(Кириллча) Ўзбекистон мева ва сабзавот экспортининг асосий улуши Қозоғистон ҳиссасига тўғри келди.

(Кириллча) Ўзбекистондан шу кунгача 778 миллион долларлик мева-сабзавот четга экспорт қилинди.

(Кириллча) Тошкент метрополитенининг устки қисмида хизмат олиб бораётган Ички ишлар ходимларининг назорат пости олиб ташланди. Бу ҳақда Ички ишлар вазирлиги матбуот хизмати хабар бермоқда.

(Кириллча) Ўзбекистонда ишлаб чиқариладиган пахта ёғи учун акциз солиғи ундирилмайди.

(Кириллча) Жорий йилнинг 24 ноябрь куни мамлакатимизда илк бор «DevFest» – Google Developers Group (GDG) дастурчилар халқаро фестивали бўлиб ўтади.

Bandlik dasturi aniq maqsadlarga yo‘naltiriladi

  • 1899
  • 1899
Jamiyat
Dekabr07/ 2016

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida deputatlar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan kiritilgan «2017 yilga aholi bandligi dasturi» loyihasini muhokama qildi.

Yig’ilishda ta`kidlanganidek, mazkur hujjat demografik omillar va iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlarni hisobga olgan holda hududlar va iqtisodiyot tarmoqlari salohiyatini ishga solish, mehnat resurslaridan oqilona foydalanish orqali aholi bandligini ta`minlash bo’yicha o’zaro bog’langan va kompleks chora-tadbirlarni ko’zda tutadi.
Dasturda 390 ming kishini doimiy ish joyi bilan, 200 ming kishini – qishloq xo’jaligi hamda qurilishda mavsumiy va vaqtinchalik ish bilan, 309 ming kishini – shaxsiy yordamchi va dehqon xo’jaliklari, hunarmandchilik va oilaviy tadbirkorlik orqali ish bilan ta`minlash nazarda tutilgan. Deputatlar tomonidan o’tgan yillardan farqli ravishda kelgusi yil dasturining parametrlari yanada optimallashtirilib, hududlar va korxonalarning real imkoniyatlari hisobga olingani alohida ta`kidlandi.
Jumladan, qurilish va infratuzilmani rivojlantirish, tuman va shaharlarda kichik sanoat zonalari tashkil etish hisobiga ish o’rinlari yaratishning yo’nalishlari kengaytirilgan. Shuningdek, ushbu dastur loyihasini tayyorlashda 2016 yil davomida aholi bandligini ta`minlash parametrlarining ijrosi yuzasidan deputatlar tomonidan amalga oshirilgan parlament nazorati yakunlari natijasida ishlab chiqilgan takliflar e`tiborga olingan.
Ushbu dastur loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari va O’zbekiston ekologik harakati deputatlari guruhi yig’ilishlarida atroflicha muhokama qilinib, bir qator fikr-mulohazalar bildirildi. Xususan, aholi bandligini ta`minlash bo’yicha parlament nazoratini yanada kuchaytirish, har bir deputatning ushbu masalaga mas`uliyatini oshirish lozimligi ta`kidlandi. Mazkur takliflar inobatga olingan holda 2017 yilga aholi bandligi dasturi qabul qilindi.

Jamol NOSIROV,
O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasi a`zosi:

– Keyingi yilga mo’ljallangan bandlik dasturi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari uchun ham muhim ahamiyatga egadir. Chunki ish o’rinlariga talab yuqori bo’lgan 34 ta tumanda aholi bandligini ta`minlash maqsadida ishlab chiqilayotgan maxsus chora-tadbirlar dasturi bevosita ularning ishtirokida amalga oshiriladi. Fraksiyamiz bu nafaqat aholi bandligini ta`minlash imkoniyatlarini kengaytiradi, balki ushbu hududlarda xususiy sektorni rivojlantirish, ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish va servis sohalarini yuksaltirish hamda zamonaviy infratuzilma ob`ektlarini barpo etish imkoniyatini yaratadi, deb hisoblaydi.

Inoyat HOJIYeV,
O’zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi fraksiyasi a`zosi:

– Tuman (shahar) hokimliklari qoshidagi maxsus ishchi komissiyalar faoliyati natijadorligini oshirish asosida aholi bandligi dasturi ijrosi monitoringini samarali tashkil qilish eng muhim vazifalardan biridir. Bunday yondashuv ish joylari qisqarishining oldini olish, ishsiz aholini kasbga qayta o’qitish hajmlarini kengaytirish va shu orqali kafolatlangan ish bilan ta`minlash imkoniyatini beradi. Shundan kelib chiqib biz ta`lim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirishning haqqoniyligini tegishli vazirlik va idoralar o’rtasida elektron axborot almashinuvi tizimi asosida monitoring qilish tajribasini keng joriy qilishni taklif etamiz.

Zulayho AKRAMOVA,
O’zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi a`zosi:

– 2017 yilda aholi bandligini ta`minlashga bo’lgan ehtiyojni aniqlashda yangicha yondashuvlar qo’llanilgani muhim ahamiyatga egadir. Jumladan, dastur loyihasini ishlab chiqishda har bir qishloq (mahalla) bo’yicha demografik holat birma-bir o’rganilgan va ish joylariga muhtoj bo’lgan aholining haqiqiy soni kasblar kesimida aniqlangan. Natijada, ish o’rinlari yaratish imkoni mavjud bo’lgan sohalar va tarmoqlarning ichki imkoniyatlarini maksimal darajada hisobga olgan holda har bir tuman va shahar kesimida aholi bandligini ta`minlashga oid buyurtmalar shakllantirilgan. Fraksiyamiz bunday yondashuvni aholining bandlik darajasini oshirish hamda fuqarolarni manzilli ijtimoiy himoya qilishning samarali yechimlaridan biri deb hisoblaydi.

Ulug’bek SAMATOV,
O’zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasi a`zosi:

– Fraksiyamiz vakillari band bo’lmagan aholini ishga joylashtirish uchun hududiy mehnat organlari faoliyatida zamonaviy axborot texnologiyalari, ish qidirishning ixtisoslashtirilgan dasturlari imkoniyatlaridan foydalanishni kengaytirish lozimligiga e`tibor qaratadi. Bunda ishsizlar, birinchi navbatda yoshlar, xotin-qizlar, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun kasb-hunarga o’qitish markazlari imkoniyatlaridan keng foydalanish dastur ijrosini ta`minlashda muhim ahamiyatga ega, deb hisoblaydi. Chunki, ushbu markazlarda ishsiz fuqarolar, mavjud bo’sh (vakant) ish o’rinlarini hisobga olgan holda talab yuqori bo’lgan bir qator yo’nalishlarda kasb-hunarga qayta o’qitiladi va malakasi oshiriladi.

Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
Axborot xizmati.

Teglar:

Foydali havolalar