(Кириллча) Ўзбекистон мева ва сабзавот экспортининг асосий улуши Қозоғистон ҳиссасига тўғри келди.

(Кириллча) Ўзбекистондан шу кунгача 778 миллион долларлик мева-сабзавот четга экспорт қилинди.

(Кириллча) Тошкент метрополитенининг устки қисмида хизмат олиб бораётган Ички ишлар ходимларининг назорат пости олиб ташланди. Бу ҳақда Ички ишлар вазирлиги матбуот хизмати хабар бермоқда.

(Кириллча) Ўзбекистонда ишлаб чиқариладиган пахта ёғи учун акциз солиғи ундирилмайди.

(Кириллча) Жорий йилнинг 24 ноябрь куни мамлакатимизда илк бор «DevFest» – Google Developers Group (GDG) дастурчилар халқаро фестивали бўлиб ўтади.

«Ommaviy madaniyat» targ‘ibotini

  • 1964
  • 1964
Jamiyat
Dekabr28/ 2016

Bugun «ommaviy madaniyat»ning «hujumlari» oqibatida asrlar davomida mustahkamlanib, ajdodlardan avlodlarga meros bo’lib kelayotgan qadriyatlar, milliy urf-odat va an`analar, mentalitet, madaniyat, xalq ma`naviyatiga jiddiy putur yetmoqda. U omma orasiga asosan, turli kinofilm va multfilmlar, pornografik videolar, klip va musiqiy mahsulotlar orqali kirib bormoqda. «Ommaviy madaniyat»ning sarqitlari ongu tafakkurini egallagan loqayd kishilarga (afsuski, bugungi kunda faqat yoshlar deya olmaymiz) esa jamiyatdagi bunyodkorlik, tinchlik-osoyishtalikni saqlash, insonparvarlik, vatanparvarlik kabi ezgu g’oyalar yot bo’lib qolayotgani jiddiy tashvish tug’diradi.

 

Qaysi bozorga tushmang, turli disk sotuvchilariga duch kelasiz. Ularni reklama qilib chorlayotganlar esa eng zamonaviy qo’shiqlaru oxirgi chiqqan jahon va o’zbek kinolari shu yerdaligini aytib, maqtaydi. Yonidan shunchaki o’tib ketolmaysiz. Ammo ularning hammasi ham bizning ma`naviyatimizga, mentalitetimizga to’g’ri keladimi? Chet elning vahshiylik va zo’ravonlikni targ’ib etuvchi filmlarini to’g’ridan-to’g’ri diskka joylab sotaverish qanchalik to’g’ri? Bu bir biznes sifatida tadbirkorga daromad keltirishi mumkin, ammmo uning ortidan millat ma`naviyatiga yetkazilayotgan zararni biror narsa bilan to’ldirib bo’ladimi? yaxshilab surishtirib ko’rsangiz, bunday tadbirkorlarning ko’pchiligi disk savdosi bilan shug’ullanish uchun na litsenziya, na ruxsatnoma olgan.

Ana shunday tadbirkorlardan Shavkat Rashidov va Temur Razzoqovlar «Siyob deh­qon bozori» MChJdagi 16-savdo do’konida «DVD» va «CD» disk­lar savdosi bilan shug’ullanib kelardi. Sotilayotgan disk­lar bilan bog’liq biror hujjati yo’q edi. 2015 yilning 19 fevralida Davlat soliq qo’mitasi Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish Bosh boshqarmasi viloyat bo’limi xodimlari tomonidan mazkur savdo do’konida o’tkazilgan tekshiruv natijasida ularning faoliyati qonunlarga xilof ekani tasdiqlandi. Natijada savdogarlardan 16 million 736 ming so’mga teng bo’lgan 5 ming 303 dona «DVD» va «CD» disk daliliy ashyo sifatida olib qo’yildi.

«O’zbekkino» milliy agent­ligi «Samarqandkino» viloyat hududiy bo’limi mutaxassislarining xulosasiga ko’ra, mazkur disklarning asosiy qismi shafqatsizlik, vahshiylik va behayolikni targ’ib qiluvchi kinofilmlar ekani, ularni mamlakatimiz hududida namoyish etish, ko’paytirish va sotish qonunga xilofligi tasdiqlandi. Aybdorlarga belgilangan tartibda jazo tayinlandi.

Biroq o’zini uddaburon sanaydigan bu ikki yigit tegishli ogohlantirishlardan to’g’ri xulosa chiqarmadi. Qilayotgan ishlari kishilar ongini zaharlash, yovuzlik sari yetaklashga xizmat qilayotganini bilib, bilmaslikka oldi. Ko’p o’tmay «Karim Salloh Olim» MChJ hududidan yana bir do’konni ijaraga oldiyu, ko’rilgan «zarar»ni qoplashga kirishdi. Do’konni behayolik, vahshiylikni targ’ib qiladigan disklarga to’ldirdi. Ularni o’zlari istagan narxda, to’lov cheklarisiz pullay boshladi. Kutilganidek, savdogarlarning bu noqonuniy ishi ham ko’pga bormadi. Huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan ularning faoliyati o’rganilib, umumiy qiymati 18 million 818 ming so’mlik 5 ming 599 dona «DVD» va «VCD» disk daliliy ashyo sifatida olib qo’yildi. Huquqbuzarlarning qilmishlari jinoyat ishlari bo’yicha Samarqand shahar sudi tomonidan ko’rib chiqilib, jazo tayinlandi.

Bunday «tadbirkor»lar oramizda kam deysizmi? Jaraq-jaraq pul evaziga beg’ubor qalb­larga shahvoniy illatlarni, qonxo’rlik va vahshiylikni singdirishga urinar ekan, bu hatto o’zining o’g’il-qizlariga ham yetib borishi, ayrim yoshlarning ongini egallab, dahshatli jinoyatlarga boshlashi, bolani kitobdan yulib olib, televizor yoxud kompyuterga «mixlab» qo’yishi mumkinligini o’ylamaydi.

Shu o’rinda bir haqli savol kishini o’ylantiradi. Ularning tegirmoniga suv quyayotgan, bilib turib mahsulotlarini sotib olayotgan aslida o’zimiz emasmi? Shunday ekan, bunday nopok yo’l bilan pul topayotganlarga qarshi nafaqat huquqni muhofaza qilish idoralari, balki butun jamoatchilik kurashishi talab etiladi.

Abduhoshim ZIYODOV,

jurnalist

Teglar:

Foydali havolalar