(Кириллча) Ўзбекистон мева ва сабзавот экспортининг асосий улуши Қозоғистон ҳиссасига тўғри келди.

(Кириллча) Ўзбекистондан шу кунгача 778 миллион долларлик мева-сабзавот четга экспорт қилинди.

(Кириллча) Тошкент метрополитенининг устки қисмида хизмат олиб бораётган Ички ишлар ходимларининг назорат пости олиб ташланди. Бу ҳақда Ички ишлар вазирлиги матбуот хизмати хабар бермоқда.

(Кириллча) Ўзбекистонда ишлаб чиқариладиган пахта ёғи учун акциз солиғи ундирилмайди.

(Кириллча) Жорий йилнинг 24 ноябрь куни мамлакатимизда илк бор «DevFest» – Google Developers Group (GDG) дастурчилар халқаро фестивали бўлиб ўтади.

Muzlamaydigan chashma

  • 1895
  • 1895
Jamiyat
Dekabr07/ 2016

Navoiy viloyatida mo’`jizakor tabiat boyliklari talay. Shulardan biri Nurota tumanidagi chashmadir. Chashmani mahalliy aholi qadimdan muqaddas sanab keladi. Boisi hududda shu buloqdan boshqa suv chiqadigan joyning o’zi yo’q. Ming yillardan buyon yerlik aholi shu chashma suvidan bahramand bo’lib, hayot kechiryapti.

Nurota chashmasi O’zbekistonning eng sersuv buloqlaridan biri. Undan bir daqiqada 360-400 litr suv hosil bo’ladi. Mahalliy aholi buloq suvini qanday e`zozlasa, undagi baliqlarni ham shunday qadrlaydi. Aytishlaricha, baliqlar chashmadagi obi-hayot bilan shunchalik egizakki, ularning biri kamaysa albatta, ikkinchisi ham ozayadi. Aksincha baliqlar qancha ko’paysa, suv ham shuncha mo’l bo’ladi. Biror kimsa ularni tutmaydi, ozor bermaydi, ovlamaydi. Suv tarkibidagi unsur, elementlar bilan oziqlangani uchun bu baliqlarga ozuqa shart emas. Chashma suvi xushta`m, hidsiz, rangsiz, yumshoq, shirin bo’lib, uning tarkibida kaliy, magniy, xlor, sulfat, kalsiy, kremniy, karbonat, natriy kabi 20 xil mikroelement mavjud. Aholi chashma ko’zini tozalamaydi. Aksincha, bu vazifani undagi baliqlar bajaradi. Shu bois suv bir tekisda oqadi. Chashma suvining harorati yil bo’yi bir xil +19,5 darajada bo’lishi mahalliy aholini ham, mutaxassislarni ham hayratga solib keladi.
Tog’ tizmasi ustida ko’l mavjlanib turadi, desa ehtimol ishonmassiz. Ammo dengiz sathidan 1800 metr balandlikda joylashgan Nurota tog’ tizmasi ustidagi Fozilmon ota ko’liga boqib rad etib bo’lmas haqiqatni anglaysiz. Doira shaklidagi ko’l juda maftunkor. Shamolda uning suvi mavjlanadi. E`tiborlisi, Fozilmon ota ko’liga faqat bitta buloq suvi quyiladi. Dunyoda ko’llar ko’p. Lekin tog’ning ustidagi ko’llar barmoq bilan sanarli. Shuning uchun ham Nurota tog’ining ustidagi Fozilmon ota ko’lining dovrug’i olis-olislarga yetgan bo’lsa ajabmas.
Mahalliy aholining aytishicha, yog’ingarchilik mo’l bo’lgan yillarda ham ko’l o’zanidan toshib chiqmas ekan. Faqat qurg’oqchilik qattiq bo’lganda suvi kamayib qolgan payt mana shunday mavjlanib turarkan.
Nurota tumanining tabiati go’zal va maftunkor. Flora va faunasi boy. Tabiiy va tarixiy yodgorliklari bisyor. Ularning aksariyati betakror. Kishilarni hayratlantirib, zavqini oshiradi. Shu bois bu yerga tashrif buyuruvchilar soni yildan-yilga ortib bormoqda.

Abdulla MAMASODIQOV,
jurnalist

Teglar:

Foydali havolalar