishda turli tadbirlar tashkil etilmoqda. Xususan, UYeFA «Yevropada futbol irqchilikka qarshi» tashkiloti tomonidan joriy yilning 17-30 oktyabr kunlari o’tkazilayotgan irqchilikka qarshi kurash haftaligini qo’llab-quvvatlamoqda. Buning uchun UYeFA 17-18 oktyabr kunlari o’tkazilgan Yevropa Chempionlar ligasi bahslari doirasida bir necha tadbirlar tashkil etdi. Musobaqada ishtirok etayotgan barcha jamoa sardorlari «Irq­chilikka qarshi birlashamiz» yozuvi tushirilgan bog’ich bilan maydonda harakatlandi. O’yin avvalida stadionga futbolchilar bilan chiqadigan bolakaylar futbolkasiga ham xuddi shunday yozuvlar tushirildi.

Haftalik tashkilotchilarining fikricha, bunday targ’ibot tadbirlari o’z samarasini beradi. Ayniqsa, bu kabi loyihalarga barcha birdek ishtirok etmoqda. Ta`kidlanishicha, haftalikdan maqsad futbolni turli xil illatlardan tozalash, futbolning samimiy, do’stona o’yin ekanini yana bir bor eslatishdan iboratdir. Qolaversa, haftalik doirasida yuzlab tadbirlar tashkil etilishi rejalashtirilgan. UYeFA prezidenti Lennart Yoxansson mazkur kampaniyani ijobiy baholab, uni har tomonlama qo’llab-quvvatlashini bildirdi.

– Albatta, faqat bizning sa`y-harakatimiz bilan irqchilikni batamom yo’q qilish imkonsiz, – dedi u. – O’ylaymizki, bu tadbirlarimiz insonlarda bir-birini hurmat qilish tuyg’ularini yanada shakl­lantiradi. Zero, futbol dilxiraliklar maydoni emas, barchani birlashtiruvchi kuchdir.

Internet materiallari asosida Rufat NEMATOV tayyorladi.

Teglar:

Foydali havolalar