(Кириллча) Ўзбекистон мева ва сабзавот экспортининг асосий улуши Қозоғистон ҳиссасига тўғри келди.

(Кириллча) Ўзбекистондан шу кунгача 778 миллион долларлик мева-сабзавот четга экспорт қилинди.

(Кириллча) Тошкент метрополитенининг устки қисмида хизмат олиб бораётган Ички ишлар ходимларининг назорат пости олиб ташланди. Бу ҳақда Ички ишлар вазирлиги матбуот хизмати хабар бермоқда.

(Кириллча) Ўзбекистонда ишлаб чиқариладиган пахта ёғи учун акциз солиғи ундирилмайди.

(Кириллча) Жорий йилнинг 24 ноябрь куни мамлакатимизда илк бор «DevFest» – Google Developers Group (GDG) дастурчилар халқаро фестивали бўлиб ўтади.

Lima kelishuvi hamkorlikni -kuchaytiradi

  • 1967
  • 1967
Jamiyat
Dekabr28/ 2016

Peru poytaxti Lima shahrida «Sifatli o’sish va inson zaxiralari taraqqiyoti» shiori ostida Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi (OTIH) sammiti bo’lib o’tdi. Dunyoning 21 davlati rahbari mintaqaning savdo va iqtisodiy rivojlanish masalalarini muhokama etdi.

 

Lima forumida OTIH erkin savdo hududini barpo etish, transport kommunikatsiyasi hamda sarmoyalarni jalb etish va savdoni liberallashtirish sohasida erishilgan yutuqlar haqida ham   fikr almashildi. Hozirda OTIHga a`zo davlatlar jahon yalpi mahsulotining 57 foizini ishlab chiqaradi. Xal­qaro savdo aylanmasining 48 foizi, bevosita xorijiy sarmoyalarning 40 foizidan ortig’i hamda jahon aholisining 40 foizdan ziyodi ushbu tashkilotga a`zo davlatlar hissasiga to’g’ri keladi.

Bundan tashqari, anjumanda moliyaviy va inson zaxiralaridan samarali foydalanish, erkin savdoni rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, odamlar turmush darajasini oshirish kabi jahon iqtisodiyotining asosiy masalalari haqida so’z yuritildi. Ta`kidlanishicha, jahon iqtisodiyoti tiklanmoqda, ammo tobora jiddiy to’siqlarga ham duch kelmoqda.

Ana shunday vaziyatdan kelib chiqib, OTIH yetakchilari raqobatbardoshlikni kuchaytirish maqsadida valyutalarni qadrsizlantirish va sun`iy ta`sir ko’rsatish bilan ularning almashuv kurslarini o’zgartirmaslikka kelishib oldi. Bu boradagi to’siqlar, mavjud muammolar atroflicha muhokama etildi.

Qayd etilishicha, davlatlar o’rtasidagi pul siyosatini yengillashtirish, valyuta qadrsizlanishini kamaytirish uchun ayni yo’nalishdagi ishlarni tartibga solish lozim. Agar bunday qadamlar qo’yiladigan bo’lsa, bundan manfaatdor tomonlar birdek foyda ko’radi. Zero, global sharoitda davlatlar o’rtasidagi iqtisodiyot bir-biriga yanada bog’lanib bormoqda.

Bundan tashqari, Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi tashkilotiga a`zo davlatlar rahbarlari Limada bo’lib o’tgan sammit yuzasidan yakuniy deklaratsiyani qabul qildi.

Unda ishtirokchi tomonlar mustaqil ravishda iqtisodiy islohotlar o’tkazish, istiqbolli mintaqaviy savdo kelishuvlari va erkin savdo bitimlarini imzolashga chaqirilgan. Shuning uchun sammit ishtirokchilari OTIHni Osiyo-Tinch okeani erkin savdo hududini yaratishdagi o’rnini yuqori baholagan. Qabul qilingan deklaratsiyada ham bu masalaga alohida e`tibor qaratilgani esa o’zaro hamkorlikni yuqori bosqichga olib chiqadi. Zero, tomonlar OTIH savdo-investitsiyaviy masalalarni hal etishda yangi mexanizmlarni joriy etish, ayniqsa, erkin savdo hududini shakllantirishda yanada faol bo’lishi maqsadga muvofiq ekanini bildirmoqda.

Shu bilan birga, tomonlar, bozorlar ochiqligini saqlab qolish, proteksionizmga qarshi kurash sifatida shu kabi choralarga qo’llanilgan moratoriyni 2020 yilga qadar uzaytirish borasida yakdilligini ma`lum qilgan. Qolaversa, davlatlar o’zaro hamkorlik qilishga, a`zo mamlakatlar aholisining hayotini sifat jihatidan ko’tarishga, dunyodagi mavjud muammolarga birgalikda yechim topish lozimligiga e`tibor qaratmoqda.

Albatta, bugungi kunda OTIHga a`zo davlatlarning iqtisodiy ko’rsatkichlari bir xil emas. Ba`zi davlatlarda rivojlanish yuqori sur`atlarda davom etayotgan bo’lsa, boshqalarida aksincha. Boz ustiga, ayni paytda atrof-muhit ifloslanishi, iqlim o’zgarishi kabi tabiiy omillar aksar davlatlar iqtisodiyotiga salbiy ta`sir o’tkazmoqda. Mutaxassislar bunday muammolar yechimini topishda OTIH muhim vazifani o’taydi deb ishonmoqda.

Hujjatda aytilishicha, energiya resurslarini rivojlantirish hamda energetik xavfsizlikni ta`minlash OTIH hududining rivojiga xizmat qiladi. Shu nuqtai nazardan davlatlar rahbarlari bu yo’nalishda ham hamkorlikni kuchaytirishga alohida e`tibor qaratib, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ko’paytirishga kelishib oldi.

Sammit ishtirokchilari terrorizmga qarshi kurash, uning barcha shakllarini bartaraf etish masalalariga alohida to’xtaldi. Qayd etildiki, terrorizm balosi iqtisodiyotga xavf soluvchi asosiy omildir. Shu boisdan OTIH doirasida xavfsiz savdoni ta`minlash va terrorizmga qarshi kurash bo’yicha strategiyani ishlab chiqish ko’zda tutilgan.

 

Internet materiallari asosida Rufat NEMATOV tayyorladi.

Teglar:

Foydali havolalar