(Кириллча) Ўзбекистон мева ва сабзавот экспортининг асосий улуши Қозоғистон ҳиссасига тўғри келди.

(Кириллча) Ўзбекистондан шу кунгача 778 миллион долларлик мева-сабзавот четга экспорт қилинди.

(Кириллча) Тошкент метрополитенининг устки қисмида хизмат олиб бораётган Ички ишлар ходимларининг назорат пости олиб ташланди. Бу ҳақда Ички ишлар вазирлиги матбуот хизмати хабар бермоқда.

(Кириллча) Ўзбекистонда ишлаб чиқариладиган пахта ёғи учун акциз солиғи ундирилмайди.

(Кириллча) Жорий йилнинг 24 ноябрь куни мамлакатимизда илк бор «DevFest» – Google Developers Group (GDG) дастурчилар халқаро фестивали бўлиб ўтади.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyormiz!

  • 1988
  • 1988
Jamiyat
Dekabr05/ 2016

Ayni kunlarda mamlakat miqyosida barcha saylov uchastkalarida saylovchilarning ovoz berishi uchun hamma qulayliklar muhayyo etilgan. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o’tkazuvchi 6-Namangan saylov okrugi hududida tuzilgan 690 ta saylov uchastkasida ham ana shu manzarani ko’rish mumkin.

Viloyat markazidagi 79-saylov uchastkasi Namangan xizmat ko’rsatish kasb-hunar kolleji binosida joylashgan.
– Bizda ro’yxatga olingan 2998 nafar saylovchi uchun barcha sharoitlar yaratildi, – deydi uchastka saylov komissiyasi raisi Dildora Rahmonova. – Birinchi marta saylovda ishtirok etuvchi 30 nafar yigit-qizni bevosita saylov uchastkamizga taklif etib, saylov qonunchiligi haqida suhbatlar o’tkazdik. Saylovchilar uchastkada yaratilgan sharoit, nomzodlarning dasturlari bilan tanishib bormoqda.
Darhaqiqat, saylov uchastkasi zarur jihozlar, aloqa vositalari va kerakli huquqiy adabiyotlar bilan ta`minlangan. Ovoz berish kabinalari, saylov qutisi shay holatda. Shuningdek, ona va bola, tibbiyot xonalari tashkil etilib, kerakli jihozlar, o’yinchoq hamda dori vositalari muhayyo etilgan.
Saylov uchastkasi faoliyati bilan tanishar ekanmiz, jismoniy imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maxsus panduslar o’rnatilganiga guvoh bo’ldik. Bundan tashqari, salomatligi yaxshi emasligi tufayli saylov kuni uchastkaga kelib ovoz bera olmaydigan fuqarolar ham komissiyaning e`tibor markazida. 13 nafar ana shunday saylovchi ro’yxatga olingan bo’lib, ular o’z huquqini amalga oshirishi uchun ko’chma quti tayyorlangan.
Saylov uchastkasida saylov kuni ma`lum sabablarga ko’ra o’z yashash joyida bo’lmaydigan 8 nafar fuqaro «O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risida»gi Qonunning 31-moddasiga muvofiq muddatidan oldin ovoz berdi.

Sohib RAFIQOV

Teglar:

Foydali havolalar