(Кириллча) Ўзбекистон мева ва сабзавот экспортининг асосий улуши Қозоғистон ҳиссасига тўғри келди.

(Кириллча) Ўзбекистондан шу кунгача 778 миллион долларлик мева-сабзавот четга экспорт қилинди.

(Кириллча) Тошкент метрополитенининг устки қисмида хизмат олиб бораётган Ички ишлар ходимларининг назорат пости олиб ташланди. Бу ҳақда Ички ишлар вазирлиги матбуот хизмати хабар бермоқда.

(Кириллча) Ўзбекистонда ишлаб чиқариладиган пахта ёғи учун акциз солиғи ундирилмайди.

(Кириллча) Жорий йилнинг 24 ноябрь куни мамлакатимизда илк бор «DevFest» – Google Developers Group (GDG) дастурчилар халқаро фестивали бўлиб ўтади.

Paytavasiga qurt tushdi, ammo…

  • 1953
  • 1953
Jamiyat
Dekabr22/ 2016

Xalqaro amaliyot shuni ko’rsatmoqdaki, terrorchi tashkilotlar o’zgarishlarga, turli iqtisodiy cheklovlarga tez moslashib, o’z faoliyatini moliyalashtirishning yangi yo’llarini topmoqda. Bu esa jahon hamjamiyatidan o’z vaqtida samarali chora ko’rish, ularning yo’liga to’siq qo’yish uchun sa`y-harakatlarni birlashtirishni talab etmoqda.

Bunda ayniqsa, terrorizmni moliya­lashga qarshi kurashda xalqaro qonunchilikka rioya etish zarur. Aytish mumkinki, jinoiy to’dalarning faoliyatiga chek qo’yish, moliyalash yo’llarini qirqishga qarshi kurash o’tgan asrda boshlangan edi. Xususan, 1999 yilda BMTning terrorizmni moliyalashga qarshi kurash bo’yicha konvensiyasi qabul qilindi. Mazkur Konvensiya ijrosini ta`minlash maqsadida Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishda moliyaviy choralarni ishlab chiquvchi hukumatlararo guruh va BMTning Xavf­sizlik Kengashi hamkorlikda ish olib bormoqda.

Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishda moliyaviy choralarni ishlab chiquvchi xalqaro guruh sakkizta mintaqaviy guruhni o’z tarkibida birlashtirgan. Ushbu yagona xal­qaro tarmoq jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasida global standartlarni ishlab chiqadi, milliy tizimlarning mazkur standartlarga muvofiqligini ta`minlaydi.

Joriy yilning oktyabr oyida AQSh Kongressi huzuridagi Ichki xavf­sizlikni ta`minlash bo’yicha qo’mita ayrim yirik terroristik tashkilotlarning iqtisodiy manbalari bo’yicha ma`ruzasini e`lon qildi. Mazkur ma`ruzada terrorchilarning so’nggi o’n oydagi harakatlari kiritilgan.

Qo’mita mutaxassislarining aytishicha, ayni kunda global tus olayotgan IShID terrorchilik tashkiloti o’z daromadini 7 ta asosiy manba hisobiga shakllantiradi. Neft va gaz, sement, tuz sotuvidan, qo’rqitish yo’li bilan pul undirish, odam o’g’irlash va sotish, turli hamkorlardan iqtisodiy ko’mak olish shular jumlasidandir. Bu jarayonda boshqa davlatlarda musulmonlar uchun tashkil etilgan fondlar orqali mablag’ to’plash ham terrorchilar tomonidan o’ylab topilayotgan yangi yo’nalishlar sirasiga kirmoqda.

Ularning pul topish uchun eng ko’p foydalanadigan usuli odam o’g’irlash va uni sotish hisoblanadi. Masalan, 2014 yili mazkur terrorchilik tashkiloti garovdagilarni sotish evaziga 45 million dollar ishlab topgan. terrorchilar bilan bu borada muzokara olib borishni taqiqlash bo’yicha siyosat yuritilganiga qaramay, aksar Yevropa mamlakatlari o’z fuqarolarini qaytarish maqsadida pul to’lashga majbur bo’lgan.

Jinoyatchilar mahalliy aholining daromadlarini ham tortib olmoqda. Ma`ruzadagi ma`lumotlarga ko’ra, jangarilar 360 million dollarni mahalliy aholiga soliq solish evaziga to’plagan. Aksar soliq mablag’lari qiynoqlar, o’lim bilan tahdid etish evaziga yig’ilgan. Aytish o’rinliki, Iroq hukumati terrorchilar Mosulni egallagandan so’ng ham davlat ishidagi fuqarolarga oylik maosh, nafaqadagilarga nafaqasini to’lab turgan. Bu mablag’larning 50 foizini esa terrorchilar o’zlashtirgan.

Shuningdek, ma`ruzada keltirilishicha, ayrim davlatlarning huquq-tartibot idoralari madaniy meros buyumlari oldi-sottisi, ya`ni bu boradagi «qora bozor»ga yetarli darajada e`tibor bermayapti. Zero, bu ham terrorchilarning asosiy daromad manbalaridan hisoblanadi. Jumladan, IShID qadimiy madaniy boyliklar savdosidan har yili 100 million dollar miqdorida pul to’plagan. Mazkur buyumlar keyinroq London, Nyu-York savdolarida paydo bo’lgan.

Xullas, mana shular orqali umumiy pul zaxirasi shakllantirilgan. Raqamlarga e`tibor qaratadigan bo’lsak, terrorchilarning 2015 yildagi daromadi bir milliard dollarni tashkil etgan. Shundan 500 millioni neft sotuvidan tushgan. 2016 yil boshigacha IShID Suriya hududidan 50 foiz, Iroq hududidan 10 foiz neft qazib olishga muvaffaq bo’lgan. Shuningdek, 300 neft quvurini nazorat qilgan. Har kuni 80-120 ming barell qazib olingan «qora oltin» dan 2-4 million dollargacha foyda ko’rgan.

Ekspertlarning bildirishicha, Mosul va Raqqani ozod etish bo’yicha amalga oshirilgan operatsiyalar tufayli terrorchilar daromad manbalaridan mahrum bo’lgan. Xususan, muhim neft konlari hukumat nazoratiga o’tgani bois, ular tang ahvolda qolmoqda. Mutaxassislar terrorchilar bu jarayondan chiqib ketish uchun onlayn pul o’tkazmalaridan ko’proq foydalanishi mumkinligini bildirmoqda. Ayniqsa, odam o’g’irlash, musulmonlardan aldash yo’li orqali yig’ilgan xayriya mablag’larini o’zlashtirish yanada kuchayishi mumkin. Shu bois, ayrim ekspertlar mamlakatlarni xayriya maqsadida tashkil etilayotgan yangi fondlar, jamg’armalar faoliyatini ham nazardan qochirmaslikni so’ramoqda.

Terrorizm va ektremizm balosi hali beri kun tartibidan tushadigan masala emasligi tobora oydinlashmoqda. Bunday illatni batamom yo’q qilish uchun esa xalqaro jamoatchilik yanada hamkor va hamfikr ish yuritishi maqsadga muvofiqdir.

Teglar:

Foydali havolalar