(Кириллча) Ўзбекистон мева ва сабзавот экспортининг асосий улуши Қозоғистон ҳиссасига тўғри келди.

(Кириллча) Ўзбекистондан шу кунгача 778 миллион долларлик мева-сабзавот четга экспорт қилинди.

(Кириллча) Тошкент метрополитенининг устки қисмида хизмат олиб бораётган Ички ишлар ходимларининг назорат пости олиб ташланди. Бу ҳақда Ички ишлар вазирлиги матбуот хизмати хабар бермоқда.

(Кириллча) Ўзбекистонда ишлаб чиқариладиган пахта ёғи учун акциз солиғи ундирилмайди.

(Кириллча) Жорий йилнинг 24 ноябрь куни мамлакатимизда илк бор «DevFest» – Google Developers Group (GDG) дастурчилар халқаро фестивали бўлиб ўтади.

Mirishkor xalqimizning mehnati mahsuli

  • 1921
  • 1921
Jamiyat
Dekabr14/ 2016

O’lkamizning boy tabiati, to’rt fasl o’z o’rnida keluvchi betakror iqlimi, qishin-yozin o’z ne`matlarini ayamaydigan saxovatli tuprog’i hammaning havasini keltiradi. Cho’pon tayog’ini suqsa, niholga aylanib, hosil beradigan bu so’lim go’sha bejiz jannatmonand deb ta`riflanmaydi. Ona yerimizda yetishtirilgan sarxil meva-sabzavotlar – naqsh olmayu qirmizi anor, nashvatiyu shoda-shoda marvaridday uzumlar, tilyorar qovunu xushta`m tarvuzlar… Bularning bari mehnatkash va mirishkor, mehmondo’st va tanti xalqimizga Yaratganning in`omi.

Poytaxtimizdagi «O’zekspomarkaz»da bo’lib o’tgan xalqaro meva-sabzavot yarmarkasida ham bu jihatlar yana bir bor namoyon bo’ldi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 2016 yil 1 iyundagi Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasini tashkil etish va uni har yili o’tkazib turish chora-tadbirlari to’g’risidagi qaroriga asosan «O’zbekoziqovqatxolding», «O’zvinosanoat-xolding» xolding kompaniyalari, «O’zbekoziqovqatzaxira» uyushmasi, «O’zagroeksport» tashqi savdo kompaniyasi va «Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi direksiyasi» mas`uliyati cheklangan jamiyati tomonidan tashkil etilgan mazkur yarmarkada mamlakatimizning meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish, qayta ishlash, eksport qilishga ixtisoslashgan kompaniyalari ishtirok etdi.
Forumda AQSh, Buyuk Britaniya, Italiya, Fransiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Janubiy Koreya, Yaponiya, Malayziya, Hindiston, Rossiya, Latviya, Ozarbayjon, Turkmaniston, Eron, Afg’oniston, Qozog’iston kabi o’ttizdan ziyod mamlakatdan qayta ishlash va savdo kompaniyalari, tashkilotlari, savdo-sanoat palatalari, qishloq xo’jaligi yo’nalishidagi vazirlik va idoralar, logistika kompaniyalari vakillari qatnashdi.
Yarmarka doirasida meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchilar va ularning hamkorlari ishtirokida davra suhbatlari, muzokaralar tashkil etilib, qatnashchilar intensiv bog’larga, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalarga, sovutish komplekslariga tashrif buyurdi.

Teglar:

Foydali havolalar