(Кириллча) Ўзбекистон мева ва сабзавот экспортининг асосий улуши Қозоғистон ҳиссасига тўғри келди.

(Кириллча) Ўзбекистондан шу кунгача 778 миллион долларлик мева-сабзавот четга экспорт қилинди.

(Кириллча) Тошкент метрополитенининг устки қисмида хизмат олиб бораётган Ички ишлар ходимларининг назорат пости олиб ташланди. Бу ҳақда Ички ишлар вазирлиги матбуот хизмати хабар бермоқда.

(Кириллча) Ўзбекистонда ишлаб чиқариладиган пахта ёғи учун акциз солиғи ундирилмайди.

(Кириллча) Жорий йилнинг 24 ноябрь куни мамлакатимизда илк бор «DevFest» – Google Developers Group (GDG) дастурчилар халқаро фестивали бўлиб ўтади.

Jahondagi eng Bag‘rikeng mamlakat

  • 1846
  • 1846
Jamiyat
Dekabr31/ 2016

Bobomdan xabar olish, suhbatlaridan bahramand bo’lish uchun tumanimizning chekka-cheka qishloqlari, ba`zan esa boshqa viloyatlardan ham uyimizga mehmonlar kelardi. Kunlarning birida sal mahmadonaroq singlim bobomdan so’rab qoldi: «Nimaga begona odamlar ham sizni ko’rgani kelaveradi?» Shunda bobom kulimsirab singlimning boshini siladi.

«Bu dunyoda odamning begonasi bo’lmaydi, – dedi soddagina qilib. – Hamma bir-biriga qarindosh. O’zini begonaday tutib, begonasiraydigan odamlar bo’lishi mumkin».

 

Respublika baynalmilal madaniyat markazi direktori, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi Nasriddin Muhammadiyev bilan suhbat jarayonida bu hikmat naqadar hayotiy ekaniga yana bir karra amin bo’ldim.

– O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti ­Islom Karimov tashabbusi bilan 1992 yili Respublika baynalmilal madaniyat markazi tashkil etildi, – deydi u. – Markazning asosiy vazifasi millatlararo do’stona munosabatlarni yanada rivojlantirish, mamlakatimizdagi turli millat va elatlar vakillarining milliy-ma`naviy ehtiyojlarini qondirish, urf-odat va an`analarini saqlab qolishga ko’maklashishdan, keng jamoatchilikning bag’rikenglik tamoyillarini qaror toptirishga qaratilgan tashabbuslarini qo’llab-quvvatlashdan iborat. Hozirgi vaqtda 140 ga yaqin milliy madaniy markaz faoliyatini muvofiqlashtirib, ularga tashkiliy va uslubiy yordam ko’rsatib kelyapmiz.

 

– Bugun yurtimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari hamjihat yashab kelmoqda. Aytish kerakki, Istiqlol arafasida tinchlik va barqarorlikni ta`minlash uchun siyo­siy va iqtisodiy vaziyatni izga solish bilan birga, millatlararo munosabatlarning bar­qaror tizimini yaratish, odamlarda ertangi kunga ishonch, bir-biriga nisbatan ahil-inoqlik, oqibat tuyg’u­sini uyg’otish zarur edi.

 

– Albatta, millatlararo totuvlikni ta`minlash eng dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Bu borada birinchi navbatda vatanimizda yashayotgan turli xalqlar o’rtasida o’zaro hurmat, teng huquqlilik va hamjihatlikni mustahkamlashga, uning qonuniy asoslarini yaratishga jiddiy e`tibor qaratildi. Jumladan, Konstitutsiyamizning 4-moddasida O’zbekiston davlati o’z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an`analari hurmat qilinishini ta`minlashi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratishi alohida mustahkamlangan. 18-moddada esa mamlakatimizning barcha fuqarolari bir xil huquq va erkinliklarga egaligi, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e`tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat`i nazar qonun oldida tengligi belgilab qo’yilgan.

