(Кириллча) Ўзбекистон мева ва сабзавот экспортининг асосий улуши Қозоғистон ҳиссасига тўғри келди.

(Кириллча) Ўзбекистондан шу кунгача 778 миллион долларлик мева-сабзавот четга экспорт қилинди.

(Кириллча) Тошкент метрополитенининг устки қисмида хизмат олиб бораётган Ички ишлар ходимларининг назорат пости олиб ташланди. Бу ҳақда Ички ишлар вазирлиги матбуот хизмати хабар бермоқда.

(Кириллча) Ўзбекистонда ишлаб чиқариладиган пахта ёғи учун акциз солиғи ундирилмайди.

(Кириллча) Жорий йилнинг 24 ноябрь куни мамлакатимизда илк бор «DevFest» – Google Developers Group (GDG) дастурчилар халқаро фестивали бўлиб ўтади.

Endi «uchinchi sektor» eski qarashlardan holi

Jamiyat
Dekabr12/ 2016

1990 yilga kelib Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarida nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatini tartibga soluvchi qonunlar yangilana boshlandi. Zero, shu davrga qadar bu borada qonunchilik bazasi mukammal qabul qilinmagan yoki zamon talabiga javob bermasdi. Xususan, Bolgariyada amaldagi qonun 1949 yilda, Ruminiyada esa 1924 yilda qabul qilingan bo’lib, ularga 1990 yilgacha o’zgartish yoki qo’shimcha kiritilmagan. Mutaxassislarning ta`kidlashicha, avvalgi qonunlar shoshma-shosharlik bilan qabul qilingan hamda ushbu huquqiy hujjatlarda ko’plab kamchiliklar mavjud bo’lgan. Masalan, o’sha paytlari Albaniya fuqarolik kodeksida fondlarga oid bor-yo’g’i o’nta me`yor kiritilgan. Qonunchilikda mavjud muammolardan jinoyatchilar piramida sxemasi asosida foydalangan.

 

Bundan tashqari, Yevropaning ayrim mamlakatlari qonunchiligida bir talay murakkabliklar bo’lgan. Jumladan, Ruminiyaning eski qonunchiligiga ko’ra, jamoat birlashmasining 20 ta muassisi bo’lishi kerak edi. Shuningdek, Bosniya va Gersegovina Federatsiya­sida 30 muassis bo’lishi belgilangan. Muassislar mamlakat fuqarolari bo’lishi lozimligi ta`kidlangan bo’lib, qochqinlar va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar jamoat birlashmasini tashkil eta olmasligi qayd etilgan.

Nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyati bilan bog’liq qonunchilikdagi kamchiliklar moliyaviy va soliqqa oid hujjatlarda ham o’z ifodasini topgan. Jumladan, Yevropaning ayrim davlatlarida 1990 yillarda nodavlat va tijorat tashkilotlari birdek soliq to’lagan. Shu bilan birga, mamlakatlarda nodavlat tashkilotlar faoliyati faqat xayriya maqsadlariga yo’naltirilgan. Ularning mablag’ topishi uchun tadbirkorlik bilan shug’ullanishi qat`iy man etilgan. Muayyan soliq imtiyozlari yo’qligi, mus­taqil mablag’ topish imkonining kamligi tufayli ham nodavlat tashkilotlar qiyinchilikka duch kelgan.

Yangi qonunchilikka ko’ra, Vengriya va Sloveniyada 10 ta, Polshada 15 ta, Estoniya va Latviyada 2 ta muassis jamoat birlashmasini tashkil etishda ishtirok etishi mumkin. Bolgariya va Ruminiyada birlashmaning muassisi sifatida yuridik shaxs­ning ishtiroki ko’rsatilgan bo’lsa, Makedoniya va Sloveniyada bunga ular huquqiy jihatdan haqli emas. Albaniya, Chexiya va Vengriyada jamoat birlashmasiga xorij fuqarosi ham muassis bo’lishi mumkin. Bosniya va Gersegovinada chet el fuqarolari muassis bo’lishi uchun mamlakatda doimiy istiqomat qilishi yoki ro’yxatdan o’tgan bo’lishi shart. Makedoniya va Serbiyada xorij fuqarosi birlashma tashkil etish huquqiga ega bo’lsa-da, huquqlari keng emas.

Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarida fuqarolik jamiyati institutlarining muhim bir bo’lagi – fondlarni tashkil etishga keng sharoit yaratildi. Ammo ayrim davlatlarda fond tashkil etish yangi amaliyot hisoblanadi. Masalan, Makedoniya fond shaklini 1998 yilda tan olgan. Bolgariyada 1949 yilda shaxs yoki oilaga fond tashkil etishga ruxsat etilgan, Polshada esa 1984 yilda fond­lar to’g’risida qonun qabul qilingan. Chexiya va Slovakiyada fond deganda xayriya maqsadlarni ko’zda tutgan hamda grant ajratuvchi tashkilotlar tushuniladi. Bolgariya va Estoniyada grant ajratuvchi va o’zining vaqtincha hamda doimiy dasturlarini hayotga tatbiq etuvchi tashkilotlar tushuniladi.

Har bir mamlakatda ichki ehtiyojdan kelib chiqib fond tashkil etiladi hamda ularga aniq maqsadlar qo’yiladi. Xususan, Chexiya va Slovakiyada fondlar jamoatchilik manfaatiga xizmat qilishi shart. Estoniyada esa fondlar shaxsiy maqsadlarni qamrab olish huquqiga ega. Ularning barchasida fondlar bitta jismoniy yoki yuridik shaxs tomonidan tashkil etilishi mumkin.

Bundan tashqari, aksar mamlakatlarda fondlarni ro’yxatga olish chog’ida eng kam xayriya mablag’ini ko’rsatishi lozim. Xususan, Chexiya Respublikasida fondga qo’yilayotgan eng kam mablag’ 500 ming kron, Slovakiyada 200 ming kron bo’lishi kerak. Sloveniya, Xorvatiya va Serbiya qonunchiliga ko’ra, fondlarning dastlabki kapitali uning maqsadlarini amalga oshirish uchun yetarli bo’lishi talab etiladi.

Muhim jihati, Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari eski qonunchilikda nazarda tutilmagan, ya`ni nodavlat tashkilotlar faoliyatini tugatish masalalariga alohida e`tibor bilan yondashdi. Endilikda nodavlat tashkilot faoliyatini tugatish, uni tar­qatib yuborish majburiy yoki ixtiyoriy tarzda amalga oshiriladi.

Estoniya va Makedoniyada muassislarga ixtiyoriy to’xtatish vakolati berilgan. Chexiyada xayriya tashkilotining muassisi faoliyatni ixtiyoriy to’xtatish qaroriga veto qo’ya oladi. Bu jarayonda muassis fond faoliyatini davom ettirishi uchun zarur bo’lgan resurslarni taqdim etadi. Shu bilan birga, Chexiya Respublikasida jamoatchilik manfaatiga xizmat qilayotgan tashkilot o’z ishini boshqa xuddi shunday tashkilotga o’tkazganda to’xtatishi mumkin.

Yevropa mamlakatlari qonunchiligida nodavlat tashkilot faoliyatini majburiy to’xtatish bo’yicha me`yorlar ham kiritilgan. Majburiy to’xtatish tashkilot amaldagi qonunlarni buzsa qo’llaniladi.

Albatta, fuqarolik jamiyati instutlarining rivoji mamlakat hayotida muhim o’ringa ega. Shu nuqtai nazardan sohaga doir qonunchilikni zamon talablariga moslash, ular uchun imtiyozlar berish ayni muddaodir. Shu sababli ham keyingi yillarda dunyoning ko’pgina mamlakatlari fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini rivojlantirishga alohida e`tibor qaratmoqda. Shuningdek, nodavlat tashkilot niqobi ostida jinoyatchilik bilan shug’ullanishga qarshi mexanizmlar ham takomillashtirilmoqda.

 

 

Internet materiallari asosida Rufat NEMATOV tayyorladi.

Foydali havolalar