(Кириллча) Ўзбекистон мева ва сабзавот экспортининг асосий улуши Қозоғистон ҳиссасига тўғри келди.

(Кириллча) Ўзбекистондан шу кунгача 778 миллион долларлик мева-сабзавот четга экспорт қилинди.

(Кириллча) Тошкент метрополитенининг устки қисмида хизмат олиб бораётган Ички ишлар ходимларининг назорат пости олиб ташланди. Бу ҳақда Ички ишлар вазирлиги матбуот хизмати хабар бермоқда.

(Кириллча) Ўзбекистонда ишлаб чиқариладиган пахта ёғи учун акциз солиғи ундирилмайди.

(Кириллча) Жорий йилнинг 24 ноябрь куни мамлакатимизда илк бор «DevFest» – Google Developers Group (GDG) дастурчилар халқаро фестивали бўлиб ўтади.

Suvning ham oxiri bor

  • 1985
  • 1985
Jamiyat
Dekabr05/ 2016

Ayni kunda dunyodagi 50 dan ortiq mamlakatda chuchuk suv muammosi kuzatilmoqda. 2025 yilga borib har 10 kishidan 6 nafari yoki 5,5 milliard aholi toza ichimlik suvi tanqis hududda yashashi mumkin.

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda suvdan foydalanish masalasi davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biriga aylandi. Bosh Qomusimizning 55-moddasida «Yer, yer osti boyliklari, suv, o’simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir», deb belgilab qo’yilgan. Shuningdek, suvga doir munosabatlar «Suv va suvdan foydalanish to’g’risida»gi Qonun va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinmoqda.
Ma`lumki, Navoiy viloyatining tog’li, adirli hududi bo’lgan Nurota tumani markazida istiqomat qilayotgan aholi Nurota chashmasidan foydalanadi. Olisdagi qishloq va qishloq xo’jaligiga ixtisoslashgan fermer va dehqon xo’jaliklari oqar suv bo’lmagani sabab asosan yer osti suv quduqlaridan foydalanib keladi. Ayni paytda tumanda yer osti suv quduqlari soni 500 dan ortiq bo’lib, afsuski ulardan nooqilona foydalanish hollari ham uchrab turibdi. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida suvdan oqilona foydalanish, suvni muhofaza qilish, shuningdek, barcha suvdan foydalanuvchilar va suv iste`molchilari tomonidan suv olishning belgilangan limitlariga rioya etilishi normativ hujjatlar asosida ko’rsatib o’tilgan bo’lishiga qaramay yer, osti suv qudug’idan foydalanish uchun «Suvdan maxsus foydalanish ruxsatnomasi»ni rasmiylashtirmasdan noqonuniy ish faoliyatini olib borayotgan korxonalar soni ortib bormoqda. Bunday kamchiliklar nafaqat Nurota, balki boshqa tumanlarda ham kuzatilmoqda. Xatarlisi, noqonuniy qazilayotgan yer osti suv quduqlariga barham berilmas ekan, Nurota tumani aholisi qator ekologik muammolarga duch kelishi ehtimoldan holi emas.
Shu asosda «Suv va suvdan foydalanish to’g’risida»gi Qonunga ayrim o’zgartishlar kiritish zarur. Xususan, unga noqonuniy foydalanilgan suv uchun iqtisodiy zarar to’lovlarini kiritish, noqonuniy yer osti suv qudug’iga ulangan elektr tarmoqlarini uzib qo’yish, texnik ekinlarni qisqartirib, tomchilab sug’orishga mo’ljallangan bog’dorchilikni tashkil qilishni rag’batlantirishga mo’ljallangan o’zgartishlarni kiritish zarur, deb hisoblayman. Shuningdek, mazkur qonunning 117-moddasida yetkazilgan zararni qonunda belgilangan tartibda qoplash shartligi ko’rsatib o’tilgan. Yetkazilgan zarar qay usulda qoplanishi – uni ekilgan ekin turi yoki sug’oriladigan ekin yeri, yoxud olingan suvga qarab alohida ko’rsatib o’tilsa, sodir bo’lishi mumkin bo’lgan iqtisodiy va ekologik muammolarning oldi olinar edi.
Axir hech narsa bitmas-tuganmas emas. Suvning ham oxiri bor. Shunday ekan, uni asrash, tejab foydalanish har doim dolzarb masala bo’lib qolaveradi.

Mamanazar NORQOBILOV,
Navoiy viloyati Tabiatni muhofaza qilish qo’mitasining
Suv resurslaridan oqilona
foydalanish ustidan nazorat
inspeksiyasi boshlig’i

Teglar:

Foydali havolalar