Yurtimiz qadimdan Sharq va Farbni o’zaro yaqinlashtirishga, mintaqalar hamda qit`alar­aro madaniy-tijoriy aloqalarni kuchaytirishga xizmat qilgan. Bu yerda xalqaro ahamiyatga daxldor savdo, madaniyat va fan markazlari ochilgan, har xil diniy ibodatxonalar qad rostlagan. Turli xalqlarning milliy an`analari va urf-odatlari o’zaro uyg’unlikda rivojlangan. Xalqimiz tabiatan bag’rikengligi va saxovatpeshaligi bois ikkinchi jahon urushi payt­larida qatag’onu quv­g’inga uchragan ko’plab millat vakillariga boshpana berdi. Og’ir damlarda bir burda nonini ular bilan baham ko’rdi. Natijada turli millat vakillari yurtimizda doimiy qo’nim topdi va xalqimiz mehr-muruvvatidan har tomonlama bahramand bo’lib, qadlarini tikladi.

Mavlono Jaloliddin Rumiy shunday rivoyat qiladi. Bir kuni yo’lda to’rt kishi hamroh bo’lib qolibdi. Ularning biri turk, ikkinchisi fors, uchinchisi arab, to’rtinchisi yunon ekan. To’rtalalari ham nihoyatda och, non olishga esa bir chaqalari ham qolmagan. Shu payt bir badavlat otliq odam o’tib qolibdi va ularga rahmi kelib bir tanga beribdi. To’rtovlon bu pulga nima olish haqida tortisha boshlabdilar. «Bozorga borib uzum olamiz», – debdi turk. «Yo’q, bo’lmaydi, yaxshisi «angur» olaylik», – debdi fors. «Eynab» olsak yaxshi bo’ladi», – deya suhbatga aralashibdi arab. «Eng yaxshi taom – «istafil» deb e`tiroz bildiribdi yunon. Ularning bahsi tortishuv va janjalga aylanibdi. Yoqalashib, mushtlashayotganlar yonidan nogahon ko’p tillarni biluvchi bir dono kishi o’tib qolibdi. Janjal sababini surishtirib, ularni tinchitibdi. «Ey, nodonlar, – debdi u, – barchangiz bir narsani, ya`ni uzumni orzu qilayapsiz, lekin uni turli tillarda aytmoqdasiz. Yaxshisi bozorga borib, uzum olinglar-da, birgalikda tanavvul qilinglar».

To’rtovlon shu maslahatga amal qilib, yarashibdilar va o’z yo’llariga ketibdilar.

Qissadan hissa shuki, insonlar bir-birlarini anglamasalar, tushunishga intilmasalar, o’zaro nizo boshlanadi.

O’zbekistonning Birinchi Prezidenti tomonidan tanlangan yo’lning to’g’riligini hayotning o’zi tasdiqladi. Bugungi kunda milliy madaniy markazlar jamoat birlashmalari sifatida turli millatlarning o’ziga xos madaniyatlarini rivojlantirish va tar­g’ib qilish bilan birga yoshlar o’rtasida tarbiyaviy ishlarni ham olib bormoqda. Ularda boshqa xalqlarning madaniyati va urf-odatlariga hurmat tuyg’usini uyg’otmoqda.

 

– Diyorimizda umrguzaronlik qilayotgan turli millat vakillari o’zlariga ko’rsatilayotgan beqiyos g’amxo’rliklikka javoban, davlat boshqaruvi ishlarida, ijtimoiy-iqtisodiy hamda madaniy hayotda faol va erkin qatnashmoqda. ko’plab o’zini o’zi boshqarish organlariga esa rus, tatar, qirg’iz, qozoq, ukrain, arman, tojik va boshqa millatlarga mansub fuqarolar rahbarlik qilayapti…

 

