(Кириллча) Ўзбекистон мева ва сабзавот экспортининг асосий улуши Қозоғистон ҳиссасига тўғри келди.

(Кириллча) Ўзбекистондан шу кунгача 778 миллион долларлик мева-сабзавот четга экспорт қилинди.

(Кириллча) Тошкент метрополитенининг устки қисмида хизмат олиб бораётган Ички ишлар ходимларининг назорат пости олиб ташланди. Бу ҳақда Ички ишлар вазирлиги матбуот хизмати хабар бермоқда.

(Кириллча) Ўзбекистонда ишлаб чиқариладиган пахта ёғи учун акциз солиғи ундирилмайди.

(Кириллча) Жорий йилнинг 24 ноябрь куни мамлакатимизда илк бор «DevFest» – Google Developers Group (GDG) дастурчилар халқаро фестивали бўлиб ўтади.

Qosh qo‘yaman deb, ko‘z chiqarmang!

  • 1915
  • 1915
Jamiyat
Dekabr14/ 2016

Yaqinda Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti jarrohlik amaliyoti paytida infeksiyalar yuqish holatlari bo’yicha tadqiqot o’tkazib, uning natijalari asosida 29 ta aniq tavsiyani o’z ichiga olgan yo’riqnoma e`lon qildi. Mazkur tavsiyalar shifoxonalarda bemorlarning infeksiya yuqtirib olish holatlarini kamaytirishga yo’naltirilgani bilan ahamiyatlidir.

– Hech kim shifokorga murojaat qilish yoki tibbiy yordam olish chog’ida boshqa kasallikka chalinmasligi lozim, – deydi JSST bosh direktorining sog’liqni saqlash tizimi va sog’liqni saqlash yo’nalishidagi innovatsiya masalalari bo’yicha yordamchisi Mari-Pol Kiyeni. – Shuning uchun ham jarrohlar guruhi operatsiyadan oldin bemorni yaxshilab tayyorlashi, virus tushishi mumkin bo’lgan har qanday holatni bartaraf etish shart. Operatsiyaning muvaffaqiyati ham shunga bog’liq.
JSST mutaxassislarining ta`kidlashicha, aksar infeksiyalar jarrohlik amaliyoti vaqtida kesilgan joylarga tushadi. Xususan, aholining daromadi past bo’lgan mamlakatlarda bemorlarning 11 foizi aynan jarrohlik vaqtida virus yuqtirib oladi.
Shuning uchun shifoxonalarda ozodalikni ayniqsa, jarrohlik vositalarining tozaligini nazorat qilish lozim. Qolaversa, kesilgan joyni qaysi ip bilan tikish yoki kesuvchi uskunaning ishga qanchalik yaroqligigi muntazam tekshiruvdan o’tkazib turilishi maqsadga muvofiq.
– Ko’plab xastaliklar jarrohlik amaliyotini talab etishini yaxshi bilamiz, – deydi JSSTning xizmat ko’rsatish va xavfsiz xizmat masalalari bo’yicha departamenti direktori Ed Kelliy. – Afsuski, davolanish uchun jarrohlik amaliyotini boshidan o’tkazgan ayrim bemorlar infeksiya yuqtirayotgani ham bor gap. Shuning uchun JSST tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyalarga e`tibor qaratish, uni hayotga tatbiq etish foydadan holi bo’lmaydi.
Bundan tashqari, JSST tavsiyalariga ko’ra, profilaktik maqsaddagi antibiotiklardan jarrohlik amalayotigacha bo’lgan vaqtda foydalanish maqsadga muvofiq.
Aytish mumkinki, antibiotiklar bakteriyali infeksiyalarni davolashda keng qo’llaniladigan vositalardan hisoblanadi. Lekin ayrim infeksion bakteriyalar vaqt o’tgan sari antibiotiklarga qarshi chidamlilik darajasini oshiradi, dori vositalariga moslashadi. Bunday holatlar dori vositasini noto’g’ri, ya`ni pala-partish qabul qilish paytida yuzaga keladi. Natijada infeksiya yashashda davom etadi.
Tadqiqodlardan ma`lum bo’lishicha, tavsiyalarga rioya etilishi, ya`ni profilaktik chora-tadbirlarning amalga oshirilishi tufayli jarrohlik amaliyoti vaqtida infeksiya yuqishining oldi olingan. Ayni paytda mutaxassislar Afrikada bu boradagi izlanishlarni davom ettirmoqda. Qit`ada JSST tavsiyalariga rioya etilsa, bemorlarga infeksiya tushish xavfi 39 foizgacha kamayishi mumkin.
Ta`kidlash joizki, shu paytgacha aniq yo’naltirilgan xalqaro miqyosdagi tavsiyalar yo’q edi. Mutaxassislar ishlab chiqilgan yangi qo’llanma barcha mamlakatlar hayotiga to’g’ri kelishi, uni milliy tibbiyotga moslashtirish qiyinchilik tug’dirmasligini aytmoqda. Agar ushbu qo’llanmaga rioya etilsa, ortiqcha sarf-xarajatning oldi olinib, tibbiy xizmat ko’rsatish sifati yangi bosqichga chiqadi.
Internet materiallari asosida Rufat

NYEMATOV tayyorladi

Teglar:

Foydali havolalar