(Кириллча) Ўзбекистон мева ва сабзавот экспортининг асосий улуши Қозоғистон ҳиссасига тўғри келди.

(Кириллча) Ўзбекистондан шу кунгача 778 миллион долларлик мева-сабзавот четга экспорт қилинди.

(Кириллча) Тошкент метрополитенининг устки қисмида хизмат олиб бораётган Ички ишлар ходимларининг назорат пости олиб ташланди. Бу ҳақда Ички ишлар вазирлиги матбуот хизмати хабар бермоқда.

(Кириллча) Ўзбекистонда ишлаб чиқариладиган пахта ёғи учун акциз солиғи ундирилмайди.

(Кириллча) Жорий йилнинг 24 ноябрь куни мамлакатимизда илк бор «DevFest» – Google Developers Group (GDG) дастурчилар халқаро фестивали бўлиб ўтади.

Davlatning «uchinchi qo’li»

Jamiyat
Dekabr05/ 2016

Nodavlat tashkilotlar rivoji davlat boshqaruvi va uning iqtisodiy taraqqiyotida muhim o’rin tutadi. Mutaxassislar nodavlat sektor boshqalarga qaraganda biroz zaif ekanini, shuning uchun davlat bu sektor rivojiga ham alohida e`tibor qaratishi lozimligini ta`kidlamoqda.

Fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish masalalari bilan shug’ullanib kelayotgan Xalqaro nodavlat huquqiy markazi xodimlari ham ana shunday fikrda. Aytish joizki, mazkur markaz dunyoning 100 dan ortiq mamlakatida faoliyat olib boradi. U dunyodagi turli birlashmalarga huquqiy jihatdan ko’mak ko’rsatadi, fuqarolik jamiyati institutlarining rivoji yo’lida hamkorlikda ish olib boradi.
Xalqaro nodavlat huquqiy markazi vakillarining ta`kidlashicha, bugungi kunda NNT davlat tashkilotlari bilan o’zaro ijtimoiy sheriklik asosida faoliyat olib borishi maqsadga muvofiqdir. Bu ko’plab masalalar yechimiga ijobiy ta`sir ko’rsatadi. Agar nodavlat sektorning aholi bilan to’g’ridan-to’g’ri ishlashi inobatga olinsa, qonun ijodkorligida ularning tajribasi qo’l keladi. Huquqiy hujjatlarning sifati oshadi, ijro vaqtida qiyinchiliklar kamayadi.
Ayni paytda rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda fuqarolik jamiyati institutlari, xususan, nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatini kuchaytirishga alohida e`tibor qaratib kelinmoqda. Xalqaro markaz mutaxassislarining aytishicha, so’nggi yillarda 40 dan ortiq mamlakatda sohaga doir huquqiy hujjatlarga o’zgartirishlar kiritildi.
– Bugun «uchinchi sektor» faoliyatining sezilarli ravishda kuchayishidan barcha mamlakatlar manfaatdor, – deydi markaz rahbari Duglas Ratsen. – Boisi, xalqaro iqtisodiyotda nodavlat sektorning ulushi ortib bormoqda. Masalan, 50 ta yirik xalqaro korporatsiyada 20 million kishi ishlaydi, nodavlat sektorda esa bu raqam ikki barobar ko’p.
Bundan tashqari, Yevropa mamlakatlarida nodavlat tashkilotlar aholining 4,4 foizini ish bilan ta`minlagan. Shu bilan birga, ularning yangi ish o’rni yaratishdagi o’rni yuqori. Xususan, Fransiyada har yettinchi ish o’rni aynan nodavlat sektor tomonidan yaratiladi. Bu insonlar soliqlarni to’laydi, pullik xizmatlardan foydalanadi. Shuning uchun ham iqtisodiyot vazirliklari nodavlat tashkilotlar faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan huquqiy me`yorlar ishlab chiqishni talab etmoqda.
Chindan ham, fuqarolik jamiyati institutlarining rivoji demokratik qadriyatlarning chuqur ildiz otishiga olib keladi. Ayrim davlatlarda muhim ijtimoiy-iqtisodiy masalalar aynan «uchinchi sektor» orqali hal etiladi.
– Yevropaning inson huquqlari bo’yicha konvensiyasida qayd etilganidek, insonlar ma`lum maqsadlariga erishish uchun birlashmalarni ro’yxatdan o’tkazish huquqiga ega, – deydi Duglas Ratsen. – Fransiya, Belgiya, Gollandiya fuqarolari esa turli birlashmalarni davlat aralashuvisiz tashkil etishi mumkin. Bu jarayonda ular o’z faoliyati xususida davlatga ma`lumot beradi xolos. Aytish mumkinki, boshqa aksar mamlakatlarda aniq maqsadga yo’naltirilgan birlashmani tashkil etish uchun ro’yxatdan o’tish talab etiladi. Ana shunday jihatlardan kelib chiqib, nodavlat notijorat tashkilotlar uchun qo’yilgan har qanday talab huquqiy hujjatlarda aks ettirilishi lozim.
Xalqaro tajribada davlatdan preferensiya yoki mablag’ olmaydigan hamda unchalik katta bo’lmagan jamoat birlashmalarining faoliyatini tartibga solish, ularning ichki ishiga aralashuv kam hollarda kuzatiladi. Ekspertlarning ta`kidlashicha, faoliyati keng qamrovli bo’lmagan NNT xotirjam ish yuritishi lozim. Buning uchun esa davlat ana shunday qulay muhit yaratib berishi zarur. Masalan, bir necha kishini o’z atrofiga birlashtirgan havaskor shaxmatchilar klubining davlatga tez-tez hisob berishi NNT ishiga davlatning aralashuvini kuchaytirib yuboradi. Hisobot taqdim etilgan taqdirda ham u juda qisqa va lo’nda bo’lishi ayni muddaodir. Bu ish unumdorligini oshiradi, ortiqcha ovoragarchilikning oldini oladi. Lekin ayrim siyosatchilar NNT dan jinoiy maqsadlarda ham foydalanilgan holatlar yuzaga kelgani tufayli ulardan tez-tez hisobot talab etish shart, deb hisoblaydi.
Xullas, fuqarolik jamiyati institutlari yanada rivojlansa, jamiyat hayotida yuzaga kelayotgan ko’plab masalalar tezda hal etiladi.

Internet materiallari asosida Rufat NEMATOV tayyorladi.

Foydali havolalar