– Shuni aytish joizki, Mustaqillik yillarida milliy madaniy markazlar rahbarlari va faollaridan 24 millatga mansub 100 dan ortiq kishi yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlangan. Parlamentda va davlat hokimiyatining barcha tizimlarida turli millat vakillari bor. bu kabi xayrli ishlarning bosh mezoni avvalo, maktab ostonasidan boshlanadi. Ayni paytda o’rta va oliy ta`lim muassalarida o’quv dasturlari 7 tilda – o’zbek, qoraqalpoq, rus, tojik, qozoq, turkman va qirg’iz tillarida olib borilmoqda. Maktab va oliy o’quv yurtlari uchun darsliklar nashr etish esa davlatimiz tomonidan moliyalashtiriladi. Aksariyat madaniyat markazlarida yakshanba kungi maktablar va to’garaklar faoliyat yuritadi, har bir millat vakillarining ona tili va bosh­qa tillar, madaniyati, tarixi, san`ati hamda milliy an`analari o’rgatiladi. Ayni payt­da arman, yahudiy, polyak, tatar, litva, grek, xitoy va koreys markazlarida bu borada qizg’in faoliyat olib borilmoqda. Baynalmilal madaniyat markazida o’zbek, koreys, xitoy va ingliz tillari bo’yicha konkurs­lar muntazam o’tkazib kelinadi. Ayni paytda, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo’mitasi grantlari asosida milliy munosabatlarga oid ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Mazkur tadqiqotlar jarayonida milliy-madaniy markazlar uchun ko’plab yo’riqnomalar, 200 ga yaqin ilmiy maqola va ma`ruza, 20 dan ortiq kitob chop etildi.

 

– Bugun amalga oshirilayotgan islohotlarning asosi bo’lgan fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, mamlakatimizda ijtimoiy barqarorlikni ta`minlash borasida markazning o’rni alohida ahamiyat kasb etadi, shunday emasmi?

 

– Avvalo, shuni ta`kidlashni istardimki, Baynalmilal madaniyat markazi va milliy madaniy markazlar faoliyati davlatimizning doimiy e`tibori va qo’llab-quvvatlashi tufayli ravnaq topmoqda. Mamlakatimizdagi millatlararo totuvlik va barqarorlik xorijlik siyosatshunoslar tomonidan ham yuksak baholanmoqda. Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining oz sonli millatlar bo’yicha sobiq Oliy Komissari Knut Vollebek Baynalmilal madaniyat markazida bir necha bor mehmon bo’ldi. Turli millat vakillariga o’qish, o’z madaniyatini rivojlantirish borasida yaratilgan sharoitlarni ko’rib, bu tajribani boshqa davlatlarga ham yoyish kerak, degan fikr­ni bildirdi. Albatta, bu bejiz emas. Jahonda milliy-etnik munosabatlar murakkablashib, eng ilg’or davlatlarda ham oz sonli millat vakillarini kamsitish, xo’rlash va siqib chiqarish holatlari kuzatilayotgan bir paytda turli millat va elat vakillari yagona oila farzandlaridek ahil va inoq yashayotgan O’zbekiston chindan ham boshqa­larga namuna bo’lishi mumkin.

Vashingtondagi J.Xopkins nomli universitet qoshidagi Markaziy Osiyo va Kavkaz ins­titutining yetakchi eksperti Aftab Qazi shunday deydi: «Men katta ishonch bilan aytamanki, O’zbekiston jahondagi eng bag’rikeng mamlakatdir». Misrdagi yetakchi nashrlardan «Al-Axbor» gazetasi «O’zbekiston: milliy totuvlik tajribasi» maqolasida «O’zbekistondagi millatlararo tinchlikni ta`minlash modeli eng yuksak bahoga loyiq. U arab dunyosi uchun yaxshi namuna bo’lishi mumkin», deb yozsa, «Diniy bag’rikenglik va millatlararo hamjihatlik bobida O’zbekiston Fransiya uchun ham namuna bo’lishi mumkin», deb ta`kidlaydi Versal shahri meri, Fransiya parlamenti quyi palatasi – Milliy assambleya deputati Etyen Pinte.

Insoniyat uchun eng katta boylik tinchlikdir, tinchlikning manbai esa hamjihatlikdir. O’zaro totuvlik va do’stlik, bag’rikenglik va insonparvarlik tamoyillari barqaror go’shadagina inson emin-erkin yashaydi, har qanday orzusiga erishadi.

 

«Jamiyat» muxbiri

Elbek ShOYIMQULOV,

suhbatlashdi.

Teglar:

Foydali havolalar